$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

10:59 / 11.09.2025

Markaziy bank boshqaruvi 2025-yil 11-sentyabrdagi yig‘ilishida asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida  o‘zgarishsiz qoldirdi.

Joriy yilning ikkinchi choragida shakllangan iqtisodiy faollik va iste’mol talabi yuqori sur’atlarining narxlarga oshiruvchi ta’sirlari davom etdi. Shu bilan birga, o‘tgan yilgi baza ta’sirlari chiqib ketishi hisobiga avgust oyidan inflyatsiya pasaya boshladi. Boshqaruv inflyatsion jarayonlarning sekinlashishi va bazaviy inflyatsiyani pasayuvchi trayektoriyasida davom etishini ta’minlash maqsadida asosiy stavkani o‘zgarishsiz – 14 foiz darajasida saqlab qoldi.

Avgust oyida umumiy inflyatsiya iyulga nisbatan biroz pasaygan holda yillik hisobda 8,8 foizni tashkil etib, oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘sishining sekinlashishi hisobiga bazaviy inflyatsiya 7,6 foizgacha pasaygan.

Shu bilan birga, yalpi talabning yuqori darajada saqlanishi sharoitida energiya narxlari oshishining ikkilamchi ta’sirlari xizmatlar inflyatsiyasining yuqori shakllanishida namoyon bo‘lmoqda.

So‘nggi oylarda mavsumiy omillar hamda almashuv kursining barqarorlashuvi hisobiga aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalarida pasayish tendensiyasi kuzatilgan bo‘lsa-da, mazkur kutilmalar umumiy inflyatsiya darajasidan yuqori bo‘lib qolmoqda.

2025-yilning birinchi yarmida iqtisodiy o‘sish 7,2 foizgacha tezlashib, xizmatlar sohasining yuqori sur’atlari bilan birga sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida ham sezilarli o‘sish qayd etilgan.

Transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmining barqaror o‘sishi, iqtisodiyotda kreditlash sur’atlarining jadallashuvi, byudjet xarajatlarining o‘sishi hamda investitsion faollikning yuqori bo‘lishi yalpi talabni faol rag‘batlantiruvchi omillardan bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, xalqaro savdodagi cheklovlar va o‘zaro aloqalarga kiritilgan o‘zgarishlar tufayli global inflyatsiyaning pasayishi kutilganidan sekin kechayotgani, jahonda oziq-ovqat mahsulotlari narxi oshayotganligi hamda asosiy savdo hamkor davlatlardagi inflyatsiya darajasining target ko‘rsatkichlaridan yuqori shakllanganligi kelgusida import inflyatsiyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin.

Ushbu sharoitlarda joriy yil yakunida inflyatsiya darajasi 8,7 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.

Iqtisodiyotdagi inflyatsion bosimni kamaytirish va o‘rta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida, Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani joriy 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining davom ettirilishi iqtisodiyotda jamg‘arish jozibadorligini saqlab qolib, kreditlash sur’atlarini maqbullashtirish va pul bozorida resurslar narxlarini mutanosib shakllantirish orqali yalpi talabni muvozanatlashtirishga xizmat qiladi hamda inflyatsiyaga monetar omillarning ta’sirini kamaytiradi.

Ayni paytda, umumiy inflyatsiyani barqaror pasayish trayektoriyasiga o‘tishi ma’lum vaqt talab etadi. Narxlarga oshiruvchi bosimlar kelgusi oylarda kutilganidan ko‘ra kuchayishi bo‘yicha ehtimollar va asoslar yuzaga kelgan taqdirda pul-kredit sharoitlari qat’iyligi qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.

Asosiy stavkani ko‘rib chiqish bo‘yicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yig‘ilishi 2025-yil 23-oktyabr kuniga belgilangan.

 


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

Ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati qay darajada?
22:51 / 13.09.2025

														
														1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

Bu bo‘yicha mutaxassis tushuntirish berib o‘tdi
18:34 / 13.09.2025

														
														O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 15–18-sentyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:46 / 13.09.2025

														
														Andijonda Nexia-2, moped va velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Andijonda Nexia-2, moped va velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

“Qoidabuzarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo chorasi ko‘rilishi ta’minlanadi”, – deyiladi xabarda.
14:45 / 13.09.2025

														
														DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jino…
09:31 / 13.09.2025

														
														13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 12.09.2025

														
														Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
21:56 / 12.09.2025

														
														Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Toshkent viloyati hokimi ana shu korxonalarni chekkaroq hududlarga ko‘chirish xususida to‘xtalib o‘tdi
20:28 / 12.09.2025

														
														Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Qo‘mita barcha holatlar yuzasidan batafsil axborot berib o‘tdi
19:33 / 12.09.2025

														
														O‘zbekistonga qaysi davlat eng ko‘p sarmoya kiritmoqda?

O‘zbekistonga qaysi davlat eng ko‘p sarmoya kiritmoqda?

Buyuk Britaniya va Germaniya kabi davlatlar ham mamlakatimizga salmoqli foizlarda investitsiya kiritmoqda
18:43 / 12.09.2025

Bu ham qiziq

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Toshkent viloyati hokimi ana shu korxonalarni chekkaroq hududlarga ko‘chirish xususida to‘xtalib o‘tdi
20:28 / 12.09.2025
Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
21:56 / 12.09.2025
130 yoshli ayol O‘zbekistonning eng keksa insoni sifatida rasman tan olindi

130 yoshli ayol O‘zbekistonning eng keksa insoni sifatida rasman tan olindi

Farg‘onalik ayol O‘zbekistonning eng keksa fuqarosi deb tan olindi: u 1895-yilda tug‘ilgan.
15:20 / 12.09.2025
BMT Bosh Assambleyasi Falastinni tan olishni nazarda tutuvchi deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi

BMT Bosh Assambleyasi Falastinni tan olishni nazarda tutuvchi deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi

“BMT Bosh Assambleyasi 12-sentyabr kuni ko‘pchilik ovoz bilan Isroil va Falastin davlatlari to‘g‘risidagi qarorni amalga osh…
11:18 / 13.09.2025
Temur Kapadze: “Qozog‘istondan taklif bo‘lsa, o‘ylab ko‘raman”

Temur Kapadze: “Qozog‘istondan taklif bo‘lsa, o‘ylab ko‘raman”

Kapadze UEFA tasnifidagi musobaqalarda ishlash o‘zi uchun ham qiziqarli bo‘lishi mumkinligini aytdi
21:00 / 13.09.2025
Tramp Qatar bosh vaziri bilan uchrashdi

Tramp Qatar bosh vaziri bilan uchrashdi

Manbalarga ko‘ra, qatarlik siyosatchining Tramp bilan suhbati asosan Isroilning Dohaga bergan zarbasini haqida bo‘ldi
21:17 / 13.09.2025
Benyamin Netanyaxu Falastin davlati tuzilishiga to‘sqinlik qilishga va’da berdi

Benyamin Netanyaxu Falastin davlati tuzilishiga to‘sqinlik qilishga va’da berdi

Ma’lum qilinishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Falastin davlati tuzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da bergan.
16:37 / 12.09.2025
DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jino…
09:31 / 13.09.2025
Tramp O‘zbekistonga keladi(mi?)

Tramp O‘zbekistonga keladi(mi?)

TIV e’lon qilgan maqolada shu xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi
21:48 / 12.09.2025
1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

Bu bo‘yicha mutaxassis tushuntirish berib o‘tdi
18:34 / 13.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!