Buxoro viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar harakat tarkibini yangilash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Miramax turist trans” MChJ tomonidan Xitoy davlatidan 12 dona Yutong avtobuslari xarid qilingan. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Mazkur avtobuslar tez orada Buxoro shahar avtobus yo‘nalishlarida brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda Buxoro shahridagi 6 ta yo‘nalishda jami 72 dona avtobus brutto-shartnoma asosida aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!