$
12123.38 UZS
51.35
149.19 UZS
1.18
14094.64 UZS
77.81
31° Kechasi 18°

Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

15:35 / 09.10.2025

Samarqand viloyatida xorijiy tog‘-kon  korxonasi tomonidan tabiatga 7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, xorijiy korxona oldin olingan litsenziya shartlari va amaldagi qonun talablarini buzgan holda qariyb 51 kub metr tuproqni noqonuniy ravishda qazib olgan. Holat bo‘yicha materiallar Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan “S.I.” xorijiy korxonasi faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda aniqlanishicha, 2024-yil 25-noyabrda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DMning 2024-yil 23-oktyabrdagi 44-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani markazidan 7,7 km shimoliy-g‘arbda joylashgan 11,3 gektar maydondagi  lyossimon jinsdan iborat bo‘lgan “Jomboy 3” uchastkasida geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun elektron onlayn auksion o‘tkazilgan.

Auksionda “S.I.” xorijiy korxonasi g‘olib deb topilib, 2024-yil 27-noyabrda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun ruxsatnoma berilgan.

Biroq korxona qazib olish uchun tegishli tartibdagi ruxsatnomani rasmiylashtirmagan hamda geologik o‘rganish maqsadida berilgan ruxsatnoma hamda auksion shartlarida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilmagan holda noruda qazilmalarni noqonuniy qazish ishlarini amalga oshirgan.

O‘lchov ishlari amalga oshirilganda xorijiy korxona tomonidan 50 859,25 m3 tuproq (lyossimon jinslar) noqonuniy qazib olinganligi aniqlangan.

Mazkur holat oqibatida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 18-48-moddalari hamda “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasi talablari buzilgan.

Shuningdek, tabiatga 7 milliard 374 million 591 ming 250 so‘m zarar yetkazilgani hisoblandi. 

“To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi”, – deyiladi xabarda.


O‘zbekiston


														
														Sankt-Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Sankt-Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

“Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan olti nafar voyaga…
16:25 / 11.10.2025

														
														Jizzaxdagi AES maydoniga temir yo‘l tortiladi

Jizzaxdagi AES maydoniga temir yo‘l tortiladi

Bu haqda 6-oktyabr kuni o‘tkazilgan press-turda AES qurilishi direksiyasi rahbari Abdujamil Kalmuratov ma’lum qildi.
16:13 / 11.10.2025

														
														Buxoroda Matiz kanalga tushib ketdi

Buxoroda Matiz kanalga tushib ketdi

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
15:36 / 11.10.2025

														
														12-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib…
15:11 / 11.10.2025

														
														O‘zbekistonning pulli yo‘llarida 150 km/soat tezlikka ruxsat beriladi

O‘zbekistonning pulli yo‘llarida 150 km/soat tezlikka ruxsat beriladi

Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bosh yuriskonsulti Hasan Umarov ma’lum qildi.
15:01 / 11.10.2025

														
														Farg‘onada “zapravka” 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Farg‘onada “zapravka” 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 944 mln so‘mlik zarar yetka…
13:15 / 11.10.2025

														
														O‘zbekistonda yangi ish haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda yangi ish haftasida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 13–16-oktyabr kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:53 / 11.10.2025

														
														Bolalar ombudsmani Jizzaxda bolalar zaharlanishi bilan bog‘liq holatni o‘rgandi

Bolalar ombudsmani Jizzaxda bolalar zaharlanishi bilan bog‘liq holatni o‘rgandi

Bu haqda Bolalar ombudsmani matbuot xizmati ma’lum qildi.
10:18 / 11.10.2025

														
														Andijonda hokim o‘rinbosari 15 000 dollar pora bilan ushlandi

Andijonda hokim o‘rinbosari 15 000 dollar pora bilan ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda hoki…
08:24 / 11.10.2025

														
														11-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
08:10 / 11.10.2025

Bu ham qiziq

Tojikiston Putinni hibsga olish haqidagi XJS orderini ijro etmadi

Tojikiston Putinni hibsga olish haqidagi XJS orderini ijro etmadi

Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar xizmati matbuot kotibi Anitta Hipper bu harakat uchun Dushanbeni tanqid qildi.
14:39 / 11.10.2025
Sankt-Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Sankt-Peterburgda qarovsiz qolgan olti nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

“Mamlakatimiz Bosh konsulxonasi ko‘magida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan olti nafar voyaga…
16:25 / 11.10.2025
Farg‘onada “zapravka” 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Farg‘onada “zapravka” 2,9 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalandi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 944 mln so‘mlik zarar yetka…
13:15 / 11.10.2025
12-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

12-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, kechqurun qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ib…
15:11 / 11.10.2025
Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqand viloyatida xorijiy tog‘-kon  korxonasi tomonidan tabiatga 7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekol…
15:35 / 09.10.2025
“Men negativlarga e’tibor bermayman” – Fabio Kannavaro

“Men negativlarga e’tibor bermayman” – Fabio Kannavaro

O‘zbekiston va Quvayt o‘yinidan so‘ng Fabio Kannavaro matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.
13:23 / 10.10.2025
Navbat Jizzaxga. Forishda 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Navbat Jizzaxga. Forishda 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi…
10:59 / 10.10.2025
AQSh Xitoy mahsulotlariga 100 foizlik boj kiritadi

AQSh Xitoy mahsulotlariga 100 foizlik boj kiritadi

Joriy yilning 1-noyabridan AQSh Xitoyga nisbatan qo‘shimcha 100 foizlik boj to‘lovi joriy etadi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar P…
12:28 / 11.10.2025
RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

O‘rganish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot beriladi.
14:37 / 10.10.2025
Erdo‘g‘an Trampga rahmat aytdi

Erdo‘g‘an Trampga rahmat aytdi

U Trampning siyosiy jasorati va diplomatik faolligini alohida e’tirof etgan.
16:32 / 09.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!