$
12060.48 UZS
-39.24
146.97 UZS
-1.93
14156.59 UZS
-66.63
31° Kechasi 18°

“0%”, “bepul”, “barchaga mos” kabi chalg‘ituvchi iboralar taqiqlanadi

14:32 / 04.10.2025

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasi nasiya savdo bozori ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi Axloq kodeksi loyihasi jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.

Loyiha asosida FinTex Assotsiatsiyasi orqali “Ishonch belgisi” tizimi joriy etiladi. Ushbu belgi nasiya xizmatlari qonunga muvofiq va shaffof yo‘lga qo‘yilganini anglatadi. Bu orqali mijozlar tashkilotlarning ishonchliligini osonroq aniqlay oladi.

Shartnomalarga oid talablarga ko‘ra, har bir tashkilot rasmiy veb-saytida mahsulot turlari, to‘lov tartibi, komissiya va jarimalar haqida to‘liq ma’lumot berishi shart. Mijozlar shartnoma tuzishdan oldin yillik foiz (APR), umumiy to‘lov miqdori va kechiktirish oqibatlari to‘g‘risida xabardor qilinadi. Shuningdek, reklamada “0%”, “bepul”, “barchaga mos” kabi chalg‘ituvchi iboralar taqiqlanadi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, nasiya faqat 18 yoshdan oshgan fuqarolarga beriladi. Ilk limit 2 mln so‘m etib belgilangan. Agar mijoz limitni oshirishni istasa, uning qarz yuki 50 foizdan ziyod bo‘lmasligi kerak. Barcha foiz va yig‘imlar yiliga qarz summasining yarmidan oshmasligi belgilangan.

Qarzdorlikni undirishda tahdid yoki bosim o‘tkazish kabi noqonuniy usullar man etiladi. Shu bilan birga, firibgarlikka qarshi biometrik ro‘yxatdan o‘tkazish, axborot va kiberxavfsizlik bo‘limlari tashkil etish nazarda tutilgan. Kredit byurolari bilan ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yiladi.

Biroq iqtisodchi Otabek Bakirovning fikricha, bu talab amalda bozordagi nazoratni xususiy nodavlat tashkilot qo‘liga topshirishi mumkin.

“Kodeks bilan nasiya savdo tashkilotlari uchun Ishonch belgisi olish talablari qo‘yilmoqda. Lekin Ishonch belgisini olish FinTex assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lish majburiyati bilan bog‘lanmoqda (shu joyi juda bahsli va ancha e’tirozli). Nima uchun nasiya savdochilar Ishonch belgisiga ega bo‘lishi uchun FinTex assotsiatsiyasiga a’zosi bo‘lishi talabi (a’zolik uchun 12 mln.so‘m yoki 1 200 dollar to‘lash kerak va xulosalarni ham ayni shu NTTga topshirilishi tushunarsiz. Buyam yetmagandek FinTex assotsiatsiyasi insofsiz bozor ishtirokchilar reyestrini yuritadi” — deydi Bakirov.

Uning sayti hozircha faqat rus tilida faoliyat yuritmoqda va unda bor-yo‘g‘i to‘rtta a’zo mavjud, ulardan ikkitasi Uzcard va Uzinfocom.

Ekspertga ko‘ra, bunday mexanizm raqobat tamoyillariga zid bo‘lib, nasiya savdo bozorida sun’iy konsentratsiyaga olib kelishi mumkin. Agar nazorat xususiy tashkilot qo‘liga o‘tkazilsa, u qonunsiz regulyatorga aylanishi ehtimoli bor.

Bakirov taklif qilinayotgan kodeks matni to‘liq shaklda e’lon qilinmaganini ham tanqid qildi. Uningcha, agar FinTex Assotsiatsiyasiga majburiy a’zo bo‘lish talabi olib tashlansa, hujjat maqsadga muvofiq qabul qilinishi mumkin.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, kodeks bo‘yicha taklif va e’tirozlar jamoatchilikdan qabul qilinmoqda.


