Yangi yildan kamida 15 yil stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi qoplab beriladi.
Kelgusi o‘quv yilidan davlat oliygohlariga o‘qishga kirgan pedagoglar farzandlari uchun kontrakt to‘loviga 30 foiz chegirma beriladi.
O‘qituvchilarga yangi ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun kompyuter xaridiga 10 million so‘mgacha imtiyozli kredit ajratiladi.
Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi.
Fan o‘qituvchilari kabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat berish tizimi joriy qilinadi, sertifikat olganlarga oyiga 15 foiz ustama to‘lanadi.
Bakalavrni imtiyozli diplom bilan bitirib maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malakali, magistrlarga esa 1-malakali toifa beriladi.
Dunyoning TOP-300 talik oliygohlariga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi.
Reytingda TOP-100 talik maktab va bog‘cha, TOP-20 talik texnikum, TOP-10 talik oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uchun samolyot va poyezd chiptalariga 15–20 foiz chegirma beriladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!