$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

Toshkent viloyatini rivojlantirish uchun 40 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi

19:48 / 11.09.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni Toshkent viloyatida islohotlar natijadorligi va yangi rejalar muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Bu go‘zal tabiatli va salohiyati yuqori viloyat iqtisodiyoti bugun izchil rivojlanib bormoqda. Keyingi 8-yilda 10 milliard dollar hududiy, 8 milliard dollar tarmoq sarmoyalari kiritilgan, 10 mingga yaqin sanoat, savdo va servis korxonalari ishga tushgan.

Oxirgi 3-yilda yillik aylanmasi 10 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lgan korxonalar soni 1,8 barobar oshib, 1,7 mingga yetgan. Yana aylanmasi 100 milliard so‘mdan yuqori korxonalar esa 137 tadan 193 taga ko‘paygan. Natijada oldingi yillarda yillik o‘rtacha eksport 1 milliard dollarga ham yetmagan bo‘lsa, shu yilning 8 oyida bu raqamdan oshgan.

Viloyatda xitoylik investorlar tomonidan 2,1 milliard dollarlik yirik sanoat parklari tashkil etilmoqda. Shuningdek, viloyatni 2025-2027-yillarda jadal rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarorlari qabul qilinib, ular ijrosi uchun 40 trillion so‘mdan ziyod mablag‘lar yo‘naltirilgan. Bularning bari hududlarda ishsizlikni pasaytirib, kambag‘allik darajasini qisqartirish imkonini bermoqda. Yil yakuniga qadar viloyatda ishsizlik va kambag‘allik darajasini 4,5 foizga tushirishning aniq hisob-kitobi qilingan.

Bunday natijalarni oshirish maqsadida davlat rahbarining tashabbusiga muvofiq, Toshkent viloyatida ham “Islohotlar shtabi” tuzildi. Yig‘ilishda shtab tomonidan tayyorlangan reja va loyihalar taqdimot qilindi.

Prezident tomonidan mazkur loyihalarni bekam-ko‘st amalga oshirishga ko‘maklashish, ayrim masalalarni zudlik bilan yechish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.

Jumladan, Nurafshon, Olmaliq va Chirchiq shaharlarida xorijiy sarmoya ishtirokida sanoat korxonalarini tashkil etish uchun 2 ta nimstansiya qurish ko‘zda tutilmoqda.

Bekobod shahrida import o‘rnini bosuvchi avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish, Oqqo‘rg‘on tumanida oziq-ovqat va to‘qimachilik korxonalarini ochish, Ohangaron, Angren va O‘rta Chirchiq hududidan oqib o‘tuvchi Qorasuv kanali bo‘yida turizm va savdo maskanlarini tashkil etish imkoniyati bor. 

Umuman, viloyatda 2 milliard 500 million dollarlik  investitsiyaviy loyihalar ishlab chiqilgan. Ularning natijasida 11 mingdan ziyod aholi bandligi ta’minlanadi, 434 million dollarlik eksport quvvati yaratiladi.

Prezident loyihalar bilan atroflicha tanishib, qo‘shimcha imkoniyatlarni ko‘rsatib o‘tdi.

“Toshkent viloyati sanoatda ham, qishloq xo‘jaligida ham eng katta salohiyatga ega hudud. Asosiysi, viloyat yurtimizdagi eng yirik iste’mol va xizmatlar bozorini, ya’ni poytaxtimizni har tomondan o‘rab turadi. Bu ham juda katta imkoniyat. Uni to‘liq ishga solib, sarmoya, eksport va ish o‘rni ko‘rsatkichlarini karrasiga oshirsa bo‘ladi” – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda Toshkent shahri va tumanlari hokimlari ham qatnashdi. Toshkent viloyatidagi bo‘sh yerlar “Toshkent investor” kompaniyasi va shaharning sanoat zonalari direksiyasiga ajratilib, ekologiyaga zarar keltirayotgan korxonalar ko‘chirilishi aytildi.

Toshkent viloyatining barcha hududlarini poytaxt bilan tezkor elektr poyezdlar orqali bog‘lash vazifasi belgilandi. Bu orqali u yerlarda ham yangi uy-joylar, infratuzilma va xizmatlarga talab oshadi, odamlar poytaxtga qatnab ishlashi mumkin bo‘ladi.

