$
12129.33 UZS
28.04
149.17 UZS
1.16
14061.53 UZS
30.08
31° Kechasi 18°

Prezident IT-park loyihasining ikkinchi bosqichiga start berdi

13:07 / 21.10.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktyabr kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkka tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Ikki yil oldin 200 million dollar investitsiya hisobiga ushbu loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi. Qariyb 4 gektar maydonda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi va zamonaviy kongress-xoll barpo etildi.

Bu yerda mutaxassislar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari, fintex, logistika, elektron tijorat, elektron ta’lim, biotexnologiya va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 3 ming 200 ta kompaniyaga yetdi, ularda 14 mingdan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili rezidentlar tomonidan 1 milliard 600 million dollarlik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yil yakuni bilan mazkur ko‘rsatkich 2,5 milliard dollardan ortishi kutilmoqda.

Eksport hajmi esa ilk bor 1 milliard dollarlik marradan oshishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 300 mingdan ziyod yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash maqsad qilingan. Xorijiy ekspertlar faqatgina sun’iy intellekt yo‘nalishining o‘zida O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

“Ishonchim komilki, bugun tamal toshi qo‘yilayotgan ushbu yirik majmua oldimizga qo‘ygan ulkan marralarni zabt etishda, shuningdek, investorlar bilan O‘zbekiston o‘rtasida manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi”, – deydi davlat rahbari.

Loyihaga ko‘ra, IT-park hududi 1,5 barobar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 12 megavatt bo‘lgan, 150 million dollarlik data-markaz barpo etiladi. Keyingi bosqichlarda yana 3 milliard dollar investitsiya kiritilib, quvvat 500 megavattga yetkaziladi.

Bundan tashqari, ushbu hududda jami 6 ta bino – Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi, shuningdek, servis va savdo markazlari quriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur majmua eng zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va bilimlarga asoslangan “Sun’iy intellekt xabi”ga aylanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kapsula qo‘yib, “IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichi qurilishiga rasman start berdi.


O‘zbekiston


														
														Qoraqalpog‘istonda dinozavr suyaklari topildi

Qoraqalpog‘istonda dinozavr suyaklari topildi

Bu haqda “O‘zbekiston 24” telekanalida xabar berildi.
16:57 / 23.10.2025

														
														Sentyabr oyida elektromobillar sotuvi rekord darajada o‘sdi

Sentyabr oyida elektromobillar sotuvi rekord darajada o‘sdi

O‘tgan oy O‘zbekistonda 7,8 ming dona elektromobil sotilgan.
16:40 / 23.10.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Bryusselga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Bryusselga jo‘nab ketdi

Prezident Belgiyada Yevropa Ittifoqi yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazadi.
16:11 / 23.10.2025

														
														Endi Xitoy fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘la oladi

Endi Xitoy fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘la oladi

Yangi tartibga ko‘ra, Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, Saudiya Arabistoni va Iordaniya fuqarolari mamlakatga vizasiz kirib, 30…
15:22 / 23.10.2025

														
														Olmaotada ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Olmaotada ota-ona qaramog‘isiz qolgan besh nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Shuningdek, bolalar yaqin qarindoshlariga topshirilishi uchun O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilakti…
14:44 / 23.10.2025

														
														Samarqand MChJ 3,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Samarqand MChJ 3,5 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalandi

Mazkur MChJ ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullangan.
12:16 / 23.10.2025

														
														O‘zbekistondagi AES qurilishini Italiya kompaniyasi nazorat qilishi mumkin

O‘zbekistondagi AES qurilishini Italiya kompaniyasi nazorat qilishi mumkin

“O‘zatom” agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston va Italiya atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni kengayti…
12:13 / 23.10.2025

														
														Xiva 2026-yilning eng yaxshi turizm yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirdi

Xiva 2026-yilning eng yaxshi turizm yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirdi

“National Geographic” jurnali 2026-yil uchun eng yaxshi turizm yo‘nalishlarini e’lon qildi va u yerda qadimiy Xiva shahri ha…
12:04 / 23.10.2025

														
														O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi

O‘zbekistonda “Haj va Umra yagona portali” ishga tushirildi

Yangi tizim fuqarolarga haj va umra ziyoratlariga qatnashish uchun arizani onlayn tarzda yuborish imkonini beradi.
09:36 / 23.10.2025

														
														O‘zbekistonning yangilangan demografik ko‘rsatgichlari e’lon qilindi

O‘zbekistonning yangilangan demografik ko‘rsatgichlari e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasining demografik ko…
09:26 / 23.10.2025

Bu ham qiziq

Farg‘onada to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi

Farg‘onada to‘xtab turgan Nexia yonib ketdi

Hozirda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilib, yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.
08:53 / 23.10.2025
O‘zbekiston so‘nggi to‘qqiz oyda rekord darajada oltin sotdi

O‘zbekiston so‘nggi to‘qqiz oyda rekord darajada oltin sotdi

Yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekiston oltin eksportini 9,9 mlrd dollargacha oshirdi. Sentyabr oyining o‘zida O‘zbekiston 1,5 …
15:33 / 22.10.2025
Endi Xitoy fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘la oladi

Endi Xitoy fuqarolari O‘zbekistonda 30 kungacha vizasiz bo‘la oladi

Yangi tartibga ko‘ra, Bahrayn, Qatar, Quvayt, Ummon, Saudiya Arabistoni va Iordaniya fuqarolari mamlakatga vizasiz kirib, 30…
15:22 / 23.10.2025
Qashqadaryoda 5 yoshli qizchani sotgan hamshira qamaldi

Qashqadaryoda 5 yoshli qizchani sotgan hamshira qamaldi

32 yoshli hamshira 2020-yilda tug‘ilgan qizni onasi bilan kelishgan holda 19 million 700 ming so‘mga boshqa ayolga sotgan.
12:09 / 22.10.2025
Sentyabr oyida elektromobillar sotuvi rekord darajada o‘sdi

Sentyabr oyida elektromobillar sotuvi rekord darajada o‘sdi

O‘tgan oy O‘zbekistonda 7,8 ming dona elektromobil sotilgan.
16:40 / 23.10.2025
Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi

“Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
08:55 / 22.10.2025
24-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

24-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
15:01 / 23.10.2025
Peru prezidenti mamlakat poytaxtida favqulodda holat e’lon qildiUshbu chora “Z avlod” namoyishlaridagi zo‘ravonliklarni to‘xtatish uchun qilingan.

Peru prezidenti mamlakat poytaxtida favqulodda holat e’lon qildiUshbu chora “Z avlod” namoyishlaridagi zo‘ravonliklarni to‘xtatish uchun qilingan.

Ushbu chora “Z avlod” namoyishlaridagi zo‘ravonliklarni to‘xtatish uchun qilingan.
16:59 / 22.10.2025
O‘zbekistonning yangilangan demografik ko‘rsatgichlari e’lon qilindi

O‘zbekistonning yangilangan demografik ko‘rsatgichlari e’lon qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-oktyabr holatiga O‘zbekiston Respublikasining demografik ko…
09:26 / 23.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!