Xitoyda 17 yoshli qiz sevgilisini $14 mingga qul qilib sotib yubordi. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 19 yoshli yigit qizni Guanchjou shahridagi bilyard klubida uchratgan. Qiz o‘zini boy merosxo‘r sifatida tanishtirib, ish va “turli aloqalar” va’da qilib, uni Myanmaga borishga ko‘ndirgan.
Chegarada esa yigit qurollangan firibgarlar qo‘liga tushgan, qiz esa g‘oyib bo‘lgan. Yigit 4 oy Myanmadagi “Triumph Industrial Park” nomli noqonuniy “firibgarlik fabrikasi”da majburan ishlatilgan.
U muntazam kaltaklangan va kuniga 16–20 soatlab kompyuter oldida o‘tirishga majbur bo‘lgan. Oqibatda 10 kg vazn yo‘qotgan va eshitish qobiliyatiga putur yetgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!