$
11950.63 UZS
-21.71
147.70 UZS
-0.09
13744.42 UZS
-41.73
31° Kechasi 18°

Turkiya o‘zbekistonliklar uchun elektron mehnat vizalarini joriy etishi mumkin

12:43 / 02.11.2025

Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyor. “Dunyo” axborot agentligining xabar berishicha, bu haqda O‘zbekiston delegatsiyasining Anqaraga amaliy tashrifi chog‘ida Turkiya Ichki ishlar vazirligi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilingan.

Uchrashuvda Turkiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mehmet Oqtosh ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari tufayli bugungi kunda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida, ayniqsa ichki ishlar sohasida, yaqin aloqalar yo‘lga qo‘yilganini ta’kidladi. Turk tomoni O‘zbekiston fuqarolariga Turkiyaga boshqa turdagi vizalar asosida kirgan holda mamlakatdan chiqmasdan turib mehnat ruxsatnomasini olish imkoniyatini taqdim etish masalasini o‘rganib chiqishini ma’lum qildi.

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron mehnat vizalarini joriy etish masalasini ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirdi.

O‘zbek delegatsiyasining Anqaraga xizmat safari doirasida Turkiya Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligida ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Turkiya ijtimoiy himoya sohasida hukumatlararo bitim tuzish istiqbollarini muhokama qildi. Muloqot davomida Turkiya mehnat va ijtimoiy ta’minot vaziri o‘rinbosari Faruk O‘zchilik turk tomoni migratsiya sohasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishga hamda uning tashkiliy mexanizmlarini rivojlantirishga tayyorligini aytdi.

Shuningdek, Turkiyada uy xizmatchilari sifatida faoliyat yuritayotgan, biroq noqonuniy holatda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari maqomini legallashtirishda ko‘mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuvda qurilish, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish kabi sohalarda vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan o‘zbekistonliklarni legallashtirish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda esa tomonlar siyosiy aloqalarni yanada rivojlantirish, savdo-iqtisodiy sohada, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamda mehnat migratsiyasi sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, shu jumladan muntazam maslahatlashuvlarni yo‘lga qo‘yishga kelishdi.


O‘zbekiston


														
														Migrantlarning oilalaridan bo‘lgan ayollar qo‘llab-quvvatlanadi

Migrantlarning oilalaridan bo‘lgan ayollar qo‘llab-quvvatlanadi

“Hamroh” xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyasi va Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (IOM) o‘rtasida migran…
17:47 / 05.11.2025

														
														6-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Har…
17:20 / 05.11.2025

														
														Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘…
15:12 / 05.11.2025

														
														Sirdaryoda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urildi

Sirdaryoda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urildi

Bu haqda Sirdaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
14:27 / 05.11.2025

														
														Tojikistondagi zilzila Sirdaryoda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila Sirdaryoda ham sezildi

Bugun, 5-noyabr kuni soat 10:58:23 da Sug‘d, Tojikiston hududida 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
11:28 / 05.11.2025

														
														Navoiyda sport maktab hisobchisi pora bilan qo‘lga olindi

Navoiyda sport maktab hisobchisi pora bilan qo‘lga olindi

U maktab direktori bilan til biriktirib, murabbiyga ajratilgan puldan ulush olmoqchi bo‘lgan.
11:12 / 05.11.2025

														
														Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol va ikki nafar farzandi vatanga qaytarildi

Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol va ikki nafar farzandi vatanga qaytarildi

Bosh konsulxona tomonidan ularning O‘zbekistonga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolat…
10:46 / 05.11.2025

														
														Toshkent viloyatida soliq xodimi 5 ming dollar pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida soliq xodimi 5 ming dollar pora bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan, Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismining tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ha…
09:58 / 05.11.2025

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShda o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi hamda Markaziy Os…
09:16 / 05.11.2025

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoa…
08:13 / 05.11.2025

Bu ham qiziq

Tojikistondagi zilzila Sirdaryoda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila Sirdaryoda ham sezildi

Bugun, 5-noyabr kuni soat 10:58:23 da Sug‘d, Tojikiston hududida 4,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi.
11:28 / 05.11.2025
Sirdaryoda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urildi

Sirdaryoda Isuzu to‘xtab turgan “KamAZ”ga urildi

Bu haqda Sirdaryo viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
14:27 / 05.11.2025
AQShda yuk samolyoti qulab tushdi

AQShda yuk samolyoti qulab tushdi

Hozirda aeroport vaqtincha yopilgan.
08:40 / 05.11.2025
Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

Endi mehnatga layoqatsizlik nafaqasini olish uchun ariza topshirish shart bo‘lmaydi

“Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘…
15:12 / 05.11.2025
Andijonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irladi

Andijonda MChJ 1,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘g‘irladi

Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
15:47 / 04.11.2025
6-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

6-noyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol shimoli-sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Har…
17:20 / 05.11.2025
Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol va ikki nafar farzandi vatanga qaytarildi

Novosibirskda qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol va ikki nafar farzandi vatanga qaytarildi

Bosh konsulxona tomonidan ularning O‘zbekistonga qaytishi uchun tegishli sertifikatlar berilib, Migratsiya agentligi vakolat…
10:46 / 05.11.2025
Ukrainada majburiy mehnatga majburlangan 19 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Ukrainada majburiy mehnatga majburlangan 19 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

Xalqaro migratsiya tashkilotining Ukraina va Moldova bo‘yicha ofislari moliyaviy ko‘magida 28-oktyabr kuni fuqarolar Kiyevda…
12:31 / 04.11.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQShga yetib bordi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Trampning taklifiga binoa…
08:13 / 05.11.2025
Uchar avtomobillar davri kelmoqda

Uchar avtomobillar davri kelmoqda

Xitoyning XPeng elektromobil ishlab chiqaruvchisi vertikal uchish va qo‘nish imkoniyatiga ega uchuvchi avtomobillarni ommavi…
18:01 / 04.11.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!