$
12149.55 UZS
8.64
150.44 UZS
1.03
14087.40 UZS
34.3
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonning pulli yo‘llarida 150 km/soat tezlikka ruxsat beriladi

15:01 / 11.10.2025

O‘zbekistonda qurilayotgan pulli yo‘llarda soatiga 150 kilometrgacha tezlikda harakatlanishga ruxsat etilishi ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi bosh yuriskonsulti Hasan Umarov ma’lum qildi.

Uning ta’kidicha, “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririda pulli yo‘llar faqat bepul yo‘lga muqobil trassa sifatida qurilishi belgilanmoqda. Ya’ni har bir fuqaro tanlov imkoniyatiga ega bo‘ladi — xohlasa, davlat tomonidan qurilgan umumiy yo‘ldan bepul harakatlanishi yoki vaqtini tejash maqsadida pulli yo‘l orqali yurishni tanlashi mumkin.

Hasan Umarovning so‘zlariga ko‘ra, pulli yo‘llardagi harakat tezligi 150 km/soatgacha oshirilishi mumkin bo‘ladi. Shu bilan birga, yo‘ldan foydalanish to‘lovi miqdori hukumat tomonidan tasdiqlanadigan maxsus metodika asosida hisoblanadi.

“Hozirgi xomcho‘tlarga ko‘ra, 200 km masofadagi pulli yo‘l uchun to‘lov taxminan 100 ming so‘m atrofida bo‘ladi. Bu hisob-kitoblar hali o‘zgarishi mumkin”, — dedi Umarov.

Qonunga ko‘ra, pulli yo‘llardan tushgan mablag‘lar avvalo yo‘llarni saqlash, ta’mirlash va sifatini oshirish ishlariga yo‘naltiriladi. Agar yo‘llar davlat-xususiy sheriklik asosida qurilgan bo‘lsa, qolgan daromad investor ulushi sifatida hisoblanadi.

Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Farhod Zayniyev ta’kidlashicha, pulli yo‘llar faqat yangi, muqobil yo‘l sifatida barpo etiladi va mavjud yo‘llar pulliga aylantirilmaydi.

Shuningdek, qonunda favqulodda holatlarda pulli yo‘llardan bepul foydalanish imkoniyati ham nazarda tutilgan. Tez yordam, ichki ishlar organlari va boshqa maxsus xizmatlar avtotransportlari uchun esa pulli yo‘ldan foydalanish mutlaqo bepul bo‘ladi.


O‘zbekiston


														
														14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib…
18:08 / 13.10.2025

														
														ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi

ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi

2025-yil 11-oktyabrda Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani — O‘zbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sa…
16:53 / 13.10.2025

														
														Prezident Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bir qator amaldorlar O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik …
16:17 / 13.10.2025

														
														Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

Yangilangan Damas va Cobalt ishlab chiqariladi

UzAuto Motors 13-oktyabr kuni Damas va Cobalt avtomobillari yangilangan versiyasi ishlab chiqarilishini e’lon qildi.
14:21 / 13.10.2025

														
														Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
12:16 / 13.10.2025

														
														Andijonda Nexia ikki nafar maktab o‘quvchisini urib ketdi

Andijonda Nexia ikki nafar maktab o‘quvchisini urib ketdi

Mazkur holat yuzasidan hozirda Andijon tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
10:56 / 13.10.2025

														
														O‘zbekistonliklar safar qilayotgan TOP-10 davlat ma’lum qilindi

O‘zbekistonliklar safar qilayotgan TOP-10 davlat ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida qariyb 5,2 mln nafar O‘zbekiston fuqar…
09:26 / 13.10.2025

														
														Surxondaryo paxta “plan”ini bajardi

Surxondaryo paxta “plan”ini bajardi

O‘zAga ko‘ra, viloyat respublikada birinchi bo‘lgan.
08:22 / 13.10.2025

														
														“UzPost” pochta operatori xususiylashtirildimi?

“UzPost” pochta operatori xususiylashtirildimi?

Bu orqali u ehtimol Rossiyaning yirik onlayn savdo maydonchalaridan birini nazarda tutgan. Boshqa bir tasdiqlanmagan manbala…
16:34 / 12.10.2025

Bu ham qiziq

AQShda kichik samolyot qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

AQShda kichik samolyot qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.
08:47 / 13.10.2025
“Garovdagilar ozod qilingach, XAMAS tunnellari yo‘q qilinadi” — Isroil mudofaa vaziri

“Garovdagilar ozod qilingach, XAMAS tunnellari yo‘q qilinadi” — Isroil mudofaa vaziri

Operatsiya AQSh yetakchiligi ostida amalga oshiriladi.
10:48 / 13.10.2025
Tramp: “Nobelni mendan tortib olishmadi, Machado uni menga bag‘ishladi”

Tramp: “Nobelni mendan tortib olishmadi, Machado uni menga bag‘ishladi”

Oq uy ham Nobel qo‘mitasining qaroridan norozilik bildirgan.
13:18 / 12.10.2025
Oilasi bilan “Moskva Siti”da yashayotgan Bashar Asad umrini videoo‘yinlarga sarflamoqda

Oilasi bilan “Moskva Siti”da yashayotgan Bashar Asad umrini videoo‘yinlarga sarflamoqda

Bashar Asad ayrim vaqtlarda kvartirasi joylashgan osmono‘par binoning birinchi qavatidagi savdo markazida ko‘rinish beradi.
20:53 / 11.10.2025
Ukraina Rossiya zavodlariga zarba berishda AQSh razvedkasiga tayanmoqda

Ukraina Rossiya zavodlariga zarba berishda AQSh razvedkasiga tayanmoqda

Financial Times e’lon qilgan maqolada aytilishicha, bu Rossiya iqtisodiyotini zaiflashtirishga va Putinni muzokaralarga majb…
15:06 / 12.10.2025
Prezident Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Rustam Ahmedov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va bir qator amaldorlar O‘zbekistonning birinchi mudofaa vaziri, iste’fodagi general-polkovnik …
16:17 / 13.10.2025
14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-oktyabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 14 oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib…
18:08 / 13.10.2025
Surxondaryo paxta “plan”ini bajardi

Surxondaryo paxta “plan”ini bajardi

O‘zAga ko‘ra, viloyat respublikada birinchi bo‘lgan.
08:22 / 13.10.2025
Mashhur Gollivud aktrisasi vafot etdi

Mashhur Gollivud aktrisasi vafot etdi

Amerikalik taniqli aktrisa Dayan Kiton Kaliforniyada 79 yoshida vafot etdi.
17:08 / 12.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!