$
12355.14 UZS
-84.27
148.48 UZS
-3.39
14539.53 UZS
-44.43
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonliklar bugun to‘liq Oy tutilishi hodisasiga guvoh bo‘ladi

16:57 / 07.09.2025

Bugun, 7-sentyabr kuni O‘zbekistonning barcha hududlarida to‘liq Oy tutilishini kuzatish mumkin. Bu haqda O‘zbekiston fanlar akademiyasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha tutilish to‘liq Oy tutilishi hisoblanib, uning to‘liq fazasida Oy yuzasi 100 foiz Yer soyasida bo‘ladi. Oy tutilishining to‘liq fazasi 1 soat 22 daqiqa davom etib, tutilishning umumiy davomiyligi esa 3 soatdan ortiqroq vaqt davom etadi.

Shuningdek, ushbu astronomik hodisaning to‘liq fazasini Yevropa, Osiyo, Afrika, Avstraliya qit’alarining ma’lum bir qismida kuzatish mumkin. Jumladan, Yevroosiyo materigida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Armaniston, Eron, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Yaman, Somali, Madagaskar, Pokiston, Nepal, Hindiston, Shri-Lanka, Xitoy, Mo‘g‘uliston, Janubiy Koreya, Shimoliy Koreya, Bangladesh, Myanma, Tailand, Vetnam, Laos, Malayziya davlatlar hududida yashovchi barcha aholi to‘liq Oy tutilishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Rossiyaning markaziy hududlari, Ozarbayjon, Turkiya, Iroq, Saudiya Arabistoni, Afrika qit’asining sharqidagi bir necha davlatlar va Yaponiya, Avstraliyaning G‘arbiy viloyatlari, Indoneziyaning G‘arbiy orollaridagi aholida ham to‘liq Oy tutilishini kuzatish imkoni mavjud. Butun Yevropa davlatlari, Afrika qit’asining sharqidagi davlatlar, Rossiyaning g‘arbiy va sharqiy viloyatlari, Yaponiyaning shimoli-sharqiy viloyatlari, Filippin orollari, Gavayi orollari, Fiji orollari, Avstraliyaning Sharqiy viloyatlari va Yangi Zelandiya davlati aholisi esa geografik joylashuviga mos ravishda turli darajadagi qisman Oy tutilishini kuzatishi mumkin.

“Ushbu Oy tutilishining to‘liq va qisman fazalari to‘q pushti va och pushti ranglarda dunyoning siyosiy-geografik xaritasida tasvirlangan”, – deyiladi xabarda.

Ushbu astronomik hodisa O‘zbekistonda 7-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:27 da qisman Oy tutilishi, soat 22:30 da esa to‘liq Oy tutilishi boshlanadi. To‘liq fazali Oy tutilishi 1 soat 22 daqiqa davom etadi, soat 23:11 da to‘liq fazali Oy tutilishi maksimum fazasiga yetadi, soat 23:52 da esa to‘liq fazali tutilish tugaydi, 8 sentyabr soat 00:56 da qisman Oy tutilishi ham tugaydi. Oy tutilishi umumiy 5 soat 26 daqiqa davom etadi. Oy tutilishi boshlanganda Toshkent shahrida Oyning ufqdan (gorizontdan) balandligi 27 darajani tashkil etadi, tutilishning maksimal fazasida ushbu qiymat 39 darajani, tutilish tamomlanish arafasida ushbu qiymat 41 darajani tashkil etadi.


O‘zbekiston


														
														10-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 16-18 daraja iliq, kunduzi 30-32 daraja issiq bo‘ladi
22:54 / 09.09.2025

														
														Toshkentda ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkentda ayol 7 yoshli farzandini pichoqlab o‘ldirdi

Ma’lum bo‘lishicha, 2022-yilda farzandini hayvonot bog‘ida ayiq qafasiga tashlab yuborgan ona ham shu ayol bo‘lgan
22:47 / 09.09.2025

														
														Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi

Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi

Farmon 2025-yilning 1-dekabridan kuchga kirishi kutilmoqda
22:19 / 09.09.2025

														
														Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining mas’ul xodimi begona ayolga intim xizmat evaziga direktorlikni va’da qildi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining mas’ul xodimi begona ayolga intim xizmat evaziga direktorlikni va’da qildi

Vazirlik bu holat bo‘yicha rasmiy bayonot berib, erkak ishdan olinganini aytdi
18:54 / 09.09.2025

