$
12413.79 UZS
-52.65
154.86 UZS
-0.56
14468.27 UZS
-48.9
33° Kechasi 21°

Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi boshlandi

17:23 / 21.08.2025

“Bugun Afg‘onistonning Mozori-Sharif shahrida Alisher Navoiy yodgorligini qayta tiklash va obodonlashtirish loyihasiga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi”, – deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Tadbirda Mozori-Sharif shahar hokimi Abdulrahmon Hemmat, Tashqi ishlar vazirligining Balx viloyatidagi vakolatxonasi rahbari Aminulla Sodiq, O‘zbekiston konsulxonasi xodimlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari ishtirok etgan.

Mozori-Sharif shahri hokimi Abdulrahmon Hemmat o‘z nutqida afg‘on xalqi buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy shaxsiyatiga chuqur hurmat bilan qarashini ta’kidlagan. Alisher Navoiyning shaharning Muxobirot chorrahasida joylashgan, keyingi yillarda ancha xarob va ko‘rimsiz holga kelib qolgan yodgorligini qayta tiklash bo‘yicha shahar hokimligining qarori qabul qilingani ma’lum qilingan.

Yangidan barpo etiladigan majmua uchun katta yer maydoni ajratilib, unda Navoiyning tarjimayi holi, hayot yo‘li, davlat arbobi sifatida amalga oshirgan xayrli ishlari aks ettirilgan lavha o‘zbek, ingliz, dari va pushtu tillarida o‘rnatiladi, shuningdek, kutubxona tashkil etiladi. “Ushbu yodgorlik-majmuasini mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar tashrif buyuradigan munosib maskanga aylantiramiz”, – dedi shahar hokimi.

Alisher Navoiy yodgorlik-majmuasi qurilishi shahar hokimligi byudjetidan moliyalashtiriladi va bir oy muddatda qurib bitkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston konsuli Jafar Fattayev Alisher Navoiy yodgorligining qayta tiklanishi va atrofining obodonlashtirilishi bo‘yicha boshlangan xayrli ishlar Afg‘onistonda ushbu buyuk siymoga ko‘rsatilayotgan hurmat-e’tibordan darak berishini ta’kidlagan.

Mozori-Sharifda bunyod etiladigan Alisher Navoiy yodgorligi uchun matnlarni tayyorlashda Termiz davlat universiteti ko‘maklashadi.

 



														
														ShHTning bu galgi sammitida 20 ta davlat rahbarlari qatnashadi

ShHTning bu galgi sammitida 20 ta davlat rahbarlari qatnashadi

Ularning aksariyati tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega
22:38 / 23.08.2025

														
														Rossiyada koronavirusning yangi XFG “Stratus” nomli shtammi aniqlandi

Rossiyada koronavirusning yangi XFG “Stratus” nomli shtammi aniqlandi

Dunyoda bu shtamm ilk bor 2025-yil 27-yanvarda Kanadada aniqlangan, Rossiyada esa birinchi holat  24-aprelda ro‘yxatga oling…
16:20 / 23.08.2025

														
														Shri-Lanka sobiq prezidenti hibsga olindi

Shri-Lanka sobiq prezidenti hibsga olindi

U davlat mablag‘laridan shaxsiy maqsadlarda foydalanganlikda ayblanmoqda.
12:47 / 23.08.2025

														
														Londonda G‘azodagi ocharchilikka qarshi namoyish o‘tkazildi

Londonda G‘azodagi ocharchilikka qarshi namoyish o‘tkazildi

“Falastinga ozodlik” kabi shiorlar bilan chiqqan namoyishchilar, Isroilning G‘azoni ishg‘ol qilish rejalariga ham munosabat …
11:29 / 23.08.2025

														
														AQShdagi zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi

AQShdagi zavodda kuchli portlash sodir bo‘ldi

Birinchi portlash zavodning asosiy obyektida qayd etilgan. Olov zavodning katta qismi egallab olgan va yana portlashlar davo…
11:09 / 23.08.2025

														
														Kiyevda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi

Kiyevda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi

Rossiya Qurolli Kuchlari 2022-yil 10-oktyabrda Ukraina infratuzilmasiga zarba berishni boshlagan.
09:51 / 23.08.2025

														
														AQSh Davlat departamenti xorijlik amaldagi viza egalarini qattiq tekshiruvdan o‘tkazadi

AQSh Davlat departamenti xorijlik amaldagi viza egalarini qattiq tekshiruvdan o‘tkazadi

Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda deportatsiya masalasi ham ko‘rib chiqiladi
20:43 / 22.08.2025

														
														G‘azoda halok bo‘lganlarning 83 foizi tinch aholi

G‘azoda halok bo‘lganlarning 83 foizi tinch aholi

Biroq shu vaqt ichida jami 53 ming falastinlik ham o‘ldirilgan. Demak, qurbonlarning atigi 17 foizi jangchi bo‘lib, qolgan 8…
17:18 / 22.08.2025

														
														Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti Ozarbayjonda o‘tadi

Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammiti Ozarbayjonda o‘tadi

Ozarbayjon OAV ma’lumotiga ko‘ra, sammit 6–7-oktyabr kunlari Gabala shahrida bo‘lib o‘tadi.
16:30 / 22.08.2025

														
														Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Hindistonda pul tikiladigan onlayn o‘yinlar taqiqlanadi

Bozorning 78% ulushini mobil o‘yinlar tashkil qiladi.
15:03 / 22.08.2025

Bu ham qiziq

O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

O‘tgan 7 oy ichida O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgan?

7 oyda 212 mingdan ziyod yengil avtomobil ishlab chiqarilgan
21:44 / 22.08.2025
AQSh Davlat departamenti xorijlik amaldagi viza egalarini qattiq tekshiruvdan o‘tkazadi

AQSh Davlat departamenti xorijlik amaldagi viza egalarini qattiq tekshiruvdan o‘tkazadi

Qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda deportatsiya masalasi ham ko‘rib chiqiladi
20:43 / 22.08.2025
“Avaza”da Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

“Avaza”da Turkmaniston, Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat rahbarlarining uch tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon yetakchilarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
18:23 / 22.08.2025
Sergey Lavrov: “Zelenskiy Trampning takliflarini rad etdi”

Sergey Lavrov: “Zelenskiy Trampning takliflarini rad etdi”

Mulozimga ko‘ra, kelajakda Rossiya va Ukraina rahbarlari uchrashishi mumkin
22:36 / 22.08.2025
Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

Uzbekistan Airports’ning 6,8 mlrd so‘mlik davlat xaridi bekor qilindi

O‘rganish va tahlillar jarayonida to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yubo…
14:10 / 23.08.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi va Cobalt YTHga uchradi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi va Cobalt YTHga uchradi

Yuk mashinasi yonib ketgan.
16:46 / 23.08.2025
Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi

Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi

Mustaqillikning 34 yilligi arafasida bir qancha sohalardagi faollar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
21:13 / 23.08.2025
24-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 23.08.2025
5-dekabr kuni 2026-yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlanadi

5-dekabr kuni 2026-yilgi Jahon chempionatiga qur’a tashlanadi

Marosim Vashington shahridagi Kennedi markazida o‘tkaziladi
22:04 / 23.08.2025
MOQ va O‘FA rahbariyati “Manchester Siti” bazasiga tashrif buyurdi

MOQ va O‘FA rahbariyati “Manchester Siti” bazasiga tashrif buyurdi

U yerda rasmiylar bosh murabbiy Xosep Gvardiola va hamyurtimiz Abduqodir Husanov bilan ham uchrashdi
18:31 / 23.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!