O‘zbekiston milliy jamoasi va Eronning “Fulad” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov bugun Avstriyada muvaffaqiyatli operatsiya qilindi.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, jarrohlik amaliyoti rejalashtirilgan tarzda o‘tgan va hech qanday asoratlar kuzatilmagan. Endi terma jamoa darvozaboni bir hafta davomida maxsus reabilitatsiya jarayonini o‘tkazadi, bu davrda u tiklanish va kuchini qayta to‘plash imkoniga ega bo‘ladi.
Yusupovning tezkor tiklanishi va maydonga qaytishi O‘zbekiston milliy jamoasi uchun ham katta ahamiyatga ega.
Eslatib o‘tamiz, darvozabon CAFA Nations Cup turnirining Eron bilan bo‘lib o‘tgan final bahsida jarohat olgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!