$
12025.22 UZS
34.69
149.36 UZS
-1.35
13969.70 UZS
10.32
31° Kechasi 18°

Si Szinpin va Tramp ​​aviabazada uchrashdi

09:15 / 30.10.2025

Bugun Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi Kimxe harbiy aviabazasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va AQSh Prezidenti Donald Trampning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar berdi.

Tramp Szinpinni kutib olib, Pekin va Vashington ko‘plab masalalarda kelishuvga erishgani hamda bu yo‘nalishda sammit davomida ham ish olib borilishini ta’kidlagan. Qo‘shma Shtatlar rahbari, shuningdek, Xitoy bilan savdo bitimi aynan shu uchrashuv yakunida imzolanishi mumkinligini istisno qilmagan. U har doim Si Szinpin bilan yaxshi munosabatlarda bo‘lganini qayd etgan. 

“Rais Si – buyuk davlatning buyuk yetakchisi. Ishonamanki, biz uzoq yillar davomida ajoyib munosabatlarga ega bo‘lamiz”, – deya qo‘shimcha qilgan Donald Tramp. 

Si Szinpin ham Xitoy va AQSh bir-biriga yordam berib, muvaffaqiyat va farovonlikka erishishi mumkinligini aytgan.

Shuningdek, Xitoy Raisi mamlakatining rivojlanishi va tiklanishi Trampning “Amerikani yana buyuk davlatga aylantirish” maqsadiga zid emasligini ta’kidlagan. 

“Men Prezident Tramp bilan hamkorlikni davom ettirishga tayyorman, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar uchun mustahkam poydevor va mamlakatlar rivoji uchun qulay sharoitlar yaratadi”, – degan Si Szinpin. 

Ma’lumot uchun, ikki davlat yetakchisi Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida ishtirok etmoqda. APEC 1989-yilda tashkil etilgan bo‘lib, 21 ta mamlakat iqtisodiyotini birlashtiradi. U xalqaro tashkilot maqomiga ega bo‘lmasa-da, mintaqada savdo hamkorligini rivojlantirish uchun muhim maydon hisoblanadi. 2025-yilda sammitga raislik qilish huquqi Janubiy Koreyaga o‘tgan.

 



														
														“Maymun chechak virusining yangi shtammi tarqalmoqda” – JSST

“Maymun chechak virusining yangi shtammi tarqalmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Maymun chechak virusining xavfli 1b shtammi Italiya, Malayziya, Nid…
18:26 / 01.11.2025

														
														AQShda yana zavod portladi

AQShda yana zavod portladi

Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar berdi.
12:35 / 01.11.2025

														
														Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini jo‘natishga ruxsat berdi

Pentagon Ukrainaga Tomahawk raketalarini jo‘natishga ruxsat berdi

Ma’lumot uchun, Tomahawk raketalarining eng uzoq parvoz masofasi 2,5 ming kilometrgacha yetadi.
10:00 / 01.11.2025

														
														Yana bir muzey talonchilikka uchradi

Yana bir muzey talonchilikka uchradi

AQShning Kaliforniya shtati Oklend shahridagi muzeyda o‘g‘rilik yuz berdi, oqibatda mingdan ortiq artefakt yo‘qolgan.
17:54 / 31.10.2025

														
														Serdar Berdimuhamedov “Yilning jasur turkman alabayi”ga mashina sovg‘a qildi

Serdar Berdimuhamedov “Yilning jasur turkman alabayi”ga mashina sovg‘a qildi

Xalqaro tanlov g‘olibiga Turkmaniston Prezidentining bosh sovg‘asi – “Toyota Camry V6” rusumli yengil avtomobil kaliti topsh…
16:51 / 31.10.2025

