$
12038.68 UZS
15.78
146.62 UZS
1.87
14044.32 UZS
18.4
31° Kechasi 18°

“Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

11:46 / 06.10.2025

Qo‘shrabot tumanida ilk bor tashkil etilgan “Mayiz sayli” festivalida Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev, qator vazirlik va idoralar vakillari, mahalliy va xorijiy mehmonlar, OAV va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmalari, mayizchilikka bag‘ishlangan anjuman va konferensiyalar tashkil etildi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Adiz Boboyev Samarqand mayizining nufuzi, xalqimizning bog‘dorchilik an’analari, hosildor uzum navlarini ko‘paytirish va tokzorlarning sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili Samarqand viloyati bog‘bonlari 663 ming tonna uzum yetishtirgan bo‘lsa, joriy yil bu ko‘rsatkich 700 ming tonnaga yetishi kutilmoqda. Yilning birinchi yarmida esa 2 ming tonna uzum va 34,2 ming tonna mayiz mahsuloti eksport qilingan.

Hozir Qo‘shrabot tumanidagi dehqon va tomorqa xo‘jaliklari 7 ming gektardan ortiq yer maydonida uzum yetishtirmoqda. Bu tokzorlardan har yili 50–55 ming tonna hosil olinadi va uning katta qismi mayizga aylantiriladi.

“Mayiz sayli”da Adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etib, viloyat rahbari Adiz Boboyevga “Samarqand mayizi” geografik ko‘rsatkichi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani haqidagi hujjatni hamda Qo‘shrabot tumani hokimiga “Qo‘shrabot mayizi” tovar belgisi rasman ro‘yxatdan o‘tgani haqidagi guvohnomani topshirdi.

Shuningdek, festivalda faol ishtirok etgan tumanlar fermer va dehqonlari, tomorqa xo‘jaliklari vakillariga viloyat hokimligi tomonidan turli nominatsiyalar bo‘yicha tashakkurnomalar taqdim etildi.

Avvalroq davlat reyestriga “Samarqand noni”, “Samarqand no‘xatsho‘ragi” va “Samarqand qog‘ozi” kabi geografik ko‘rsatkichlar ham kiritilgan edi.


O‘zbekiston


														
														9-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 9 oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bul…
18:17 / 08.10.2025

														
														Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oy muddatga qamaldi

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oy muddatga qamaldi

Bugun, 8-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilga…
18:10 / 08.10.2025

														
														Meta O‘zbekistonda vakolatxona ochishi mumkin

Meta O‘zbekistonda vakolatxona ochishi mumkin

Meta va ILMA o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
15:10 / 08.10.2025

														
														Toshkent viloyatida prokuratura organlari xodimlari pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida prokuratura organlari xodimlari pora bilan ushlandi

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat…
14:38 / 08.10.2025

														
														Toshkentda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi 3 kunga yopilmoqda

Toshkentda Al-Xorazmiy ko‘chasining bir qismi 3 kunga yopilmoqda

“Yo‘nalishlaringizni rejalashtirish chog‘ida ushbu holatni inobatga olishingizni va muqobil harakat yo‘nalishlaridan foydala…
12:47 / 08.10.2025

														
														Surxondaryoda qandolat sexi 1 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi

Surxondaryoda qandolat sexi 1 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 17 million so‘mlik zara…
12:30 / 08.10.2025

														
														Farg‘onada maktab direktorini yechintirib, tahqirlagan IIB xodimlari ishi nazoratga olindi

Farg‘onada maktab direktorini yechintirib, tahqirlagan IIB xodimlari ishi nazoratga olindi

Ushbu material yuzasidan Senat hamda Farg‘ona viloyati IIB munosabat bildirib, holat nazoratga olinganini xabar berdi.
11:07 / 08.10.2025

														
														Bugun Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi

Bugun Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi

Bugun soat 16:00 da Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha navbatdagi…
10:58 / 08.10.2025

														
														Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida sezildi

Afg‘onistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekiston hududida sezildi

Bugun, 7-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 16:35 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring…
17:01 / 07.10.2025

														
														8-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan…
16:32 / 07.10.2025

Bu ham qiziq

Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarga harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif qildi

Ilhom Aliyev Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlarga harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazishni taklif qildi

Ozarbayjon prezidenti turkiy davlatlar bir vaqtning o‘zida bir nechta sohalarda, jumladan, harbiy va mudofaa sohalarida keng…
08:23 / 08.10.2025
8-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

8-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan…
16:32 / 07.10.2025
Farg‘onada maktab direktorini yechintirib, tahqirlagan IIB xodimlari ishi nazoratga olindi

Farg‘onada maktab direktorini yechintirib, tahqirlagan IIB xodimlari ishi nazoratga olindi

Ushbu material yuzasidan Senat hamda Farg‘ona viloyati IIB munosabat bildirib, holat nazoratga olinganini xabar berdi.
11:07 / 08.10.2025
Meta O‘zbekistonda vakolatxona ochishi mumkin

Meta O‘zbekistonda vakolatxona ochishi mumkin

Meta va ILMA o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
15:10 / 08.10.2025
O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy qilinadi

O‘zbekistonda xorijliklar uchun maxsus soliq rejimi joriy qilinadi

“Chet el fuqarolari uchun maxsus soliq rejimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
11:30 / 07.10.2025
ATTO kompaniyasi kartalardan mablag‘ yechib olish holatiga izoh berdi

ATTO kompaniyasi kartalardan mablag‘ yechib olish holatiga izoh berdi

ATTO kompaniyasi bu holatga rasmiy bayonot berdi.
15:48 / 08.10.2025
“Fransiyada prezident yo‘q” — Medvedev

“Fransiyada prezident yo‘q” — Medvedev

Yangi hukumat atigi 14 soat faoliyat yuritgan.
11:56 / 07.10.2025
O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi

O‘zbekistonning Turkiy davlatlar tashkilotidagi ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi

Kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan mamlakatga yetib bor…
13:03 / 07.10.2025
Saudiya Arabistonida maoshini ololmayotgan 19 nafar o‘zbekistonlikka yordam berildi

Saudiya Arabistonida maoshini ololmayotgan 19 nafar o‘zbekistonlikka yordam berildi

Holat O‘zbekiston Bosh konsulxonasi tomonidan to‘liq nazoratga olingani qo‘shimcha qilindi.
22:22 / 07.10.2025
Toshkentda o‘zini “Bo‘zsuv”ga tashlagan ayol qutqarib qolindi

Toshkentda o‘zini “Bo‘zsuv”ga tashlagan ayol qutqarib qolindi

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, mazkur fuqaro Toshkent shahrida yashovchi K.K. ekanligi aniqlangan. Hozirgi paytda K.K. shif…
12:32 / 07.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!