$
12194.21 UZS
-16.5
149.97 UZS
-0.39
13984.32 UZS
-51.89
31° Kechasi 18°

OITSga chalinganlar o‘rindiqlarga atayin “shpris” qo‘yib ketayotgani rad etildi

16:43 / 09.11.2025

OITSga chalingan kimsalar kasallikni boshqalarga yuqtirish uchun o‘rindiqlarga tibbiy igna qo‘yib ketayotgani haqidagi xabarlar yolg‘on bo‘lib chiqdi. Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan surishtiruvlar natijasida bu haqda video tayyorlagan va tarqatgan yigitlar aniqlandi.

Videoda go‘yoki kimlardir yuqumli kasalliklarni boshqa fuqarolarga ataylab yuqtirish maqsadida foydalanilgan tibbiy ignani o‘rindiqlarga joylashtirgani, bilmay o‘tirib olganlar zarar ko‘rayotgani aytilgan.

“O‘rtog‘im mana shunaqa “SPID” haqida video olaylik dedi. Bunaqa ommaga chiqib ketishini bilmagandim. Qilgan ishimdan pushaymonman, butun xalqdan uzr so‘rayman”, degan videoni tayyorlagan yigitlardan biri.

“Instagram ko‘rib bir g‘oya kelib qoldi. Biz ham shu videoni takrorlamoqchi bo‘ldik. “Skameyka”ga shpris qo‘yib ketilgani haqida — keyin shu videoni oldik. “Prosmotr” va layk uchun qilgandim, kontent uchun. Qilgan ishimdan afsusdaman, xalqdan uzr so‘rayman”, degan ikkinchisi.

O‘zbekistonda kasallikni shu yo‘l orqali yuqtirish holatlari uchraganmi?

Toshkent shahar OITSga qarshi kurashish markazi bo‘lim mudiri Anvarbek Jabborovning ta’kidlashicha, o‘rindiq, stul yoki odamlar o‘tiradigan boshqa joylarga kasallangan shaxs tibbiy igna qo‘yib ketishi bilan bog‘liq birorta ham holat kuzatilmagan. Mabodo qandaydir qonli igna kirib ketishi kabi holatlar sodir bo‘lsa, fuqaro 2 soatdan 72 soatgacha OITS markaziga murojaat qilish lozimligini, OIV infeksiyasi yuqmasligi 100 foiz oldi olinishini bildirdi.

“Virus o‘zi tashqi muhitga chidamsiz hisoblanadi. Ultrabinafsha nurlarida, ochiq havoda ikki soatdan uch, besh soat ichida virus o‘z tiriklik qobiliyatini, ya’ni yuqish qobiliyatini yo‘qotadi”, – deydi Anvarbek Jabborov.

Videoni tayyorlab tarqatgan ikki yigitga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 202-2-moddasi, ya’ni yolg‘on axborot tarqatish bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudiga yuborilgan.

Ushbu moddaga ko‘ra, internetda yolg‘on axborotni tarqatish tarqatish, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha (20,6 mln so‘mdan 41,2 mln so‘mgacha ) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


O‘zbekiston


														
														Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026

														
														Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026

														
														1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026

														
														Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026

														
														Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026

														
														Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026

														
														1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati mazkur chora bog‘da xavfsiz va osoyishta piyoda sayr qilish muhitini ta’minlashga qarati…
12:09 / 31.03.2026

														
														Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026

														
														Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Zarbdor tumanida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
17:55 / 30.03.2026

														
														31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026

Bu ham qiziq

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik” boshlandi

Bugun, 30-mart kuni ushbu haftalik Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘z ishini boshladi.
14:31 / 30.03.2026
Toshkentda noqonuniy ko‘chirib o‘tkazilgan 108 tup daraxtdan 107 tasi qurib ketdi

Toshkentda noqonuniy ko‘chirib o‘tkazilgan 108 tup daraxtdan 107 tasi qurib ketdi

Tabiatga 881 million 268 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi aniqlangan.
10:37 / 30.03.2026
Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026
30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
15:49 / 29.03.2026
Bugun Toshkent — Andijon yo‘nalishidagi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi

Bugun Toshkent — Andijon yo‘nalishidagi poyezdlari qatnovi bekor qilinadi

Temiryo‘l chiptalari uchun to‘langan mablag‘lar yo‘lovchilarga to‘liq qaytarib beriladi.
09:10 / 30.03.2026
Bugun Respublikamizning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Bugun Respublikamizning ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘adi

Poytaxtimizda kunning birinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
09:37 / 29.03.2026
Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Mamlakat Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishlar 57…
12:31 / 30.03.2026
O‘zbekistonda hafta boshida yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

O‘zbekistonda hafta boshida yomg‘irli ob-havo kutilmoqda

30-mart kuni qator hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
15:44 / 29.03.2026
Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
15:17 / 29.03.2026
Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Zarbdor tumanida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
17:55 / 30.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!