$
12160.99 UZS
-72.68
153.92 UZS
-0.92
14178.50 UZS
-55.38
31° Kechasi 18°

Tarixda ilk bor o‘zbek klublari JCh uchun FIFA’dan kompensatsiya oladi

09:27 / 16.10.2025

FIFA Jahon chempionati dunyodagi eng ko‘p daromad keltiruvchi sport musobaqasidir.

Tashkilot 2010-yilda Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tgan mundialdan e’tiboran turnirning final bosqichida ishtirok etgan futbolchilarning klublariga kompensatsiya pullari to‘lab bergan. Afrikadagi Jahon kubogida klublar o‘rtasida taqsimlangan pul umumiy hisobda 40 million AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lsa, Qatarda o‘tkazilgan mundialda bu summa 209 million AQSh dollari miqdorida bo‘ldi. Arab diyorida o‘tgan ilk Jahon kubogini guruh bosqichida tark etgan terma jamoa ham eng kamida 14 kun davomida unda ishtirok etgan hisoblanib, final bosqichidagi har bir kun uchun bir nafar futbolchiga 10950 AQSh dollaridan kompensatsiya to‘langan. 

Demak, Qatardagi Jahon kubogida futbolchilari ishtirok etgan klublar ularning har biri uchun eng kamida 153300 AQSh dollaridan kompensatsiya olgan.

2026-yilda Kanada, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogidan e’tiboran esa Club Benefits Program — Klublarning foyda ko‘rish dasturida bir qator tamoyillar o‘zgarmoqda. Avvalo, bu galgi musobaqa uchun ajratilgan kompensatsiya pullarining umumiy miqdori rekord daraja — 355 million AQSh dollariga yetadi. Ushbu summaning 100 million AQSh dollariga teng qismi esa musobaqaning qit’aviy saralash bosqichlarida ishtirok etish uchun o‘z futbolchilarini terma jamoalar ixtiyoriga yuborgan klublar o‘rtasida taqsimlanishi belgilandi. Buning uchun, futbolchi Jahon kubogi saralash bosqichi doirasidagi rasmiy uchrashuvda o‘yin qaydnomasiga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi. Bunda, futbolchi terma jamoasi bilan Jahon kubogiga yo‘llanma olgan yoki olmagani ahamiyat kasb etmaydi. Shuningdek, avvalgi tamoyillar bo‘yicha futbolchi uchun kompensatsiya olishga u so‘nggi ikki mavsum davomida ro‘yxatdan o‘tkazilgan klubgina haqli hisoblangan bo‘lsa, endilikda o‘z tarkibidagi futbolchini Jahon kubogi va uning saralash bosqichlari uchun terma jamoa ixtiyoriga yuborgan istalgan klub dastur doirasidagi pullarni qabul qilib olishi mumkin.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon kubogiga yo‘llanma olishi mamlakat futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan bo‘lsa, endi o‘z futbolchilarini Jahon kubogi va uning saralash bosqichlari doirasidagi o‘yinlarga yuborgan klublarning FIFA dasturi natijasida daromad topishlari uning iqtisodiy holatiga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Misol uchun, Jahon kubogi saralashining so‘nggi ikki bosqichi doirasida Abduvohid Ne’matov 15 marotaba, Sherzod Nasrullayev 12 marta, Akmal Mozgovoy 10 marta, Zafarmurod Abdurahmatov 4 marotaba, G‘olib G‘aybullayev 2 bor va Alibek Davronov bir marta O‘zbekiston terma jamoasining o‘yin qaydnomasiga kiritildi hamda ushbu futbolchilar barcha uchrashuvlarga “Nasaf” futbolchisi sifatida jalb etildi. Bundan tashqari, Umar Eshmurodov umumiy 13 ta uchrashuvning 4 tasida, Bobur Abduxoliqov umumiy 11 o‘yinning 8 tasida “Nasaf” futbolchisi bo‘lgan. Demak, Qarshi klubi ushbu futbolchilarning har bir uchrashuvi uchun ma’lum miqdorda kompensatsiya pullarini ishlab topadi.


