$
12067.76 UZS
-70.91
145.64 UZS
0.28
14141.00 UZS
-35.75
31° Kechasi 18°

Netanyaxuning BMTdagi nutqida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmagan

15:22 / 28.09.2025

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxuning BMT Bosh Assambleyasidagi chiqishi ko‘plab davlat vakillari tomonidan salbiy qabul qilindi. Ynet nashri nutq boshlanishidan avval zalni ommaviy tark etgan yoki umuman qatnashmagan davlatlarni sanab chiqdi.

Nashrning Isroil rasmiylariga tayanib xabar berishicha, 77 ta delegatsiya zalni nutq boshlanishidan oldin tark etgan yoki umuman qatnashmagan. Ushbu delegatsiyalar ichida O‘zbekiston ham bor.

Misr, Iordaniya, Livan va Suriya, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Eron kabi Isroilga mintaqadosh davlatlar ham Netanyaxu nutqini boykot qilgan. Ammo Bahrayn va BAA vakillari, G‘azodagi voqealar sabab munosabatlar taranglashgan bo‘lsa-da, o‘z o‘rinlarini tark etmagan va Netanyaxuni tinglashgan. Isroil rasmiylari buni har ikki davlat Tel-Aviv bilan rasman diplomatik munosabatlarga egaligi bilan izohlagan.

Netanyaxu minbarga chiqqan vaqti bo‘shab qolgan zal suratlari xalqaro darajada muhokamalarga sabab bo‘ldi. Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy ushbu holatga to‘xtalib, Isroilni “eng nafratlanilgan va eng yakkalangan rejim” deb atadi.

“Kecha o‘sha qotil Netanyaxu BMT minbarida turib, bo‘sh o‘rinlarga qarab nutq so‘zladi. Zulm ostidagilarning dod-faryodi erta yo kech sizni quvib yetadi”, – degan Rajab Toyyib Erdo‘g‘an.

Netanyaxu so‘zga chiqqan vaqti zalni tark etgan yoki umuman qatnashmagan 77 davlat orasida Ispaniya, Braziliya, JAR, Irlandiya, Malayziya, Indoneziya, Janubiy Koreya, Quvayt, Qatar, Ummon, shuningdek Lotin Amerikasi, Afrika hamda Tinch okeani mintaqasidagi bir qator mamlakatlar ham bor.


Siyosat


														
														Oq uy G‘azo bo‘yicha yangi rejani taklif qildi

Oq uy G‘azo bo‘yicha yangi rejani taklif qildi

Oq uyning ta’kidlashicha, Tramp ilgari surgan taklifda Isroil G‘azo sektorini bosib olmasligi va hududni anneksiya qilmaslig…
11:29 / 30.09.2025

														
														Netanyaxu Qatardan uzr so‘radi

Netanyaxu Qatardan uzr so‘radi

Bu haqda Axios xabar berdi.
09:24 / 30.09.2025

														
														12 davlat Falastinni barqarorlashtirish uchun qo‘llab-quvvatlaydi

12 davlat Falastinni barqarorlashtirish uchun qo‘llab-quvvatlaydi

Bugunga qadar 150 dan ortiq davlat Falastin davlatini rasman tan olgan.
16:41 / 29.09.2025

														
														Netanyaxuning BMTdagi nutqida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmagan

Netanyaxuning BMTdagi nutqida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmagan

Ynet nashri nutq boshlanishidan avval zalni ommaviy tark etgan yoki umuman qatnashmagan davlatlarni sanab chiqdi.
15:22 / 28.09.2025

														
														Netanyaxuning BMTdagi nutqi hushtakbozlikka uchragan

Netanyaxuning BMTdagi nutqi hushtakbozlikka uchragan

Bu voqea xalqaro maydonda keng rezonans uyg‘otdi va Isroilning G‘azo bo‘yicha siyosati yana bir bor muhokama markaziga chiqd…
21:56 / 26.09.2025

														
														Donald Tramp Vashingtonda o‘lim jazosini tikladi

Donald Tramp Vashingtonda o‘lim jazosini tikladi

Trampga ko‘ra, o‘lim jazosi — qotilliklarni to‘xtatishda samarali chora, va bu jazo qotillik sodir etgan har bir shaxsga qo‘…
14:24 / 26.09.2025