Viloyatdagi 263 ta mahalla biror mahsulot yetishtirish, sanoat yoki xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashmagan. Shu bois, ularda bog‘dorchilik, limon, uzum, malina, brokkoli va ko‘chat yetishtirishni rivojlantirish mo‘ljallanmoqda. Bu mahallalarga “Agrostar” kompaniyasini bog‘lab, urug‘, ko‘chat va kafolatli xarid bo‘yicha odamlarga yordamlashish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Toshkent viloyati yer va suvga juda boy. Bundan samarali foydalanib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ko‘paytirish bilan birga ularni qayta ishlab, eksportini oshirish vazifasi qo‘yildi.

Umuman, barcha imkoniyatlarni yuzaga chiqarib, mahallalarni ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish zarurligi ta’kidlandi.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

Ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati qay darajada?
22:51 / 13.09.2025

														
														1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

Bu bo‘yicha mutaxassis tushuntirish berib o‘tdi
18:34 / 13.09.2025

														
														O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 15–18-sentyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:46 / 13.09.2025

														
														Andijonda Nexia-2, moped va velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Andijonda Nexia-2, moped va velosiped ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

“Qoidabuzarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda jazo chorasi ko‘rilishi ta’minlanadi”, – deyiladi xabarda.
14:45 / 13.09.2025

														
														DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

DXX: Prokuror, advokat va sudya katta yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jino…
09:31 / 13.09.2025

														
														13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 12.09.2025

														
														Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Valyuta qimmatliklari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda
21:56 / 12.09.2025

														
														Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Zoir Mirzayev: “Charm bilan ishlaydigan 50 dan ortiq korxona Toshkent shahri ekologiyasiga katta zarar yetkazmoqda”

Toshkent viloyati hokimi ana shu korxonalarni chekkaroq hududlarga ko‘chirish xususida to‘xtalib o‘tdi
20:28 / 12.09.2025

														
														Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Raqobat qo‘mitasi: “Davlat xaridlarida 8,1 milliard so‘mlik qonunbuzarlik holatlari aniqlandi”

Qo‘mita barcha holatlar yuzasidan batafsil axborot berib o‘tdi
19:33 / 12.09.2025

														
														O‘zbekistonga qaysi davlat eng ko‘p sarmoya kiritmoqda?

O‘zbekistonga qaysi davlat eng ko‘p sarmoya kiritmoqda?

Buyuk Britaniya va Germaniya kabi davlatlar ham mamlakatimizga salmoqli foizlarda investitsiya kiritmoqda
18:43 / 12.09.2025

Bu ham qiziq

“Ukrainaning G‘arbsiz Rossiyani mag‘lub etish imkoniyati kam” – SBU generali

“Ukrainaning G‘arbsiz Rossiyani mag‘lub etish imkoniyati kam” – SBU generali

Vovk ta’kidlaganidek, yevropalik hamkorlar Ukraina fuqarolarining “o‘zlari o‘lishini” afzal ko‘rib, harbiy harakatlarda bevo…
11:22 / 13.09.2025
O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

Ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati qay darajada?
22:51 / 13.09.2025
Amalda mavjud bo‘lgan stipendiyalarning soni 13 taga yetdi

Amalda mavjud bo‘lgan stipendiyalarning soni 13 taga yetdi

Bu ro‘yxatdagi eng yangisi Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik yo‘nalishda beriluvchi mukofot sanaladi
18:36 / 12.09.2025
Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025
Nepalda 15 mingdan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketgan

Nepalda 15 mingdan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketgan

Nepalda 15 mingdan ortiq mahbus qamoqdan qochib ketgan
14:29 / 12.09.2025
Temur Kapadze: “Qozog‘istondan taklif bo‘lsa, o‘ylab ko‘raman”

Temur Kapadze: “Qozog‘istondan taklif bo‘lsa, o‘ylab ko‘raman”

Kapadze UEFA tasnifidagi musobaqalarda ishlash o‘zi uchun ham qiziqarli bo‘lishi mumkinligini aytdi
21:00 / 13.09.2025
O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda yangi hafta boshida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

“O‘zgidromet” 15–18-sentyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:46 / 13.09.2025
BMT Falastin davlatini tan olish haqidagi deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi

BMT Falastin davlatini tan olish haqidagi deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi

Deklaratsiyani qo‘llab, 142 ta davlat ovoz bergan, jumladan O‘zbekiston ham
19:52 / 13.09.2025
13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

13-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 31-33 daraja issiq bo‘ladi
22:58 / 12.09.2025
Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin

Tramp O‘zbekistonga kelishi mumkin

Eurasianet nashrining yozishicha, Donald Tramp AQShning Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan birinchi prezidenti bo‘lishi mumki…
17:09 / 12.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!