Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Akbar Jo‘rayev va Ruslan Nurudinov Norvegiyadagi Jahon chempionatida ishtirokini yakunladi.
110 kg vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etgan sportchilar O‘zbekistonga 3 ta oltin va 2 ta bronza medalini taqdim etishdi.
Dast ko‘tarish dasturida to‘rtinchi bo‘lgan Nurudinov siltab ko‘tarish mashqida 228 kg natija qayd etdi. Uning ikki kurash yakunidagi ko‘rsatkichi esa 414 kg.ni tashkil etdi. Shu tariqa, 33 yoshli Ruslan 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Dast ko‘tarish dasturida dunyo rekordini yangilagan Jo‘rayevga bu safar ham teng keladigan raqib topilmadi. U 232 kg natija bilan siltab ko‘tarish dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Akbar umumiy hisobda 428 kg toshni bo‘ysundirib, dunyo rekordini yangiladi va ikki kurash yakuni bo‘yicha ham tengsiz bo‘ldi.
Shu tariqa, Akbar Jo‘rayev JChda 3 ta oltin, Ruslan Nurudinov esa 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Yakuniy natijalar quyidagicha bo‘ldi:
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!