														
														Isroil Yamanga yana zarba berdi

Isroil Yamanga yana zarba berdi

Husiylar esa bu hujumni “Tinch aholiga qarshi agressiya” sifatida baholadi va uni inson huquqlariga zid harakat deb atadi.
11:08 / 26.09.2025

														
														Italiya Falastinni tan olish uchun shart qo‘ydi

Italiya Falastinni tan olish uchun shart qo‘ydi

Italiya Falastinni davlat sifatida tan olish uchun ikkita shart qo‘ydi. Mamlakat bosh vaziri Jorja Meloni tegishli BMT Bosh …
16:50 / 24.09.2025

														
														“Tramp Nobel tinchlik mukofotiga munosib” – Mirziyoyev

“Tramp Nobel tinchlik mukofotiga munosib” – Mirziyoyev

Shuningdek, Mirziyoyev Trampni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.
14:35 / 24.09.2025

														
														Indoneziya Prezidenti G‘azoga 20 ming nafar harbiy jo‘natishga tayyorligini aytdi

Indoneziya Prezidenti G‘azoga 20 ming nafar harbiy jo‘natishga tayyorligini aytdi

Bu haqda Indoneziya Prezidenti Prabovo Subianto BMT Bosh Assambleyasidagi nutqida ma’lum qildi.
13:06 / 24.09.2025

Bu ham qiziq

YouTube Trampning akkauntini bloklagan sabab 24,5 mln dollar to‘laydi

YouTube Trampning akkauntini bloklagan sabab 24,5 mln dollar to‘laydi

“Videohosting AQSh prezidenti Donald Trampning 2021-yilda vaqtincha bloklangan akkaunti bilan bog‘liq sud da’vosini hal qili…
15:19 / 30.09.2025
Toshkentda BYD va Lixiang L9 to‘qnashib ketdi

Toshkentda BYD va Lixiang L9 to‘qnashib ketdi

YTH natijasida Lixiang L9 haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
12:56 / 30.09.2025
Oq uy G‘azo bo‘yicha yangi rejani taklif qildi

Oq uy G‘azo bo‘yicha yangi rejani taklif qildi

Oq uyning ta’kidlashicha, Tramp ilgari surgan taklifda Isroil G‘azo sektorini bosib olmasligi va hududni anneksiya qilmaslig…
11:29 / 30.09.2025
Qozog‘istonda qor yog‘di

Qozog‘istonda qor yog‘di

“Birinchi qorning suratlari hudud aholisi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda baham ko‘rilmoqda”, – deya xabar bermoqda Kazinform.
09:21 / 29.09.2025
Isroil “Hizbulloh” nishoniga zarba berdi

Isroil “Hizbulloh” nishoniga zarba berdi

Isroil harbiylari Livan hududiga navbatdagi zarbalarni berdi.
08:32 / 29.09.2025
Xitoy sudi Ming mafiyasi a’zolarini o‘limga hukm qildi

Xitoy sudi Ming mafiyasi a’zolarini o‘limga hukm qildi

Ular boshqargan kazinolar orqali milliardlab dollar noqonuniy daromad olingan.
13:37 / 30.09.2025
O‘zbekistonda 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekistonda 1-oktyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Moped va skuter boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasi talab qilina boshlaydi.
11:33 / 30.09.2025
Netanyaxu Qatardan uzr so‘radi

Netanyaxu Qatardan uzr so‘radi

Bu haqda Axios xabar berdi.
09:24 / 30.09.2025
Pokistonda 5 nafar farzandi bilan mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Pokistonda 5 nafar farzandi bilan mushkul ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

“Mamlakatimizning elchixonasi ko‘magida Pokistonda mushkul ahvolda qolgan hamyurtimiz K.I. va uning 5 nafar farzandi O‘zbeki…
08:39 / 30.09.2025
O‘zbekistonga Qozog‘istondan salqin va nam havo kirib keladi

O‘zbekistonga Qozog‘istondan salqin va nam havo kirib keladi

“O‘zgidromet” oktyabr oyi ilk kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:52 / 29.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!