$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
36° Kechasi 19°

Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga tashrifi yakunlandi

14:14 / 03.09.2025

“Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga rasmiy tashrifining tadbirlarga boy dasturi 3-sentyabr kuni yakuniga yetdi”, – deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Prezident 31-avgust kuni rafiqasi bilan birga Tyanszin shahridagi “Meyszyan” kongress markazida Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitining norasmiy tadbirlarida qatnashdi. O‘zbekiston rahbari 1-sentyabr kuni ShHT Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi va “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvda qatnashib, ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda tashkilot faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

2-sentyabr kuni Pekin shahrida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin bilan rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to‘plami imzolandi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Davlat rahbari Xitoy bosh vaziri Li Syan, xorijiy delegatsiyalar rahbarlari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan ham samarali uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston prezidenti 3-sentyabr kuni Pekin shahrida Ikkinchi jahon urushi yakunlanganining 80-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan G‘alaba paradida ishtirok etdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, davlat rahbari Toshkentga jo‘nab ketgan.


O‘zbekiston


														
														6-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 05.09.2025

														
														Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar saylandi

Oliy sud raisiga birinchi o‘rinbosar saylandi

Usmanov Alisher Ataxanovich besh yil muddatga Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari - sudlov hay’ati raisi lavozimiga sayl…
16:28 / 05.09.2025

														
														Toshkentda ichimlik suvi bosqichma-bosqich o‘chiriladi

Toshkentda ichimlik suvi bosqichma-bosqich o‘chiriladi

Keltirilishicha, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi. Murojaat uchun maxsus raqamlar kelti…
14:13 / 05.09.2025

														
														Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddalar bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Qirg‘izistondan olib kelingan narkotik moddalar bo‘yicha jinoyat ishi ochildi

Qirg‘izistondan narkotik moddalar olib kelib, sotish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi.
12:10 / 05.09.2025

														
														DXX 2 nafar qirg‘izistonlikning o‘ldirilishiga izoh berdi

DXX 2 nafar qirg‘izistonlikning o‘ldirilishiga izoh berdi

Halok bo‘lganlar Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi aniqlanib, jasadlar qarindoshlariga topshirilgan.
10:37 / 05.09.2025

														
														Buxoroda besh ishchi kanalizatsiyaga tushib ketdi

Buxoroda besh ishchi kanalizatsiyaga tushib ketdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, uch kishining jasadi topilgan.
10:09 / 05.09.2025

														
														Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun QQS yengillashtiriladi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun QQS yengillashtiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish chora-tadbirlari bo‘yicha taqdimot bil…
09:20 / 05.09.2025

Bu ham qiziq

DXX 2 nafar qirg‘izistonlikning o‘ldirilishiga izoh berdi

DXX 2 nafar qirg‘izistonlikning o‘ldirilishiga izoh berdi

Halok bo‘lganlar Qirg‘iziston fuqarolari ekanligi aniqlanib, jasadlar qarindoshlariga topshirilgan.
10:37 / 05.09.2025
ID G‘azo shahrining 40 foizini nazoratga olganini bildirdi

ID G‘azo shahrining 40 foizini nazoratga olganini bildirdi

Eslatib oʻtamiz, ID 20-avgust kuni Gʻazo shahriga hujum boshladi va 29-avgust kuni uni xavfli jangovar hudud deb eʼlon qilga…
13:55 / 05.09.2025
Lionel Messi: “Bu o‘yin terma jamoadagi so‘nggi uy uchrashuvim edi”

Lionel Messi: “Bu o‘yin terma jamoadagi so‘nggi uy uchrashuvim edi”

Kecha tunda Venesuelaga qarshi o‘yindan keyin argentinalik yulduz terma jamoadagi faoliyati yakuniga yetayotganini ta’kidladi
18:57 / 05.09.2025
Shri-Lankada avtobus jarga tushib ketdi

Shri-Lankada avtobus jarga tushib ketdi

Hozirda ekspertlar hodisa sabablarini o‘rganayotgani bildirilgan.
15:33 / 05.09.2025
Namangan va Andijon viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdoga chiqarilishini oldi olindi

Namangan va Andijon viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdoga chiqarilishini oldi olindi

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
22:56 / 04.09.2025
Rossiya Afg‘onistonga 20 tonna gumanitar yordam yubordi

Rossiya Afg‘onistonga 20 tonna gumanitar yordam yubordi

Tashabbus shaxsan Vladimir Putin ko‘rsatmasi va hukumat topshirig‘i asosida amalga oshirilmoqda.
09:35 / 05.09.2025
Yangi quriladigan aeroport uchun O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan yer ajratiladi

Yangi quriladigan aeroport uchun O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridan yer ajratiladi

Bu haqda Toshkent viloyati Kadastr agentligi rasmiy axborot berdi
18:49 / 04.09.2025
Joriy yilda Gruziyaga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning soni keskin oshdi

Joriy yilda Gruziyaga sayohat qilgan o‘zbekistonliklarning soni keskin oshdi

Bu boradagi batafsil statistika bilan tanishamiz
22:19 / 04.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!