$
12199.71 UZS
-19.37
146.09 UZS
0.12
14328.56 UZS
-50.85
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

08:37 / 25.09.2025

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShga amaliy tashrifi davomida an’anaga ko‘ra, ushbu mamlakatda mehnat va istiqomat qilayotgan o‘zbekistonliklar, shuningdek, AQShning nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari bilan uchrashdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Samimiy suhbat davomida Yangi O‘zbekistondagi islohotlarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar, xususan, ularni faol ilgari surishda o‘zbekistonliklar va ularni birlashtiruvchi tashkilotlarning ishtiroki muhokama qilingan.

Uchrashuvda muvaffaqiyatli tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqaro va yoshlar o‘rtasida muloqot maydonini yaratishga qaratilgan “Vatandoshlarning xalqaro biznes marafoni”ga start berilgan.

Ishtirokchilar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy va ta’lim aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, milliy iqtisodiyotning ustuvor sohalariga AQShning ilg‘or texnologiyalarini joriy etish, tibbiyot, transport va logistika sohalarida innovatsiyalarni ilgari surish, mamlakatda marketpleyslarni rivojlantirish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirgan.

Davlat rahbari yig‘ilganlarga O‘zbekiston taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorlik bildirib, aytilgan barcha taklif va tashabbuslar mamlakat vazirlik va idoralari tomonidan puxta o‘rganib chiqilishi, eng istiqbollilari esa amaliyotga tatbiq etilishini ta’kidlagan.

O‘zbekiston Prezidenti AQShda “El-yurt umidi” stipendiatlari soni 500 nafardan oshganiga alohida e’tibor qaratgan. Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va tajribasini mamlakatda qo‘llash uchun imkoniyat yaratish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev talabalarga o‘qishda va kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab, yoshlarning tashabbuslariga doimo ochiqligi va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidlagan.

O‘z navbatida, uchrashuv ishtirokchilari O‘zbekiston yetakchisiga xorijdagi vatandoshlar va yoshlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekiston ravnaqiga yanada ko‘proq hissa qo‘shishga tayyorligini bildirgan.


O‘zbekiston


														
														28-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 28-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz b…
17:21 / 27.09.2025

														
														Toshkent viloyatida bog‘cha bolalarining zaharlanishi ortidan 7 kishi qamoqqa olindi

Toshkent viloyatida bog‘cha bolalarining zaharlanishi ortidan 7 kishi qamoqqa olindi

O‘tkir gastroenterit tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan bolalar soni 963 nafarga yetgan. Ulardan 269 nafari sog‘aygan, 4…
15:59 / 27.09.2025

														
														Yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

“O‘zgidromet” 29–30-sentyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:15 / 27.09.2025

														
														Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Samarqand — Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha “Afrosiyob” qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Shuningdek, 3-oktyabrdan boshlab qo‘shimcha qatnovlar muntazam tarzda haftasiga uch marta — chorshanba, juma va shanba kunla…
15:05 / 27.09.2025

														
														Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan firma rahbari ushlandi

Samarqandda fuqarolarni Meksika orqali AQShga jo‘natmoqchi bo‘lgan firma rahbari ushlandi

U 3 nafar talabgordan jami 96 ming dollar talab qilgan.
14:23 / 27.09.2025

														
														Surxondaryoda Damas 3 kishini bosib ketdi

Surxondaryoda Damas 3 kishini bosib ketdi

Holat yuzasidan viloyat IIB YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
12:44 / 27.09.2025

														
														O‘zbekiston eksportidagi TOP-10 davlat ma’lum qilindi

O‘zbekiston eksportidagi TOP-10 davlat ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi…
10:41 / 27.09.2025

														
														Toshkent viloyatida yuk mashinasi ko‘prikka urildi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi ko‘prikka urildi

Shuningdek, holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:38 / 27.09.2025

														
														Farg‘onada tez yordam mashinasi YTHga uchradi

Farg‘onada tez yordam mashinasi YTHga uchradi

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tez tibbiy yordam shifokori va feldsheri yengil tan jarohat olib, zarur tibbiy yordam ko‘r…
09:26 / 27.09.2025

Bu ham qiziq

Usmon Dembele kimdan ilhom olgan?

Usmon Dembele kimdan ilhom olgan?

“Ularning gol urish qobiliyati va samaradorligidan o‘rganadigan juda ko‘p jihatlar bor” — deya qo‘shimcha qildi u.
17:46 / 27.09.2025
Suriya sudi sobiq prezident Bashar Asadni hibsga olish uchun order berdi

Suriya sudi sobiq prezident Bashar Asadni hibsga olish uchun order berdi

Sudyaning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror “xalqaro ta’qiblar yo‘lini ochadi”.
16:37 / 27.09.2025
O‘zbekiston oltin eksporti bo‘yicha rekordni yangiladi

O‘zbekiston oltin eksporti bo‘yicha rekordni yangiladi

2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekiston jami 22,98 milliard dollarlik eksport amalga oshirdi.
10:09 / 26.09.2025
Kriptomillionerlar soni keskin oshdi

Kriptomillionerlar soni keskin oshdi

Kriptoboylarning 60 foizi bitkoin orqali millionerga aylangan, 450 kishi esa 100 mln dollardan ortiq bitkoinga ega.
16:41 / 26.09.2025
O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi bo‘yicha hujjatlar imzolandi

O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi bo‘yicha hujjatlar imzolandi

Moskvada Jahon atom haftaligi davom etmoqda. Tadbir doirasida ikkita strategik muhim bitimlar imzolandi.
15:48 / 26.09.2025
Rossiyada 360 ta benzin “zapravka”lari yopildi

Rossiyada 360 ta benzin “zapravka”lari yopildi

Hukumat benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni 2025-yilning oxirigacha uzaytirdi
16:34 / 26.09.2025
Yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

Yangi hafta boshida qanday ob-havo kutilmoqda?

“O‘zgidromet” 29–30-sentyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
15:15 / 27.09.2025
Toshkent viloyatida yuk mashinasi ko‘prikka urildi

Toshkent viloyatida yuk mashinasi ko‘prikka urildi

Shuningdek, holat yuzasidan Zangiota tumani IIB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
09:38 / 27.09.2025
“NIKA FARM’’ MChJga reklama qonunchiligini buzgani uchun jarima solindi

“NIKA FARM’’ MChJga reklama qonunchiligini buzgani uchun jarima solindi

Shuningdek, bunday qonunbuzilishlarni takrorlamaslik bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
09:48 / 26.09.2025
Fabio Kannavaro ham O‘zbekistonga “yo‘q” dedi

Fabio Kannavaro ham O‘zbekistonga “yo‘q” dedi

Bu haqda Championat.asia xabar bermoqda.
11:40 / 27.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!