$
12360.86 UZS
5.72
145.66 UZS
-2.82
14479.51 UZS
-60.02
31° Kechasi 18°

2026-yildan boshlab, maktablar o‘rtasida Prezident sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi

18:59 / 08.09.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-sentyabr kuni ta’lim tizimini isloh qilish masalalariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Mamlakatda ta’limning barcha bo‘g‘inlari izchil rivojlantirilmoqda. Yangi ta’lim maskanlari qurilib va zamonaviy jihozlanib, yoshlarning bilim olishiga barcha sharoit yaratilmoqda. O‘quv dasturlari yangilanib, eng ilg‘or tajribalar joriy etilmoqda.

Lekin bu uzluksiz jarayon. Iqtidorli bolalarga ixtisoslashgan bilim berish, yoshlarning qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash, kasbga yo‘naltirish doimiy e’tiborni talab etadi.

Taqdimotda shu boradagi rejalar va ularni amalga oshirish chora-tadbirlari bayon qilindi.

Ma’lumki, ma’naviy-tarbiyaviy ishlar ta’limning bir qismi. Ammo hozirda ta’lim muassasalarida bunday tadbirlarga turlicha yondashilib kelinmoqda. Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidori va iste’dodini yuzaga chiqarishda yaxlit tizim yo‘q.

Shu bois bolalar bog‘chasidan oliy ta’limgacha qamrab olgan yagona milliy g‘oya konsepsiyasi ishlab chiqildi. U ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning namunaviy rejasi bo‘ladi. Natijada bunday ishlar tartibli va saviyali tashkil etilib, o‘quvchilar ortiqcha tadbirlarga jalb etilmaydi.

O‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning iqtidori va intilishini yuzaga chiqarish bo‘yicha ham yagona vertikal tizim joriy etiladi. Shu maqsadda “Barkamol avlod” bolalar maktabi, Respublika o‘quvchi-yoshlar markazi hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati negizida “Kelajak” markazlari tashkil etiladi. O‘quvchilarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinadi.

So‘nggi sakkiz yilda bog‘chalarda o‘rinlar soni 2,5 millionga ko‘paytirilib, maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetdi. Bu qamrovni oshirish maqsadida har yili 20 ming o‘rin ochish rejalashtirilgan.

Buning uchun yangi ko‘p qavatli uylar qurilishida ulardagi aholi soniga mutanosib maktabgacha ta’lim tashkiloti ham bo‘lishi nazarda tutiladi. Bog‘chalarda ishlayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli mutaxassislar uchun dual ta’lim va malaka oshirish tizimi joriy etiladi.

Maktabgacha ta’lim qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman va shaharlarda xususiy sektor ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi. Xususan, bog‘cha va maktablarning bo‘sh maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti qurishga ruxsat etiladi. Tadbirkorlarga faoliyatni o‘zgartirmaslik sharti bilan yer uchastkalari bepul beriladi hamda 7-yilgacha bo‘lgan imtiyozli kredit ajratiladi.

2026-2028-yillarda respublikaning 14 ta hududida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazini o‘z ichiga olgan “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘i tashkil etiladi.

Davlat rahbari iqtisodiyot tarmoqlarining hozirgi va kelgusi talabidan kelib chiqib, texnika va muhandislik yo‘nalishlarini rivojlantirish vazifasini qo‘ygan edi. Shunga muvofiq, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimida 14 ta hududda muhandislik maktablari tashkil etilmoqda. Ushbu maktablarga bolalar imtihon asosida saralab olinadi va Davlat byudjeti hisobidan o‘qitiladi. Ularda “Yangi O‘zbekiston” universiteti va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab tajribasi asosida muhandislik ta’lim dasturi joriy qilinadi. O‘quv jarayoni 5-yillik dastur asosida STEAM modeli bo‘yicha tashkil etiladi.

2026-yildan boshlab, har yili umumta’lim maktablari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Ilg‘or muhandislik maktabi” milliy tanlovi o‘tkaziladi.

Shuningdek, tabiiy fanlarni o‘qitishni yaxshilash maqsadida barcha hududlarda ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil qilinadi. Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino nomidagi maktab bu yo‘nalishda tayanch maktab sifatida xizmat qiladi.

Toshkent shahrida N.E.Buman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali, “Toshkent texnolog” texnika universiteti hamda Olmaliq davlat texnika instituti ochiladi.

Yana bir yangilik o‘qituvchilikka mehr qo‘ygan yoshlarni rag‘batlantirishga qaratilgan. Hozirgi kungacha bu sohada alohida davlat stipendiyasi yo‘q edi.

Shu bois, joriy o‘quv yilidan boshlab, pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etilmoqda. Stipendiya bakalavriatning 3-4-kurslari uchun bo‘ladi, yoshlarni o‘qish va ilmiy izlanishlarga undaydi.

Yig‘ilishda fan va innovatsiyalar sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar taqdimot qilindi.

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash tartiblari takomillashtiriladi. Jumladan, doktoranturaga ajratilayotgan kvotalar mamlakatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib belgilanadi.

Fanlar akademiyasining respublikada istiqbolli ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish, ilmiy ishlanma natijalarini amaliyotga tatbiq etishdagi o‘rni kuchaytiriladi.

Prezident bildirilgan takliflarni ma’qullab, tegishli hujjatlarni imzoladi. Ulardagi vazifalar ijrosini tizimli va sifatli ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.


