$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

Toshkentda pulli “parkovka”lar hududidagi “dom”lar aholisi uchun imtiyoz beriladi

12:30 / 11.09.2025

Toshkent shahrida pulli to‘xtash joylari tashkil etilgan ko‘chalardagi ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun maxsus imtiyozlar yaratiladi. Bu haqda poytaxt hokimligining Matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, imtiyozlar doirasida poytaxt aholisi uchun rezidentlik ruxsatnomalari joriy etilib, ruxsatnoma egalari o‘z mahallasi hududidagi to‘xtash joylaridan sutkaning kechki paytidan tonggacha imtiyozli shartlarda foydalanish imkoniga ega bo‘ladi. Shuningdek, kunduzgi vaqtda ham muayyan chegirmalar beriladi, bayram va dam olish kunlarida esa yanada kengroq imtiyozlar taqdim etiladi.

Hozirgi kunda rezidentlik ruxsatnomalarini elektron tartibda olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bilan integratsiya ishlari olib borilmoqda. Jarayonlar joriy yilning noyabr oyiga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.

Ushbu ishlar yakunlanganidan so‘ng, Toshkent shahar hokimining tegishli qarori qabul qilinib, ruxsatnoma berish tartibi, amal qilish muddati, huquqqa ega bo‘luvchi fuqarolar toifasi, taqdim etiladigan imtiyozlar ro‘yxati aniq belgilanadi.

“Qaror qabul qilingan vaqtda hamshaharlar tanishib chiqishlari uchun belgilangan tartibda e’lon qilinadi”, – deyiladi hokimlik xabarida.

Ma’lumot uchun, avvalroq poytaxt hokimining tegishli qarori qabul qilinib, shaharda pulli “parkovka” narxlari tasdiqlangan edi. Qarorga muvofiq, 5 ta tarif zonasi mavjud va ularning narxi zonadagi “parkovka”ga bo‘lgan talabga qarab o‘zgaradi. Xususan, birinchi zona shahar markazini va to‘xtash joylariga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan eng tirband hududlarni qamrab oladi va ulardan foydalanish soatiga 12 000 so‘mni tashkil etadi. Aksincha, beshinchi zona – eng chekka va kam gavjum hududlar uchun narx 5 000 so‘m etib belgilangan.

O‘zbekiston

														O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

Ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati qay darajada?
22:51 / 13.09.2025

														1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

Bu bo‘yicha mutaxassis tushuntirish berib o‘tdi
18:34 / 13.09.2025

														O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 15–18-sentyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:46 / 13.09.2025

														Andijonda Nexia-2, moped va velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

“Qoidabuzarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo chorasi ko‘rilishi ta’minlanadi”, – deyiladi xabarda.
14:45 / 13.09.2025

														DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jino…
09:31 / 13.09.2025

														13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 12.09.2025

														Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
21:56 / 12.09.2025

														Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Toshkent viloyati hokimi ana shu korxonalarni chekkaroq hududlarga ko‘chirish xususida to‘xtalib o‘tdi
20:28 / 12.09.2025

														Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Qo‘mita barcha holatlar yuzasidan batafsil axborot berib o‘tdi
19:33 / 12.09.2025

														O‘zbekistonga qaysi davlat eng ko‘p sarmoya kiritmoqda?

Buyuk Britaniya va Germaniya kabi davlatlar ham mamlakatimizga salmoqli foizlarda investitsiya kiritmoqda
18:43 / 12.09.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

Ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati qay darajada?
22:51 / 13.09.2025
O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 15–18-sentyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:46 / 13.09.2025
Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025
DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jino…
09:31 / 13.09.2025
O‘zbekistonga qaysi davlat eng ko‘p sarmoya kiritmoqda?

O‘zbekistonga qaysi davlat eng ko‘p sarmoya kiritmoqda?

Buyuk Britaniya va Germaniya kabi davlatlar ham mamlakatimizga salmoqli foizlarda investitsiya kiritmoqda
18:43 / 12.09.2025
Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Qo‘mita barcha holatlar yuzasidan batafsil axborot berib o‘tdi
19:33 / 12.09.2025
Tramp O‘zbekistonga keladi(mi?)

Tramp O‘zbekistonga keladi(mi?)

TIV e’lon qilgan maqolada shu xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi
21:48 / 12.09.2025
Qashqadaryoda qalbaki alkogol savdosiga chek qo‘yildi

Qashqadaryoda 750 dona qalbaki alkogol mahsulotlarini sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
13:57 / 12.09.2025
13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 12.09.2025
Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Toshkent viloyati hokimi ana shu korxonalarni chekkaroq hududlarga ko‘chirish xususida to‘xtalib o‘tdi
20:28 / 12.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!