$
12123.38 UZS
51.35
149.19 UZS
1.18
14094.64 UZS
77.81
31° Kechasi 18°

Toshkentda soxta DXX xodimi 3,5 yilga qamaldi

10:23 / 07.10.2025

Toshkent shahrida o‘zini Prezident administratsiyasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimi sifatida tanishtirib yurgan shaxsga hukm o‘qildi. Bu haqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, poytaxtning Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasidagi tezkor tadbirda YPX xodimlari tomonidan fuqaro Javohir Orifjonov boshqaruvidagi Lacetti to‘xtatilgan. Hujjatlarni tekshirish jarayonida haydovchi o‘zini DXX xodimi ekanini aytib, yo‘l-patrul xizmati inspektorlariga DXXga tegishli bo‘lgan guvohnoma ko‘rsatgan.

Shuningdek, Orifjonov uni qo‘yib yuborishlarini iltimos qilib, go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi rahbar tanishiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ushbu shaxs YHX boshqarmasi xodimiga uni qo‘yib yuborish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.

Ammo huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o‘zini shubhali tuta boshlagan shaxsning ma’lumotlarini tekshirib ko‘rgan. Natijada fuqaro ko‘rsatgan xizmat guvohnomasi qalbaki ekani, DXXga umuman aloqasi yo‘qligi ma’lum bo‘lgan. Gumonlanuvchi shu joyning o‘zida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida Javohir Orifjonovning qator boshqa ishlari ham oshkor bo‘lgan. U, odatda, o‘zini prezident administratsiyasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimi sifatida tanishtirgan hamda soxta mansabdor shaxs sifatida shaxsiy masalalarini hal qilib kelgan. Bunda u oldindan tayyorlab olgan soxta guvohnomalardan foydalangan.

“Men o‘zimni prezident administratsiyasida ishlovchi Alisher aka Sulaymonov deb tanishtirganman. Undan keyin o‘zim yana qaytib chiqib, o‘sha kishining jiyani bo‘laman, iltimos, ozgina yordamingiz kerak, deb o‘zimning ishlarim tezroq hal bo‘lishi uchun yordam so‘raganman. Judayam noto‘g‘ri bu, kechiringlar meni”, — deydi 33 yoshli Orifjonov.

Sud hukmi bilan Javohir Orifjonov Jinoyat kodeksining 228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a”, “b” bandlari va 228-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga uzil-kesil 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Jazoni manzil koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Toshkent shahri IIBB Javohir Orifjonovning jinoyatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan yaqin oradagi ishchi ishlar organlariga yoki 102 raqamiga xabar berishlarini so‘ragan.


O‘zbekiston


														
														Yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq til o‘rganish uchun subsidiya ajratiladi

Yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq til o‘rganish uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan “Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish …
16:40 / 09.10.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib bordi

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Da…
15:58 / 09.10.2025

														
														Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqand viloyatida xorijiy tog‘-kon  korxonasi tomonidan tabiatga 7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekol…
15:35 / 09.10.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoa…
15:05 / 09.10.2025

														
														10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
14:39 / 09.10.2025

														
														Toshkent viloyatida hokimlik xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida hokimlik xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
14:28 / 09.10.2025

														
														O‘zbekistonda qishloq aholisining necha foiz internetdan foydalanadi?

O‘zbekistonda qishloq aholisining necha foiz internetdan foydalanadi?

Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yanvar-avgust oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga…
12:59 / 09.10.2025

														
														Navoiyda er xotinini alimentdan voz kechmagani uchun mashinada urib ketdi

Navoiyda er xotinini alimentdan voz kechmagani uchun mashinada urib ketdi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida erkak ajrashish uchun ariza bergan va alimentdan voz kechmagan turmush o‘rtog‘ini Damas a…
12:51 / 09.10.2025

														
														O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 5 milliard dollarga yaqin qiymatda oshdi. Bu haqda Markaziy bank e’…
11:30 / 09.10.2025

														
														Turkiyadan 13 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Turkiyadan 13 yoshli o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Kecha, 2025-yil 8-oktyabr kuni soat 20:35 da Farg‘ona xalqaro aeroportiga Turkiya Respublikasining Istanbul shahridan uchib …
10:15 / 09.10.2025

Bu ham qiziq

Bugun Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi

Bugun Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tadi

Bugun soat 16:00 da Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumani sudida Mubashshir Ahmad ishi bo‘yicha navbatdagi…
10:58 / 08.10.2025
Toshkent va Surxondaryoda advokatlar pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent va Surxondaryoda advokatlar pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi q…
09:00 / 09.10.2025
O‘zbekistonda qishloq aholisining necha foiz internetdan foydalanadi?

O‘zbekistonda qishloq aholisining necha foiz internetdan foydalanadi?

Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yanvar-avgust oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga…
12:59 / 09.10.2025
Surxondaryoda terimchi ayollarni olib ketayotgan Labo YTHga uchradi

Surxondaryoda terimchi ayollarni olib ketayotgan Labo YTHga uchradi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
14:26 / 09.10.2025
Toshkent viloyatida prokuratura organlari xodimlari pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida prokuratura organlari xodimlari pora bilan ushlandi

Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat…
14:38 / 08.10.2025
Toshkent viloyatida hokimlik xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida hokimlik xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
14:28 / 09.10.2025
Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqand viloyatida xorijiy tog‘-kon  korxonasi tomonidan tabiatga 7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekol…
15:35 / 09.10.2025
Meta O‘zbekistonda vakolatxona ochishi mumkin

Meta O‘zbekistonda vakolatxona ochishi mumkin

Meta va ILMA o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdi.
15:10 / 08.10.2025
Surxondaryoda qandolat sexi 1 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi

Surxondaryoda qandolat sexi 1 mlrd so‘mlik gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 17 million so‘mlik zara…
12:30 / 08.10.2025
Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oy muddatga qamaldi

Mubashshir Ahmad 2 yil 6 oy muddatga qamaldi

Bugun, 8-oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida jamoatchilik orasida Mubashshir Ahmad nomi bilan tanilga…
18:10 / 08.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!