$
12357.09 UZS
-56.7
153.49 UZS
-1.37
14330.52 UZS
-137.75
36° Kechasi 22°

O‘qishga kiritib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi

19:30 / 22.08.2025

Departamentning Ohangaron shahri bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “I.Y.” nodavlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lim boshlig‘i B.A. 4 nafar fuqaroni ushbu oliygohga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga har biri uchun 1 000 AQSH dollari berishi kerakligini aytib, jami 4 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Buxoro shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.I. fuqaro N.Sh.ning ishonchiga kirib, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasasida o‘qiganligi to‘g‘risida hujjat rasmiylashtirib, go‘yoki ta’lim muassasalari qabul komissiyasida ishlovchi tanishlari orqali Buxoro innovatsion tibbiyot institutiga 3-kursdan o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Piskent tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar J.E. va B.A. fuqaro K.X.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ishlovchi tanishlari yordamida mazkur universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 2 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston

														25-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi
22:47 / 24.08.2025

														Turkiyada aldangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
16:45 / 24.08.2025

														Andijondagi sport zalda yong‘in sodir bo‘ldi

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
16:03 / 24.08.2025

														Hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

Hafta boshida havo harorati ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 25-avgust kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
13:11 / 24.08.2025

														O‘zbekistonga 7 oyda 6,3 mln nafar turist tashrif buyurdi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 foizga oshgan.
12:15 / 24.08.2025

														Toshkentda ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Cheklov 2025-yil 24-avgustdan 31-avgustgacha amal qiladi.
09:28 / 24.08.2025

														24-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 20-22 daraja iliq, kunduzi 35-37 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 23.08.2025

														Yalang‘och holatda ko‘chada harakatlangan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

Uning shaxsi tekshirilganda muqaddam ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanganligi ma’lum bo‘ldi
21:39 / 23.08.2025

														Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi

Mustaqillikning 34 yilligi arafasida bir qancha sohalardagi faollar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
21:13 / 23.08.2025

Bu ham qiziq

2025-yil O‘zbekistonda sport inshootlarini qurish jadal suratlarda o‘smoqda

Bu borada Olimpiya shaharchasida qurilgan obyektlar katta hissa qo‘shgan
18:55 / 24.08.2025
Turkiyada aldangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Turkiyada aldangan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
16:45 / 24.08.2025
Yalang‘och holatda ko‘chada harakatlangan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

Yalang‘och holatda ko‘chada harakatlangan erkak ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirildi

Uning shaxsi tekshirilganda muqaddam ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanganligi ma’lum bo‘ldi
21:39 / 23.08.2025
Ozarbayjonda savdo markazi yonib ketdi

Ozarbayjonda savdo markazi yonib ketdi

Bokuning Garadag tumanida joylashgan “Sadarak” savdo markazida yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga zudlik bilan Favqulodda va…
14:31 / 24.08.2025
O‘zbekistonga 7 oyda 6,3 mln nafar turist tashrif buyurdi

O‘zbekistonga 7 oyda 6,3 mln nafar turist tashrif buyurdi

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2,1 mln nafarga yoki 48,9 foizga oshgan.
12:15 / 24.08.2025
ShHTning bu galgi sammitida 20 ta davlat rahbarlari qatnashadi

Ularning aksariyati tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega
22:38 / 23.08.2025
Chilonzordagi kushxonadan qochib ketgan buqa otib o‘ldirildi

Quturgan holatdagi hayvon bir nafar fuqaro va profilaktika inspektoriga jarohat yetkazgan
19:28 / 23.08.2025
Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi

Saida Rametova, Karim Mirhodiyev va Tohir Saidov “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi

Mustaqillikning 34 yilligi arafasida bir qancha sohalardagi faollar davlat mukofotlari bilan taqdirlandi
21:13 / 23.08.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi va Cobalt YTHga uchradi

Yuk mashinasi yonib ketgan.
16:46 / 23.08.2025
Andijondagi sport zalda yong‘in sodir bo‘ldi

Andijondagi sport zalda yong‘in sodir bo‘ldi

Viloyat FVB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohatlanmagan.
16:03 / 24.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!