O‘zbekiston


														
														Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Toshkentda Bunyodkor ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopiladi

Bu haqda Toshkent shahri hokimligi xabar berdi.
21:34 / 10.09.2025

														
														11-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sha…
21:18 / 10.09.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatorini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-sentyabr kuni Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov …
19:50 / 10.09.2025

														
														Zo‘rlash jinoyatini sodir etgan erkak Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Zo‘rlash jinoyatini sodir etgan erkak Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Zo‘rlash jinoyatini sodir etgani uchun Interpol orqali xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiy…
18:28 / 10.09.2025

														
														Ta’lim tizimida umumiy va yagona imtihonlar joriy etildimi?

Ta’lim tizimida umumiy va yagona imtihonlar joriy etildimi?

Bu borada huquqshunos va jurnalist Xushnud Xudoyberdiyev atroflicha tushuntirish berib o‘tdi
17:08 / 10.09.2025

														
														Raqobat qo‘mitasi murojaat asosida “Uzum market” MCHJga chiqargan qarorini o‘zgartirishsiz qoldirdi

Raqobat qo‘mitasi murojaat asosida “Uzum market” MCHJga chiqargan qarorini o‘zgartirishsiz qoldirdi

Yetkazilgan zararni iste’molchilarga, imkon bo‘lmaganda esa, davlat byudjetiga qaytarish belgilandi
16:57 / 10.09.2025

														
														DXX va IIV birgalikda o‘tkazgan tezkor tadbirda firibgarlik holati fosh etildi

DXX va IIV birgalikda o‘tkazgan tezkor tadbirda firibgarlik holati fosh etildi

Ikki viloyatda ishga joylashtirib qo‘yish evaziga pora talab qilganlar ashyoviy dalillar bilan ushlangan
15:08 / 10.09.2025

														
														O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilmoqda

Bu islohot loyihasi pensiyaning minimal yoshini oshirishni nazarda tutadi
14:33 / 10.09.2025

														
														Sergelidagi gavjum ko‘chalardan biri 20 kunga yopiladi

Sergelidagi gavjum ko‘chalardan biri 20 kunga yopiladi

“Veolia Energy” kuz-qish mavsumi oldidan issiqlik quvurlari almashtirilishi sabab yo‘l yopilishini ma’lum qildi
13:07 / 10.09.2025

														
														Angrendagi YTH oqibatida vafot etganlar 13 nafarga yetdi

Angrendagi YTH oqibatida vafot etganlar 13 nafarga yetdi

Manbalarga ko‘ra, vafot etganlarning soni IIV taqdim etgan ilk xulosadan ko‘proqni tashkil etmoqda
12:56 / 10.09.2025

Bu ham qiziq

Raqobat qo‘mitasi murojaat asosida “Uzum market” MCHJga chiqargan qarorini o‘zgartirishsiz qoldirdi

Raqobat qo‘mitasi murojaat asosida “Uzum market” MCHJga chiqargan qarorini o‘zgartirishsiz qoldirdi

Yetkazilgan zararni iste’molchilarga, imkon bo‘lmaganda esa, davlat byudjetiga qaytarish belgilandi
16:57 / 10.09.2025
Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Bugun “Iphone” yangi qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Marosimda Iphone 17 modeli ham taqdim etilishi kutilmoqda
19:36 / 09.09.2025
Fransiyada hukumat almashinuvi fonida norozilik namoyishlari avj oldi

Fransiyada hukumat almashinuvi fonida norozilik namoyishlari avj oldi

10-sentyabr kuni tongda butun Fransiya bo‘ylab “Bloquons Tout” (“Hammani to‘samiz”) harakati tomonidan uyushtirilgan norozil…
22:19 / 10.09.2025
Endilikda ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Endilikda ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Prezidentning Xitoyga tashrifi davomida loyihalar uchun xitoy tilini biladigan kadrlar kerakligi ta’kidlangan
10:41 / 10.09.2025
Fransiyaning yangi bosh vaziri tasdiqlandi

Fransiyaning yangi bosh vaziri tasdiqlandi

Sebastyan Lekornyu Makronning prezidentlik davridagi 5-bosh vazir hisoblanadi
17:33 / 10.09.2025
O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilmoqda

O‘zbekistonda pensiya yoshini oshirish taklif etilmoqda

Bu islohot loyihasi pensiyaning minimal yoshini oshirishni nazarda tutadi
14:33 / 10.09.2025
Angrendagi YTH oqibatida vafot etganlar 13 nafarga yetdi

Angrendagi YTH oqibatida vafot etganlar 13 nafarga yetdi

Manbalarga ko‘ra, vafot etganlarning soni IIV taqdim etgan ilk xulosadan ko‘proqni tashkil etmoqda
12:56 / 10.09.2025
Ta’lim tizimida umumiy va yagona imtihonlar joriy etildimi?

Ta’lim tizimida umumiy va yagona imtihonlar joriy etildimi?

Bu borada huquqshunos va jurnalist Xushnud Xudoyberdiyev atroflicha tushuntirish berib o‘tdi
17:08 / 10.09.2025
Isroil Yaman poytaxtiga zarba berdi

Isroil Yaman poytaxtiga zarba berdi

Yaman poytaxti Sanada Isroil tomonidan amalga oshirilgan havo hujumlari qayd etilgan.
20:29 / 10.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!