$
12194.21 UZS
-16.5
149.97 UZS
-0.39
13984.32 UZS
-51.89
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etildi

16:17 / 23.11.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish mexanizmini samarali tashkil etish to‘g‘risida”gi farmoni bilan Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etildi.

21-noyabrda imzolangan farmonga ko‘ra, 2026-yildan qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari mahsulot yetishtirish uchun imtiyozli kreditlardan foydalanganda ishlab chiqariladigan mahsulotning yo‘qotilishi xavfini oldindan sug‘urta qilish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Klaster, fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining imtiyozli kreditlar bo‘yicha qarzdorliklari qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklari sug‘urtasi shartnomasi bo‘yicha qoplanmaydi.

Shuningdek, 2025-yil yakunigacha Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi axborot tizimi ishga tushiriladi.

Hujjatda belgilanishicha, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimini joriy etishning asosiy maqsadlari tabiiy va texnogen ofatlar, yong‘in, zararkunanda va kasalliklar ta’sirida o‘simlik hamda hayvonlarga yetkazilgan zararlarni qoplab berish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini 2030-yilgacha bosqichma-bosqich 20 foizga oshirish va qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning xavflarini kamaytirishdir. Aprel oyida “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingandi. Qonunda hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi sug‘urtalovchisi sifatida Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tashkil etilishi belgilangandi. Jamg‘arma notijorat tashkilot bo‘lib, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga asosan faoliyat ko‘rsatadi.

Jamg‘armaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– qishloq xo‘jaligi sug‘urtasining amalga oshirilishini tashkil etish va boshqarish;

– sug‘urta hodisasi yuz berganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqaruvchilarga yetkazilgan zararning qiymati qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomasi doirasida to‘lanishini ta’minlash;

– qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini ta’minlagan holda Jamg‘arma, muvofiqlashtiruvchi davlat organi va vositachilar o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-noyabr kuni paxtachilikda samaradorlikni ilg‘or tajriba va texnologiyalar asosida oshirish, qishloq xo‘jaligini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgandi. Taqdimotda 2026-yildan paxta-g‘alla, mevalar va dukkakli ekinlar bo‘yicha hosilni ixtiyoriy sug‘urtalash tizimini yo‘lga qo‘yish, sug‘urta mukofotining 50 foizini byudjetdan qoplab berish taklif qilindi.

 


O‘zbekiston


														
														Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026

														
														Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026

														
														Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026

														
														2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026

														
														Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026

														
														Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026

														
														Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026

														
														Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026

														
														1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026

Bu ham qiziq

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026
“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yildan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yashil kampus loyihalari ishlab chiqiladi va Ekologiya qo‘mit…
12:24 / 30.03.2026
Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026
Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Zarbdor tumanida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
17:55 / 30.03.2026
Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 8 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH oqibatida Cobalt avtomashinasining 1 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
16:39 / 29.03.2026
Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026
Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026
30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

30-mart kungi ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
15:49 / 29.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!