$
12199.71 UZS
-19.37
146.09 UZS
0.12
14328.56 UZS
-50.85
31° Kechasi 18°

Mirziyoyev Nyu Yorkda Janubiy Koreya, Iordaniya va Albaniya yetakchilari bilan uchrashdi

09:34 / 24.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-sentyabr kuni Nyu York shahrida BMT Bosh Assambleyasining sessiyasi doirasida Janubiy Koreya rahbar Li Je Myong, Albaniya Prezidenti Bayram Begay hamda Iordaniya Podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda O‘zbekiston – Koreya alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Keyingi yillarda o‘zaro hamkorlikda katta yuksalishga erishilgani, barcha darajalardagi almashinuv va muloqotlar jadallashgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zaro savdo ko‘rsatkichlari barqaror oshib bormoqda. Koreya kompaniyalarining O‘zbekiston iqtisodiyotiga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari hajmi 8 milliard dollardan oshdi. O‘zbekistonda Koreya yetakchi oliy ta’lim muassasalarining 4 ta filiali, hududlarda professional ta’lim markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi, Koreya Eksimbanki va uning fondlari bilan ko‘p yillar davomida samarali sheriklik qilib kelinayotgani, loyihalarning umumiy portfeli 3,5 milliard dollarga yetganiga yuksak baho berildi.

Muhim xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash, kimyo, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, transport, aviatsiya, biotexnologiyalar va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surishni nazarda tutadigan yangi uzoq muddatli Texnologiya va sanoat sherikligi dasturini tayyorlash yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida, hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishini samarali qilib o‘tkazish muhimligi qayd etildi.

Mintaqaviy, shu jumladan “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” formatida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida davlat rahbari Koreya Prezidentini davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Albaniya prezidenti bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi. Ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan siyosiy muloqot va iqtisodiy hamkorlik mexanizmlarini yaratish orqali sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqishga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Savdo va investitsiya sohalaridagi hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, agrar va oziq-ovqat sanoati, transport va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish muhimligi qayd etildi.

Ikki mamlakat yetakchilari mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.

Shavkat Mirziyoyev sessiya doirasida Iordaniya podshohi Abdulla II ibn al-Husayn bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

Joriy yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasiga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrif davomida erishilgan kelishuvlarni ijrosi muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Iordaniyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan chora-tadbirlar ko‘rishga alohida e’tibor qaratildi.


O‘zbekiston


														
														27-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

27-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 27-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz b…
16:34 / 26.09.2025

														
														O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi bo‘yicha hujjatlar imzolandi

O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi bo‘yicha hujjatlar imzolandi

Moskvada Jahon atom haftaligi davom etmoqda. Tadbir doirasida ikkita strategik muhim bitimlar imzolandi.
15:48 / 26.09.2025

														
														O‘zbekiston oltin eksporti bo‘yicha rekordni yangiladi

O‘zbekiston oltin eksporti bo‘yicha rekordni yangiladi

2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston jami 22,98 milliard dollarlik eksport amalga oshirdi.
10:09 / 26.09.2025

														
														Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutaxassisi pora bilan ushlandi

Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutaxassisi pora bilan ushlandi

U fuqarodan qurilishi yakunlanmagan binoni tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar talab qilib, shund…
16:56 / 25.09.2025

														
														26-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

26-sentyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kundu…
15:20 / 25.09.2025

														
														Farg‘onada gaz ta’minoti mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Farg‘onada gaz ta’minoti mansabdori 10 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot cho…
15:04 / 25.09.2025

														
														Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Chilonzordagi xonadonlardan birida yong‘in kelib chiqdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar to‘g‘risida xabar berilmagan.
14:25 / 25.09.2025

														
														6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, do…
12:53 / 25.09.2025

														
														Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi to‘xtatildi

Namanganda 15 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar savdosi to‘xtatildi

O‘zbekistonga noqonuniy yo‘llar bilan olib kelingan va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining savdosiga chek qo‘yish maq…
11:34 / 25.09.2025

Bu ham qiziq

Rossiyada 360 ta benzin “zapravka”lari yopildi

Rossiyada 360 ta benzin “zapravka”lari yopildi

Hukumat benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2025-yilning oxirigacha uzaytirdi
16:34 / 26.09.2025
6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

6 mlrd so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dorilar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, do…
12:53 / 25.09.2025
FIFA 2026 JCh ning uch rasmiy ramzi taqdim etildi

FIFA 2026 JCh ning uch rasmiy ramzi taqdim etildi

FIFA rahbari Janni Infantino ramzlarni “quvonch, energiya va birlashtiruvchi kuch” deb ta’rifladi.
18:48 / 26.09.2025
Ukraina va Suriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar tiklandi

Ukraina va Suriya o‘rtasida diplomatik munosabatlar tiklandi

Ukraina va Suriya 2025 yil 25-sentyabrda diplomatik aloqalarni tiklash bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ukraina prezidenti Volod…
16:40 / 25.09.2025
Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutaxassisi pora bilan ushlandi

Farg‘onada qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi mutaxassisi pora bilan ushlandi

U fuqarodan qurilishi yakunlanmagan binoni tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 5 ming dollar talab qilib, shund…
16:56 / 25.09.2025
FIFA 2030-yilgi JChda ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazishni rejalashtirmoqda

FIFA 2030-yilgi JChda ishtirokchilar sonini 64 taga yetkazishni rejalashtirmoqda

Har bir guruhdan 2 ta eng yaxshi jamoa pley-off bosqichiga yo‘l oladi.
09:22 / 25.09.2025
O‘zbekiston oltin eksporti bo‘yicha rekordni yangiladi

O‘zbekiston oltin eksporti bo‘yicha rekordni yangiladi

2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston jami 22,98 milliard dollarlik eksport amalga oshirdi.
10:09 / 26.09.2025
Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
08:37 / 25.09.2025
Eron yadroviy quroldan voz kechishga qaror qildi

Eron yadroviy quroldan voz kechishga qaror qildi

Mamlakat oliy rahbari Oyatulloh Xominaiy bu haqda rasmiy izoh berdi.
09:38 / 25.09.2025
“NIKA FARM’’ MChJga reklama qonunchiligini buzgani uchun jarima solindi

“NIKA FARM’’ MChJga reklama qonunchiligini buzgani uchun jarima solindi

Shuningdek, bunday qonunbuzilishlarni takrorlamaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
09:48 / 26.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!