$
12426.83 UZS
-20.52
146.96 UZS
0.88
14566.73 UZS
20.76
31° Kechasi 18°

1-oktyabrda barcha o‘qituvchilar 953.000 so‘mdan mukofot puli olishi rostmi?

18:34 / 13.09.2025

Huquqshunos va jurnalist Xushnud Xudoyberdiyev ijtimoiy tarmoqlarda maktab o‘qituvchilari “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan 953 ming so‘mdan mukofotlanishi bo‘yicha tarqalayotgan xabarga izoh berib o‘tdi.

“Mazkur xabar qisman noto‘g‘ri. Buni tarqatayotganlar Prezident farmonidagi kichik, lekin o‘ta muhim joyini noto‘g‘ri talqin qilishgan.

Xabarlarda aytilganidek, darhaqiqat, 2025-yil 19-martdagi PF–51-son Prezident Farmoni bilan umumta’lim muassasalarining Direktor jamg‘armasidan foydalanish tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Yangi o‘zgarishga ko‘ra, “1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan xodimlarni mukofotlash miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi. Avval mukofotlash miqdori 50 foizni tashkil etgan edi.

Yangi o‘zgarishdagi -GACHA qo‘shimchasi maksimal chegarani anglatadi, lekin bu hamma xodimlar 75 foiz mukofot oladi, degani emas. Qayerdadir 75, qayerdadir 60, qayerdadir 50 foiz berilishi mumkin.

Mukofot miqdori mukofotlash davrida Direktor jamg‘armasining amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning joriy moliya yilidagi mavjud mablag‘lari doirasida belgilanadi. Jaydari tilda aytganda, Direktor jamg‘armasida qancha pul borligiga qarab, mukofot miqdorlari farq qiladi, barcha maktabda o‘qituvchilar bir xil mukofot olmasligi mumkin.

Mukofotning eng maksimal miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha, ya’ni 953 ming 250 so‘m bo‘ladi, bundan ko‘p mukofot berish mumkin emas, lekin moliyaviy imkoniyati bo‘lmasa, bundan kam berish mumkin.

BU MUHIM: bayram munosabati bilan mukofot faqat o‘qituvchilarga emas, balki barcha xodimlarga beriladi. Ya’ni rahbar va texnik-xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ham mukofot oladi.

Albatta, ustozlar qancha ko‘p oylik olsa, qancha ko‘p ustama va mukofot olsa, shuncha yaxshi. Ammo huquqiy jihatdan amaldagi tartibni to‘g‘ri talqin qilgan foydadan xoli bo‘lmaydi. Ertaga kimgadir kamroq mukofot chiqsa, tushunmovchilik kelib chiqmasin deyapman” - deb yozadi Xushnud Xudoyberdiyev rasmiy sahifasi orqali.


O‘zbekiston


														
														16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgari…
18:14 / 15.09.2025

														
														Mubashshir Ahmadning sudi 18-sentyabrga qoldirildi

Mubashshir Ahmadning sudi 18-sentyabrga qoldirildi

Mubashshir Ahmad bugungi sud majlisida har bir ayblov moddasi bo‘yicha so‘ralgan savollarga javob berganlari aytilmoqda.
18:08 / 15.09.2025

														
														Prezident pedagoglar uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi

Prezident pedagoglar uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi

Yangi yildan kamida 15 yil stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beri…
15:56 / 15.09.2025

														
														9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

Prezident Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkaz…
14:46 / 15.09.2025

														
														Hafta o‘rtasida harorat 20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

Hafta o‘rtasida harorat 20 darajagacha pasayishi kutilmoqda

“Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi Janubiy Qozog‘iston ustidagi yuqori siklon bilan bog‘liq bo‘lgan salqin va nam havo…
14:09 / 15.09.2025

														
														Ekologiya vazirligi Toshkentda 20 ta korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Ekologiya vazirligi Toshkentda 20 ta korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

“Joriy yilning dastlabki 8 oyi davomida Toshkent shahri atmosfera havosini yaxshilash maqsadida bir qator ijobiy o‘zgarishla…
13:05 / 15.09.2025

														
														Toshkentda yer cho‘kib, avtobus botib qoldi

Toshkentda yer cho‘kib, avtobus botib qoldi

Mazkur hodisa oqibatida yo‘lovchilar orasida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
12:06 / 15.09.2025

														
														Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Prezident o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.
11:04 / 15.09.2025

														
														Toshkentda YTHga uchragan avtomobil yonib ketdi

Toshkentda YTHga uchragan avtomobil yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
10:17 / 15.09.2025

														
														15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 17-19, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi
22:54 / 14.09.2025

Bu ham qiziq

16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

16-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgari…
18:14 / 15.09.2025
Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs aybini tan olmadi

Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs aybini tan olmadi

U tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda
22:52 / 14.09.2025
Zoxran Mamdani: “Agar Nyu-York merligiga saylansam Netanyaxuni hibsga olishga order beraman”

Zoxran Mamdani: “Agar Nyu-York merligiga saylansam Netanyaxuni hibsga olishga order beraman”

Nyu-York merligi uchun saylovlar noyabr oyida bo‘lib o‘tadi
19:20 / 14.09.2025
Qirg‘iziston sobiq prezidentining oilasi uyidan quvildi

Qirg‘iziston sobiq prezidentining oilasi uyidan quvildi

Sud qaroriga muvofiq, sobiq prezident Almazbek Atambayevning mol-mulki, jumladan, Qo‘y-Toshdagi uy musodara qilindi.
14:50 / 14.09.2025
Toshkentda YTHga uchragan avtomobil yonib ketdi

Toshkentda YTHga uchragan avtomobil yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
10:17 / 15.09.2025
Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Prezident o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.
11:04 / 15.09.2025
Prezident pedagoglar uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi

Prezident pedagoglar uchun yangi imtiyozlarni e’lon qildi

Yangi yildan kamida 15 yil stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beri…
15:56 / 15.09.2025
O‘zbekiston terma jamoasi Liverpuldagi JChda 11 ta medal jamg‘ardi

O‘zbekiston terma jamoasi Liverpuldagi JChda 11 ta medal jamg‘ardi

4–14-sentyabr kunlari Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
09:13 / 15.09.2025
Bugun “Nasaf” Elit Chempionlar ligasida o‘z yurishini boshlaydi

Bugun “Nasaf” Elit Chempionlar ligasida o‘z yurishini boshlaydi

Bugun, 15-sentyabr kuni Qarshining “Nasaf” klubi OFK Elit Chempionlar ligasi musobaqasidagi yurishini boshlaydi. Qarshilikla…
18:03 / 15.09.2025
Farg‘onada Cobalt va Matiz to‘qnashdi

Farg‘onada Cobalt va Matiz to‘qnashdi

Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
12:33 / 14.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!