$
12447.35 UZS
86.49
146.08 UZS
0.42
14545.97 UZS
66.46
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

22:34 / 11.09.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentyabr kuni aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish ishlarini samarali tashkil etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Mamlakatni rivojlantirish istiqbollarini belgilashda aholining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, yashash darajasi va farovonligi, qishloq xo‘jaligi holatini aniqlash juda muhim. Bunda ro‘yxatga olish dolzarb ahamiyatga ega.

Yurtimizda umummilliy ro‘yxatga olish oxirgi marta 1989-yilda o‘tkazilgan. So‘nggi yillarda bu yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida” qonun qabul qilinib, aholini har 10 yilda, qishloq xo‘jaligini esa har 5 yilda kamida bir marta ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan.

Shu bois, 2021-yilda aholini, 2022-yilda esa qishloq xo‘jaligini sinov tariqasida ro‘yxatga olish tadbirlari o‘tkazildi. Lekin to‘laqonli ro‘yxatga olishni o‘tkazish uchun zarur omillar va xalqaro tajribalarni o‘rganish hamda tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish ma’lum vaqtni taqozo etishi bois, bu tadbir keyinga qoldirilgan edi.

Taqdimotda xalqaro tajribadan kelib chiqib hamda Jahon banki, YUNFPA va FAO tashkilotlari ishtirokida ishlab chiqilgan aholi va qishloq xo‘jaligini bir vaqtda ro‘yxatdan o‘tkazish taklifi ko‘rib chiqildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish tadbirlari 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkaziladi. Uning dastlabki 17 kuni internet orqali, keyingi bir oy mobaynida esa “mahalla yettiligi” ishtirokida uyma-uy yurib amalga oshirilishi belgilanmoqda.

Mazkur usul orqali xarajatlar sezilarli qisqarib, 1,3 trillion so‘m mablag‘ tejaladi. Shuningdek, ro‘yxatga olish jarayonlari oddiy va shaffof tarzda tashkil etiladi. Savollarning soni avval rejalashtirilgan 328 tadan 71 taga qisqartirildi.

Ro‘yxatga olish natijasida Yevropa statistika konferensiyasining 2020 yildagi tavsiyalari asosida 38 million aholining tarkibi va migratsiyasi, oilaviy holati, faoliyat turi, daromad manbalari to‘g‘risida yagona ma’lumotlar bazasi shakllantiriladi.

Mamlakatimizdagi qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanish holati, chorva mollari va parrandalar soni aniqlanadi. Bu orqali qishloq xo‘jaligiga yo‘naltirilayotgan yillik 25,6 trillion so‘m, jumladan, 2,2 trillion so‘m byudjet mablag‘larining samaradorligi, sohadagi xizmatlar hajmi va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun zarur ma’lumotlar to‘plami yaratiladi.

Ro‘yxatga olish jarayonlarini samarali amalga oshirish uchun “mahalla yettiligi” maxsus o‘quv dasturi asosida tayyorlanadi va rag‘batlantiriladi. Buning uchun Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan statistika tizimini mustahkamlash loyihasining mablag‘lari yo‘naltiriladi.

Shuningdek, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yiladi. Maxsus ko‘rsatuv va videoroliklar namoyish etilib, fuqarolarning xabardorligi oshiriladi.

Umuman, mazkur tadbirlar aholi va qishloq xo‘jaligining haqiqiy ko‘rsatkichlarini aniq belgilash, davlat dasturlarini maqsadli hamda samarali amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Davlat rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlarini tizimli va sifatli amalga oshirish bo‘yicha mutasaddilarga ko‘rsatmalar berdi.


