Ijtimoiy tarmoqlarda fuqarolarning bank kartalaridan metro uchun mablag‘ yechib olinayotgani haqida xabarlar tarqaldi. ATTO kompaniyasi bu holatga rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, 16–30-sentyabr kunlari Toshkent metropolitenining “Buyuk Ipak yo‘li” bekatidagi to‘lov qurilmalaridagi texnik muammolar tufayli o‘sha paytda amalga oshirilgan to‘lovlar o‘z vaqtida qayta ishlanmagan. Hozirgi paytda aynan shu davrdagi haqiqiy safarlar uchun mo‘ljallangan mablag‘lar kartalardan yechib olinmoqda.
Kompaniya ortiqcha mablag‘ yechib olinmayotganini va to‘lovlar faqat amalga oshirilgan safarlar uchun ushlab qolinayotganini ta’kidladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!