2025-yil 18-sentyabr kuni soat 12:00 larda, 1986-yilda tug‘ilgan haydovchi Q.X. Labo rusumli avtomashinasiga gaz to‘ldirish uchun, Farg‘ona shahar, Qirguli mavzesida joylashgan AGTKShga kirib, avtomashinasidagi propan gaz turi uchun mo‘ljallangan balonga, ehtiyotsizligi oqibatida metan gaz quyib yuborishi natijasida avtomashinaga o‘rnatilgan gaz baloni portlab ketgan. Natijada Labo avtomashinasi texnik shikastlangan.
Hodisada natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘qligi aytildi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!