Futbol


														
														Tarixda ilk bor o‘zbek klublari JCh uchun FIFA’dan kompensatsiya oladi

Tarixda ilk bor o‘zbek klublari JCh uchun FIFA’dan kompensatsiya oladi

FIFA Jahon chempionati dunyodagi eng ko‘p daromad keltiruvchi sport musobaqasidir.
09:27 / 16.10.2025

														
														O‘tkir Yusupov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

O‘tkir Yusupov muvaffaqiyatli operatsiya qilindi

O‘zbekiston milliy jamoasi va Eronning “Fulad” klubi darvozaboni O‘tkir Yusupov bugun Avstriyada muvaffaqiyatli operatsiya q…
15:09 / 15.10.2025

														
														JCh-2026’da ishtirok etuvchi 28 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

JCh-2026’da ishtirok etuvchi 28 ta jamoa nomi ma’lum bo‘ldi

Kelasi yil AQSh, Kanada va Meksika yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan mundial ishtirokchilari aniqlanishda davom etmoqda.
09:03 / 15.10.2025

														
														Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

Fabio Kannavaro: “Jahon chempionatigacha vaqtimiz yetarli”

“Afsuski, bugungi o‘yinda 9 nafar futbolchimiz jarohat sabab maydonga chiqa olmadi.
09:25 / 14.10.2025

														
														Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi

Ravshan Ermatov yangi lavozimga tayinlandi

Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.
09:52 / 13.10.2025

														
														“Men negativlarga e’tibor bermayman” – Fabio Kannavaro

“Men negativlarga e’tibor bermayman” – Fabio Kannavaro

O‘zbekiston va Quvayt o‘yinidan so‘ng Fabio Kannavaro matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.
13:23 / 10.10.2025

														
														Bugun O‘zbekiston MTJ o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston MTJ o‘ynaydi

Ushbu o‘yin Toshkentdagi “Olimpiya” stadionida soat 18:00 da start oladi.
10:53 / 09.10.2025

														
														Rasman Fabio Kannavaro O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi etib tayinlandi

Rasman Fabio Kannavaro O‘zbekiston MTJ bosh murabbiyi etib tayinlandi

Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
16:24 / 06.10.2025

														
														Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi bilan birgalikda Toshkentga yetib keldi

Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi bilan birgalikda Toshkentga yetib keldi

Fabio Kannavaro bosh murabbiy sifatida O‘zbekiston terma jamoasini jahon chempionatiga tayyorlaydi.
09:32 / 06.10.2025

														
														“Real” Rodri uchun qancha to‘lamoqchi?

“Real” Rodri uchun qancha to‘lamoqchi?

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi Angliya jamoasi “Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodrini sotib olish variantini ko‘rib c…
15:25 / 05.10.2025

Bu ham qiziq

Portugaliyada ham jamoat joylarida burqa va niqob taqiqlanishi mumkin

Portugaliyada ham jamoat joylarida burqa va niqob taqiqlanishi mumkin

Portugaliya parlamenti jamoat joylarida “jinsiy yoki diniy” sabablarga ko‘ra yuzni yopib turuvchi kiyim kiyishni taqiqlovchi…
12:22 / 18.10.2025
Toshkentga kirish-chiqish postlari joyi o‘zgartiriladi

Toshkentga kirish-chiqish postlari joyi o‘zgartiriladi

Postlarning yangi joylashuvi hozircha oshkor etilmadi.
14:41 / 17.10.2025
Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik Ukrainaga taslim bo‘ldi

Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik Ukrainaga taslim bo‘ldi

U O‘zbekiston hukumatidan vatanga qaytishda yordam so‘ramoqda.
09:47 / 18.10.2025
18-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 18-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib…
17:46 / 17.10.2025
O‘zbekistonda oltin narxi yana rekord darajaga chiqdi

O‘zbekistonda oltin narxi yana rekord darajaga chiqdi

Jahon bozorida ham oltinning spot narxi bir troya unsiyasi uchun $4361,98 ga yetdi.
12:15 / 17.10.2025
“Urush hali tugamadi” – Netanyaxu

“Urush hali tugamadi” – Netanyaxu

Kim bizga qarshi chiqsa, katta to‘lov to‘laydi”, dedi u harbiylar qabristonidagi marosimda.
11:42 / 17.10.2025
17-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
16:18 / 16.10.2025
Mehnatga haq to‘lashda yangi yondashuv joriy etiladi

Mehnatga haq to‘lashda yangi yondashuv joriy etiladi

Bu chora xodimlar manfaatlarini samaraliroq himoya qilishga xizmat qiladi.
14:50 / 17.10.2025
Eron endilikda yadroviy dastur bo‘yicha erkinligini bildirdi

Eron endilikda yadroviy dastur bo‘yicha erkinligini bildirdi

Eron Tashqi ishlar vazirligi bayonotida qayd etilishicha, 2015-yilda imzolangan “yadroviy kelishuv”ning 10-yillik muddati tu…
16:29 / 18.10.2025
Boysunda o‘qituvchi o‘quvchini urib, yelkasini sindirdimi?

Boysunda o‘qituvchi o‘quvchini urib, yelkasini sindirdimi?

Tarmoqlarda tarqalgan videolavhada o‘qituvchi Y.H. ismli shaxs maktabga futbolka kiyib kelgan S.J. ismli o‘quvchini jazolab,…
16:33 / 18.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!