Pensiya jamg‘armasi O‘zbekistonda nafaqa miqdorini oshirib berishni va’da qilib firibgarlik qilayotganlar paydo bo‘lganidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, shu kabi yolg‘on va’dalar bilan fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarini olib, ulardan pul talab qilish holatlari kuzatilmoqda.
Jamg‘arma matbuot xizmati pensiya miqdorini oshirish faqat Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan amalga oshirilishini, unda, fuqarolarda nafaqasini qayta hisoblash uchun asoslar paydo bo‘lganda faqat Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.
“Pensiya jamg‘armasining hech bir xodimi fuqarolarga ko‘chada pensiya miqdorini oshirib berishni taklif qilmaydi. Begona shaxslarga pasport, plastik karta yoki JSHSHIR (PINFL) raqami kabi shaxsiy ma’lumotlaringizni hech qachon taqdim qilmang”, – deyiladi rasmiy xabarda.
Pensiya jamg‘armasi shu kabi shubhali holatlarga duch kelgan fuqarolardan jamg‘armaning ishonch telefoni (1271) Ichki ishlar organlariga (102) xabar berishni so‘radi. Firibgarlarga aldanishdan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!