“O‘zenergoinspeksiya” Andijon viloyat hududiy boshqarmasi, “Hududgaz Andijon” GTF va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida Asaka tumanida joylashgan “V. E.” MChJga qarashli binoda hech qanday hujjatsiz, tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Ushbu qoidabuzarlik gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra 1,4 milliard so‘m zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!