$
12123.38 UZS
51.35
149.19 UZS
1.18
14094.64 UZS
77.81
31° Kechasi 18°

Navoiyda er xotinini alimentdan voz kechmagani uchun mashinada urib ketdi

12:51 / 09.10.2025

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida erkak ajrashish uchun ariza bergan va alimentdan voz kechmagan turmush o‘rtog‘ini Damas avtomashinasida urib ketdi. Bu haqda fuqarolik ishlari bo‘yicha viloyat sudi qaroriga tayanib Nemolchi.uz loyihasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi Zamira uzoq yillar davomida turmush o‘rtog‘i Shahriyor tomonidan muntazam ravishda kaltaklab kelingan va natijada ayol ajrashish qarorini qabul qilishga majbur bo‘lgan.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudi 12-avgust kuni ajrashish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqib, er-xotinga uch oy muddat bergan. Sud qarori bilan erkak to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandi uchun aliment to‘lashga majbur qilingan.

13-avgust kuni Shahriyor Zamiraga qo‘ng‘iroq qilib, alimentdan voz kechishini talab qilgan, aks holda “yaxshilik kutmasligi kerakligi”ni aytib tahdid qilgan.

“14-avgust kuni ertalab Shahriyor Damas avtomashinasini uyidan haydab chiqib, yo‘l chetida ketayotgan Zamirani urib yuborgan. Oqibatda Zamira og‘ir jarohat olib, belidan past qismi falaj bo‘lib qolgan, umurtqasi sinib, asab tomirlari shikastlangan. Bugungi kungacha u shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda. Yaqinlari uning davolanishi uchun katta miqdorda pul sarflab, qarzga kirgan. Zamiraning jarrohlik amaliyoti Toshkentda o‘tkazishi rejalashtirilgan, biroq uning oilasida hozirda mablag‘ yetishmayapti”, – deyiladi xabarda.

Ayolning yaqinlari Nemolchi.uz muxbiriga aytishicha, halokatga sababchi bo‘lgan shaxs davolanishga yordam berishdan bosh tortmoqda. Unga Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, tergov dastlab voqeani qasddan urib ketish va qochib ketish deb hisoblamagan, yengilroq ayblovni tanlagan (uch yilgacha qamoq jazosi). Shuningdek, erkak hibsga olinmagan va Zamiraga yozishda davom etib, “yaxshi narsa bo‘lmaydi”, – deya tahdidini davom ettirmoqda.

“Bu holat O‘zbekistonda ayollarni himoya qilish tizimi haqida ko‘plab savollar tug‘diradi. Nega ayollar oiladagi zo‘ravonlikdan qochishga urinib, hayotlarini xavf ostiga qo‘yishga majbur? Nega Shahriyorga o‘xshagan erkaklar aliment to‘lamaslik uchun o‘ldirishga tayyor bo‘ladigan darajada mas’uliyatsiz va jazosiz? Nega voqea xronologiyasi va aniq sababga qaramay, tergovchilar urib qochishni uning xotinini o‘ldirishga urinish sifatida ko‘rmasdan baxtsiz hodisa deb hisoblamoqda? Nega ayol va uning yaqinlari qo‘rquvda va yordamsiz yashashlari kerak?” – deya yozmoqda Nemolchi.uz.

 


O‘zbekiston


														
														Sankt-Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Sankt-Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

“Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan olti nafar voyaga…
16:25 / 11.10.2025

														
														Jizzaxdagi AES maydoniga temir yo‘l tortiladi

Jizzaxdagi AES maydoniga temir yo‘l tortiladi

Bu haqda 6-oktyabr kuni o‘tkazilgan press-turda AES qurilishi direksiyasi rahbari Abdujamil Kalmuratov ma’lum qildi.
16:13 / 11.10.2025

														
														Buxoroda Matiz kanalga tushib ketdi

Buxoroda Matiz kanalga tushib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
15:36 / 11.10.2025

														
														12-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib…
15:11 / 11.10.2025

														
														O‘zbekistonning pulli yo‘llarida 150 km/soat tezlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonning pulli yo‘llarida 150 km/soat tezlikka ruxsat beriladi

Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bosh yuriskonsulti Hasan Umarov ma’lum qildi.
15:01 / 11.10.2025

														
														Farg‘onada “zapravka” 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Farg‘onada “zapravka” 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 944 mln so‘mlik zarar yetka…
13:15 / 11.10.2025

														
														O‘zbekistonda yangi ish haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda yangi ish haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 13–16-oktyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:53 / 11.10.2025

														
														Bolalar ombudsmani Jizzaxda bolalar zaharlanishi bilan bog‘liq holatni o‘rgandi

Bolalar ombudsmani Jizzaxda bolalar zaharlanishi bilan bog‘liq holatni o‘rgandi

Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati ma’lum qildi.
10:18 / 11.10.2025

														
														Andijonda hokim o‘rinbosari 15 000 dollar pora bilan ushlandi

Andijonda hokim o‘rinbosari 15 000 dollar pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hoki…
08:24 / 11.10.2025

														
														11-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
08:10 / 11.10.2025

Bu ham qiziq

Navbat Jizzaxga. Forishda 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Navbat Jizzaxga. Forishda 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi…
10:59 / 10.10.2025
Tinchlik bo‘yicha Nobel sovrindori o‘z mukofotini Trampga bag‘ishladi

Tinchlik bo‘yicha Nobel sovrindori o‘z mukofotini Trampga bag‘ishladi

Ushbu postni Donald Tramp ham garchi hech qanday izohsiz bo‘lsa-da, o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida q…
11:03 / 11.10.2025
Yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq til o‘rganish uchun subsidiya ajratiladi

Yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq til o‘rganish uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan “Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish …
16:40 / 09.10.2025
Tojikiston Putinni hibsga olish haqidagi XJS orderini ijro etmadi

Tojikiston Putinni hibsga olish haqidagi XJS orderini ijro etmadi

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar xizmati matbuot kotibi Anitta Hipper bu harakat uchun Dushanbeni tanqid qildi.
14:39 / 11.10.2025
12-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib…
15:11 / 11.10.2025
“Men negativlarga e’tibor bermayman” – Fabio Kannavaro

“Men negativlarga e’tibor bermayman” – Fabio Kannavaro

O‘zbekiston va Quvayt o‘yinidan so‘ng Fabio Kannavaro matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.
13:23 / 10.10.2025
O‘zbekistonning pulli yo‘llarida 150 km/soat tezlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonning pulli yo‘llarida 150 km/soat tezlikka ruxsat beriladi

Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bosh yuriskonsulti Hasan Umarov ma’lum qildi.
15:01 / 11.10.2025
O‘zbekistonda yangi asfalt yaratildi

O‘zbekistonda yangi asfalt yaratildi

Bu loyiha orqali polietilen va boshqa plastik chiqindilar qayta ishlanib, asfalt tarkibiga qo‘shiladi.
16:20 / 10.10.2025
Sankt-Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Sankt-Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

“Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan olti nafar voyaga…
16:25 / 11.10.2025
Jizzaxdagi AES maydoniga temir yo‘l tortiladi

Jizzaxdagi AES maydoniga temir yo‘l tortiladi

Bu haqda 6-oktyabr kuni o‘tkazilgan press-turda AES qurilishi direksiyasi rahbari Abdujamil Kalmuratov ma’lum qildi.
16:13 / 11.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!