Bugun, 4-noyabr soat 11:58 da 112-tizimi orqali Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Binokor qo‘rg‘oni, Sholikor ko‘chasida joylashgan penoplast ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. Bu haqda Toshkent shahar FVB axborot xizmati xabar bermoqda.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 12:08 da yong‘in joyiga yetib borib, yong‘in 12:42 da qurshab olingan va 12:51 da o‘chirilgan.
Hodisa yuzasidan tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!