Oliy Majlis Senati aralashuvi natijasida Oltinko‘l va Ulug‘nor tumanlaridagi “Tashabbusli byudjet” loyihalari bo‘yicha ovoz berish bosqichiga start berildi.
Avvalroq ushbu tumanlarda tashabbusli byudjet jarayonining joriy yilgi ikkinchi mavsumida taqdim etilgan loyihalar tuman ishchi komissiyalari tomonidan asossiz ravishda rad etilgani aniqlangan. Shu munosabat bilan Andijon viloyati hokimiga loyihalarni belgilangan mezonlar asosida qayta ko‘rib chiqish yuzasidan senator so‘rovi yuborilgan edi.
Senator so‘roviga muvofiq loyihalar qayta ko‘rib chiqildi. Natijada Oltinko‘l tumanida 93 ta, Ulug‘nor tumanida 57 ta loyiha ovoz berish bosqichiga o‘tkazildi. Shuningdek, ushbu tumanlarda 39 ta loyiha asosli rad etish xulosasi bilan qaytarildi.
“Ochiq byudjet” portalidagi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ulug‘nor tumanida jami 73 ta loyiha taqdim etilgan bo‘lib, shundan faqat 13 tasi(18 foiz) ovoz berish bosqichiga o‘tkazilgan, qolgan 60 ta loyiha esa asoslantirilmagan holda rad etilgan edi. Xuddi shuningdek, Oltinko‘l tumanida 116 ta loyihaning faqat 22 tasi(19 foiz) saralashdan o‘tgan, 94 ta loyiha esa asoslantirilmagan holda rad etilgan.
Shu munosabat bilan “Ochiq byudjet” portalida mazkur tumanlar bo‘yicha saralashdan o‘tgan loyihalar yuzasidan ovoz berish jarayoni 2025-yil 29-avgustdan boshlab yo‘lga qo‘yildi.
Eslatib o‘tamiz, ovoz berish jarayoni joriy yil 31-avgust kuni soat 23:59 da yakunlanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!