														
														Toshkentda Gentra yonib ketdi

Toshkentda Gentra yonib ketdi

Bugun, 9-sentyabr kuni soat 16:30 da Toshkent shahar Yunusobod tumani, Toshkent katta halqa avtomobil yo‘lida avtomobil yona…
17:42 / 09.09.2025

														
														Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi xodimlari ko‘magida Boku shahrida og‘ir vaziyatga tushib qolgan hamyurtimizning …
16:45 / 09.09.2025

														
														Maktablarda sun’iy intellekt bo‘yicha darslar tashkil qilinadi

Maktablarda sun’iy intellekt bo‘yicha darslar tashkil qilinadi

Ma’lum qilinishicha, buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga z…
15:28 / 09.09.2025

														
														O‘zbekiston maktablari 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi

O‘zbekiston maktablari 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tadi

Kecha, 8-sentyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.
15:02 / 09.09.2025

														
														O‘zbekistonning 80 ta tumanida bog‘cha ochish uchun imtiyozlar e’lon qilindi

O‘zbekistonning 80 ta tumanida bog‘cha ochish uchun imtiyozlar e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yu…
14:26 / 09.09.2025

														
														O‘zbekistonda muhandislik maktablari tashkil etiladi

O‘zbekistonda muhandislik maktablari tashkil etiladi

O‘quv jarayoni STEM modeli asosidagi besh yillik dastur bo‘yicha tashkil etiladi.
12:29 / 09.09.2025

Bu ham qiziq

Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab tabiiy fanlar yo‘nalishida tayanch maktab sifatida xizmat qiladi

Tayanch maktab va filiallarga qabul 7-sinfdan boshlanadi
21:43 / 08.09.2025
Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi

Nikohni rasmiylashtirishda tibbiy ko‘rik natijalarini taqdim qilish talabi bekor qilinadi

Farmon 2025-yilning 1-dekabridan kuchga kirishi kutilmoqda
22:19 / 09.09.2025
Muhandislik maktablarida 240 nafar o‘quvchi byudjet hisobidan ta’lim oladi

Muhandislik maktablarida 240 nafar o‘quvchi byudjet hisobidan ta’lim oladi

Muhandislik maktablari STEAM modeli asosida yuqori malakali muhandis kadrlar tayyorlaydi
21:40 / 08.09.2025
Nepal prezidenti iste’foga chiqdi

Nepal prezidenti iste’foga chiqdi

Nepal prezidenti mamlakatdagi tartibsizliklar fonida iste’foga chiqdi.
17:31 / 09.09.2025
Tashqi ishlar vazirligi: “O‘zbekiston Isroilning Dohadagi turar-joy binolariga qilgan hujumini qoralaydi”

Tashqi ishlar vazirligi: “O‘zbekiston Isroilning Dohadagi turar-joy binolariga qilgan hujumini qoralaydi”

“Bunday tajovuzkor xatti-harakatlar BMT nizomlariga zid” - deyiladi xabarda
21:07 / 09.09.2025
Toshkentda qurilish maydonidagi kran qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Toshkentda qurilish maydonidagi kran qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIB rasmiy ma’lumot berdi.i.
12:23 / 09.09.2025
WhatsApp’ning sobiq xodimi Meta’ni sudga berdi

WhatsApp’ning sobiq xodimi Meta’ni sudga berdi

New York Times gazetasining yozishicha, WhatsApp’ning sobiq xavfsizlik boshlig‘i Attaullah Baig, kiberxavfsizlik bilan bog‘l…
09:34 / 09.09.2025
Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025
Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘l 3 kunga yopiladi

Bo‘stonliqqa olib boruvchi yo‘l 3 kunga yopiladi

Xabarga ko‘ra, Bo‘stonliq tumaniga boruvchi fuqarolar Chirchiq shahri, yoxud Qoramanas, Qo‘shqo‘rg‘on mahallalari orqali har…
09:58 / 09.09.2025
Maktablarda sun’iy intellekt bo‘yicha darslar tashkil qilinadi

Maktablarda sun’iy intellekt bo‘yicha darslar tashkil qilinadi

Ma’lum qilinishicha, buning uchun 2 mingta sinf xonasiga kompyuter, 6 ming 300 ta interfaol doska kerak. Ushbu maqsadlarga z…
15:28 / 09.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!