$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
33° Kechasi 20°

Kuz faslida nega allergik kasalliklar avj oladi?

22:53 / 03.09.2025

Yurtimizda kuzning ilk haftasi. Buyog‘iga asta-sekin kunlar salqinlashib boraveradi. Oqibatda ko‘pchilikda immunitet susayib, qator kasalliklar avj olishi kuzatiladi. Mavsumiy allergiya — shulardan biri.

Xo‘sh, bu xastalik qo‘zg‘alishi qaysi omillar bilan bog‘liq? Uning qanday belgilari bor?

Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Roziqova shu haqda ma’lumot berdi.

“Hozircha yog‘inli kunlar boshlangani yo‘q. Yurtimiz iqlim sharoitida sentyabr, oktyabr va hatto, noyabr oylari ham nisbatan iliq kelishi mumkin.

Demak, yog‘ingarchilik bo‘lguniga qadar o‘simlik changlari o‘z allergik xususiyatini saqlab qolishi tabiiy. Bu — birinchi omil.

Ikkinchi omil yomg‘irdan keyin zamburug‘ sporalarining havoga yuqori konsentratsiyada ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Shu sababli bu davrda zamburug‘ga nisbatan allergik holatlarning og‘ir formalari uchraydi.

Uchinchi omil — xazonrezgi. Chunki kuz oylarida daraxt va butalardan to‘kilgan yaproqlarda zamburug‘ sporalari eng ko‘p uchraydi. Bundan tashqari, allergenlar zax yoki mog‘orlagan xonalar hamda yerto‘lalarda ham kuzatiladi.

To‘rtinchi omil. Salqin haroratda ko‘pchilik asosiy vaqtini yopiq inshootlar, xonadonlar ichida o‘tkazishi tabiiy. Bunday sharoitda uy changi, it, mushuk singari hayvonlar yungi ham allergik simptomlarni keltirib chiqaradi.

Burun bitishi, qichishishi yoki ko‘p miqdorda oqishi, ko‘zlarning shishishi, yoshlanishi, aksirish, horg‘inlik va ba’zan yo‘tal mavsumiy allergiyaga xos alomatlardir.

Shu kabi belgilar kuzatilgan bemorlar o‘z vaqtida mutaxassisga murojaat qilishlari tavsiya etiladi. Xususan, markazimizda bunday kasalliklarga ilg‘or usullar orqali aniq tashxislash hamda samarali davolash yo‘lga qo‘yilgan.

Profilaktik choralar ham muhim. Xonadonlar hovlisi, ayvonlar, tarnov va mo‘rilarni to‘kilgan barglardan tozalab turish kerak.

Hammom, oshxona kabi namlik yuqori joylarda mog‘or hosil bo‘lmasligiga alohida ahamiyat berish zarur.

Shuningdek, yaxshi isimaydigan va zax xonalarda allergenlar konsentratsiyasi ortib, allergik rinit, konyunktivit yoki astma belgilari kuchayishi mumkin.

Xonalarni tez-tez tozalash va shamollatib turish orqali ham allergik reaksiyalar simptomlarini kamaytirsa bo‘ladi” - deydi mutaxassis.


O‘zbekiston


														
														Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025

														
														Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Kecha, 5-sentyabr kuni Tataristonning Zainsk tumanida ayanchli avtohalokat yuz berdi va oqibatda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘l…
20:14 / 06.09.2025

														
														7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sham…
19:12 / 06.09.2025

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
19:01 / 06.09.2025

														
														Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududida…
18:35 / 06.09.2025

														
														FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Infantino O‘zbekiston futbolini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan muzokaralar olib boradi.
17:11 / 06.09.2025

														
														Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda yong‘in…
15:56 / 06.09.2025

														
														Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirla…
15:31 / 06.09.2025

														
														Endi O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam sifatida qo‘yish mumkin bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam sifatida qo‘yish mumkin bo‘ladi

Masalan, yo‘llarda harakatlanayotgan “KOMIL”, “ERGASH”, “ZAFAR” yoki “QARSHI” deb yozilgan mashinalarni ko‘rish mumkin.
14:49 / 06.09.2025

														
														O‘zbekistonda avgust oyida 86,5 milliard so‘mlik “svet” va gaz o‘marildi

O‘zbekistonda avgust oyida 86,5 milliard so‘mlik “svet” va gaz o‘marildi

Qoidabuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqd…
14:28 / 06.09.2025

Bu ham qiziq

Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududida…
18:35 / 06.09.2025
Tramp: “Agar xavf tug‘dirsa, Venesuela samolyotlari urib tushiriladi”

Tramp: “Agar xavf tug‘dirsa, Venesuela samolyotlari urib tushiriladi”

AQSh Mudofaa vazirligi (Pentagon) Venesuelaning ikkita harbiy samolyoti xalqaro suvlarda AQSh harbiy-dengiz kuchlari kemasi …
09:45 / 06.09.2025
“900 minga yaqin ish o‘rni hisobotga qo‘shib yozilgan” — Nig‘matilla Yo‘ldoshev

“900 minga yaqin ish o‘rni hisobotga qo‘shib yozilgan” — Nig‘matilla Yo‘ldoshev

Holat yuzasidan tegishli qonuniy choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi.
11:27 / 06.09.2025
Shri-Lankada avtobus halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Shri-Lankada avtobus halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi

Avtohalokatda jami 16 kishi, shu jumladan besh nafar bola ham jarohat olgan.
21:31 / 06.09.2025
Isroil 2023-yildan beri 19 ming falastinlikni hibsga oldi

Isroil 2023-yildan beri 19 ming falastinlikni hibsga oldi

Isroilning so‘nggi 24 soat ichida G‘azoga uyushtirgan hujumlari natijasida 69 falastinlik halok bo‘lgan.
12:22 / 06.09.2025
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Infantino O‘zbekiston futbolini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan muzokaralar olib boradi.
17:11 / 06.09.2025
AQSh Puerto-Rikoga 10 ta F-35 qiruvchi samolyotini yuboradi

AQSh Puerto-Rikoga 10 ta F-35 qiruvchi samolyotini yuboradi

Ushbu faollikni Venesuela rahbari o‘z mamlakati uchun katta tahdid deb atadi
20:13 / 05.09.2025
Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirla…
15:31 / 06.09.2025
Shri-Lankada avtobus jarga tushib ketdi

Shri-Lankada avtobus jarga tushib ketdi

Hozirda ekspertlar hodisa sabablarini o‘rganayotgani bildirilgan.
15:33 / 05.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!