O‘zbekiston


														
														15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 17-19, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi
22:54 / 14.09.2025

														
														Toshkentdagi janjalda maktab o‘quvchisi pichoqlandi

Toshkentdagi janjalda maktab o‘quvchisi pichoqlandi

Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan rasmiy axborot berdi
21:41 / 14.09.2025

														
														Ertadan shaharning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi

Ertadan shaharning ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi

“Veolia Energy Tashkent” noqulayliklar uchun uzr so‘ragan
20:23 / 14.09.2025

														
														Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi bu borada tushuntirishlar berib o‘tdi
18:25 / 14.09.2025

														
														Namanganda poyezd Gentra’ni urib yuborishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Namanganda poyezd Gentra’ni urib yuborishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.
15:52 / 14.09.2025

														
														Farg‘onada Cobalt va Matiz to‘qnashdi

Farg‘onada Cobalt va Matiz to‘qnashdi

Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
12:33 / 14.09.2025

														
														Namangan viloyatida yashirin dori omborlari fosh etildi

Namangan viloyatida yashirin dori omborlari fosh etildi

Aniqlanishicha, mazkur kontrafakt dori vositalari mamlakatimizga Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelinga…
10:33 / 14.09.2025

														
														Qozog‘istondagi portlashda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadlari vatanga qaytariladi — Migratsiya agentligi

Qozog‘istondagi portlashda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar jasadlari vatanga qaytariladi — Migratsiya agentligi

Shuningdek, xabarga ko‘ra, marhumlarning yaqinlariga kerakli amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hududiy Migratsiya agentlikla…
09:00 / 14.09.2025

														
														O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

Ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati qay darajada?
22:51 / 13.09.2025

														
														1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

Bu bo‘yicha mutaxassis tushuntirish berib o‘tdi
18:34 / 13.09.2025

Bu ham qiziq

Namangan viloyatida yashirin dori omborlari fosh etildi

Namangan viloyatida yashirin dori omborlari fosh etildi

Aniqlanishicha, mazkur kontrafakt dori vositalari mamlakatimizga Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelinga…
10:33 / 14.09.2025
15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 17-19, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi
22:54 / 14.09.2025
Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda sodir bo‘lgan portlashda 3 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Shu yilning 11-sentyabr kuni Qozog‘istonning Olmaota viloyatida metall qabul qilish shoxobchasida sodir bo‘lgan portlash oqi…
16:58 / 13.09.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidentining oilasi uyidan quvildi

Qirg‘iziston sobiq prezidentining oilasi uyidan quvildi

Sud qaroriga muvofiq, sobiq prezident Almazbek Atambayevning mol-mulki, jumladan, Qo‘y-Toshdagi uy musodara qilindi.
14:50 / 14.09.2025
Namanganda poyezd Gentra’ni urib yuborishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Namanganda poyezd Gentra’ni urib yuborishi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ xabar berdi.
15:52 / 14.09.2025
Nepalda namoyishchilar ChatGPT tavsiyasi bilan muvaqqat bosh vazirni tayinlashdi

Nepalda namoyishchilar ChatGPT tavsiyasi bilan muvaqqat bosh vazirni tayinlashdi

E’tiborlisi bu lavozimga mamlakat tarixida ilk bor ayol kishi tayinlandi
22:13 / 13.09.2025
Avstriya tashqi ishlar vaziri NATOga qo‘shilish tarafdori emasligini aytdi

Avstriya tashqi ishlar vaziri NATOga qo‘shilish tarafdori emasligini aytdi

1-sentyabr kuni Avstriya kansleri Kristian Stoker Avstriyaning NATOga qo‘shilishi masalasi kun tartibida emasligini, respubl…
15:55 / 14.09.2025
Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs aybini tan olmadi

Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs aybini tan olmadi

U tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda
22:52 / 14.09.2025
Yevropa mamlakatlari rossiyaliklar uchun Shengen vizasini olish tartibini yanada qiyinlashtirdi

Yevropa mamlakatlari rossiyaliklar uchun Shengen vizasini olish tartibini yanada qiyinlashtirdi

Yevroittifoq bu qarorni Ukrainadagi harbiy harakatlar bilan izohladi
22:19 / 14.09.2025
O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

O‘zbekistonda xususiy shifoxonalarning soni yildan-yilga ko‘paymoqda

Ularda ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifati qay darajada?
22:51 / 13.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!