														
														“Lukoyl”ning xorijiy aktivlari Gunvor Group kompaniyasiga sotiladi

“Lukoyl”ning xorijiy aktivlari Gunvor Group kompaniyasiga sotiladi

Gunvor Group kompaniyasi “Lukoyl”ning xorijiy aktivlariga egalik qiluvchi qo‘shma korxonasi — LUKOIL International GmbH’ni s…
17:02 / 30.10.2025

														
														Isroil Livan janubiga zarba berdi

Isroil Livan janubiga zarba berdi

Isroil mudofaa kuchlari Livan janubiga zarbalar berilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
15:46 / 30.10.2025

														
														Si Szinpin va Tramp ​​aviabazada uchrashdi

Si Szinpin va Tramp ​​aviabazada uchrashdi

Bugun Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi Kimxe harbiy aviabazasida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va AQSh Prezide…
09:15 / 30.10.2025

														
														25 ta shtat Tramp ma’muriyatiga qarshi sudga murojaat qildi

25 ta shtat Tramp ma’muriyatiga qarshi sudga murojaat qildi

“Ko‘plab amerikaliklar och qolish xavfi ostida, chunki federal hukumat qonun bo‘yicha berilishi kerak bo‘lgan oziq-ovqat yor…
16:37 / 29.10.2025

Bu ham qiziq

Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqiga tabrik yo‘lladi

Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyev va o‘zbek xalqiga tabrik yo‘lladi

Qo‘shni respublika rahbari YUNESKO konferensiyasining 43-sessiyasi ilk marta Parijdan tashqarida Samarqandda bo‘lib o‘tayotg…
14:40 / 31.10.2025
O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopildi

O‘zbekistonda 42 ta chiqindi poligoni yopildi

Bu ishlar Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish” farmoni hamda “O‘zbekiston …
12:13 / 31.10.2025
O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda ko‘proq o‘g‘il bolalar tug‘ilayotgani ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-sentyabr oylarida FHDYO organlarida respublika bo‘yich…
16:49 / 01.11.2025
Toshkent, Andijon, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tuman-shaharlarga yangi hokimlar tayinlandi

Toshkent, Andijon, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida tuman-shaharlarga yangi hokimlar tayinlandi

Nomzod shaharning yaqin istiqboli yuzasidan taqdimot qildi. Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi Sadriddin Shoqosimovn…
14:34 / 01.11.2025
Serdar Berdimuhamedov “Yilning jasur turkman alabayi”ga mashina sovg‘a qildi

Serdar Berdimuhamedov “Yilning jasur turkman alabayi”ga mashina sovg‘a qildi

Xalqaro tanlov g‘olibiga Turkmaniston Prezidentining bosh sovg‘asi – “Toyota Camry V6” rusumli yengil avtomobil kaliti topsh…
16:51 / 31.10.2025
Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Turkiyada hibsda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi sud qarori bilan ozodlikka chiqdi

Unga Bosh konsulxona diplomatlari huquqiy maslahatlar bergan.
15:49 / 01.11.2025
Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Fomin Xitoydagi turnirda sensatsion g‘alaba orqali final yo‘llanmasiga ega chiqdi

Xitoyning Syandaoxu shahrida davom etayotgan tennis bo‘yicha ITF M25 turniri o‘zining qizg‘in pallasiga kirdi.
13:03 / 01.11.2025
Isroil Livan janubiga zarba berdi

Isroil Livan janubiga zarba berdi

Isroil mudofaa kuchlari Livan janubiga zarbalar berilgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi.
15:46 / 30.10.2025
O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

O‘qituvchi mast erkak tomonidan kaltaklandi

Holatga viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
16:27 / 30.10.2025
“Qiyomat kuni ombori”dan O‘zbekiston urug‘lari ham joy oldi

“Qiyomat kuni ombori”dan O‘zbekiston urug‘lari ham joy oldi

Kolleksiya tarkibida qovun, tarvuz, pomidor, qalampir, baqlajon, sabzi, piyoz va bug‘doyning 20 dan ortiq mahalliy navlari m…
11:27 / 31.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!