O‘zbekiston


														
														Bojxona qo‘mitasi iPhone 17 olib kirish tartibini tushuntirdi

Bojxona qo‘mitasi iPhone 17 olib kirish tartibini tushuntirdi

O‘zbekiston Davlat bojxona qo‘mitasi yangi iPhone 17 modellarini mamlakatga olib kirish tartibi haqida ma’lumot berdi.
18:30 / 06.10.2025

														
														7-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 7-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
17:58 / 06.10.2025

														
														Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan …
16:33 / 06.10.2025

														
														Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasining bir qismi 1-noyabrgacha yopildi

Poytaxtdagi Maxtumquli ko‘chasining bir qismi 1-noyabrgacha yopildi

Bu haqda Yashnobod tuman hokimligi xabar berdi.
15:20 / 06.10.2025

														
														“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Qo‘shrabot tumanida ilk bor tashkil etilgan “Mayiz sayli” festivalida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz B…
11:46 / 06.10.2025

														
														Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida sezildi

Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
08:12 / 06.10.2025

														
														Ertadan Toshkentning 5 ta tumanida issiq suv taʼminotida uzilishlar boʻladi

Ertadan Toshkentning 5 ta tumanida issiq suv taʼminotida uzilishlar boʻladi

Xabarda aytilishicha, ushbu ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash uchun zarur.
21:07 / 05.10.2025

														
														Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

Prezident Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan …
19:12 / 05.10.2025

														
														“Etihad Airways” O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi

“Etihad Airways” O‘zbekistonga parvozlar uchun ruxsat oldi

Bu haqda “O‘zaviatsiya” agentligi rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
16:46 / 05.10.2025

														
														Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda esa hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda esa hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda hokim o‘rinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman bo‘limi mutaxassisiga nisbata…
14:28 / 05.10.2025

Bu ham qiziq

Xitoyga “Matmo” tayfuni yopirildi

Xitoyga “Matmo” tayfuni yopirildi

Shu paytgacha 144 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilingan, ulardan 114 ming nafari allaqachon xavfsiz joylarga joylashtirilg…
16:06 / 05.10.2025
Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda esa hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Sirdaryoda hokim o‘rinbosari, Navoiyda esa hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

Hozirda hokim o‘rinbosari hamda viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasining tuman bo‘limi mutaxassisiga nisbata…
14:28 / 05.10.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida sezildi

Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi xabar berdi.
08:12 / 06.10.2025
“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Qo‘shrabot tumanida ilk bor tashkil etilgan “Mayiz sayli” festivalida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz B…
11:46 / 06.10.2025
Navoiyda 104 mlrd so‘mlik noqonuniy kriptoaylanma fosh qilindi

Navoiyda 104 mlrd so‘mlik noqonuniy kriptoaylanma fosh qilindi

Navoiy viloyatida noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi fosh etildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Operativ-qidiruv…
11:10 / 05.10.2025
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti topshirildi

2025-yilgi Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti Meri Brunkow, Fred Ramsdell va Shimon Sakaguchiga topshirildi.
17:53 / 06.10.2025
Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

Mirziyoyev Ozarbayjonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan …
16:33 / 06.10.2025
Erdo‘g‘an Istanbul aholisiga tabrik yo‘lladi

Erdo‘g‘an Istanbul aholisiga tabrik yo‘lladi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an shaharni dushman istilosidan ozod qilinganining 102 yilligi munosabati bilan Istan…
18:17 / 06.10.2025
Ertadan Toshkentning 5 ta tumanida issiq suv taʼminotida uzilishlar boʻladi

Ertadan Toshkentning 5 ta tumanida issiq suv taʼminotida uzilishlar boʻladi

Xabarda aytilishicha, ushbu ishlar tizimni qishki mavsumga tayyorlash uchun zarur.
21:07 / 05.10.2025
Rasman Fabio Kannavaro O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi etib tayinlandi

Rasman Fabio Kannavaro O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi etib tayinlandi

Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
16:24 / 06.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!