$
12142.10 UZS
-52.11
150.53 UZS
0.56
14079.98 UZS
95.66
31° Kechasi 18°

O‘zbekistonda 2026-yildan “Shajara” tizimi orqali oilaviy shajaralarni onlayn ko‘rish mumkin bo‘ladi

11:37 / 26.11.2025

O‘zbekistonda fuqarolarning oilaviy shajaralari bo‘yicha ma’lumotlarni onlayn taqdim etuvchi “Shajara” axborot tizimi 2026-yil 1-sentyabrdan joriy etiladi. Bu haqda prezidentning 24-noyabrdagi farmonida belgilandi.

“Arxiv ishi sohasini raqamlashtirish va sohada boshqaruv samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonga ko‘ra, “Shajara” axborot tizimida quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:

“FHDYning yagona elektron arxivi” axborot tizimidagi dastlabki ma’lumotlar, davlat arxivlari hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan arxiv hujjatlari asosida oila shajarasi bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirish xizmatini ko‘rsatish;

Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining DNK ma’lumotlari xizmati orqali fuqarolarning etnik kelib chiqishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlash.

Oila shajarasini shakllantirish xizmati davlat xizmatlari markazlari hamda My.gov.uz orqali quyidagi davrlar bo‘yicha ko‘rsatiladi:

IX asrdan – 1917 yilgacha;

1918-yildan – 1945 yilgacha;

1946-yildan – hozirgi kunga qadar.

Farmonga ko‘ra, arxiv sohasini 2030-yilgacha raqamlashtirish va sohada samarali boshqaruv tizimini yaratishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

– Milliy arxiv fondi hujjatlari raqamlashtirilishini 60 foizga yetkazish;

– elektron xizmat ko‘rsatish ulushini 100 foizga yetkazish hamda xizmat ko‘rsatish muddatini kamida 3 baravarga qisqartirish.

2026-yil 1-iyundan arxiv xizmatlarini raqamlashtirishda qo‘llaniladigan amaldagi arxiv axborot tizimlari negizida Yagona milliy arxiv axborot tizimi joriy etiladi. Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:

– 1-bosqichda (2025–2027-yillar) – alohida qimmatli va noyob hujjatlar, mol-mulk va yerga oid arxiv hujjatlari;

– 2-bosqichda (2028–2029-yillar) – kino, foto, fono va ilmiy-texnik arxiv hujjatlari;

– 3-bosqichda (2030-yildan) – Milliy arxiv fondining boshqa arxiv hujjatlari.

“O‘zarxiv” agentligining davlat arxivlarida saqlanayotgan alohida qimmatli va noyob hujjatlar harakatini avtomatlashtirish ishlariga RFID (radiochastotali identifikatsiya) texnologiyasi joriy etiladi. 2026-yil 1-iyundan ushbu texnologiya O‘zbekiston milliy arxivlarida saqlanayotgan hujjatlar bilan ishlashda majburiy qo‘llaniladi.

“Shajara” axborot tizimini yo‘lga qo‘yish taklifi Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni intellektual mulk, arxiv ishi va yuridik ta’lim sohalarini isloh qilishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishganida bildirilgandi. Yangi xizmat foydalanuvchilarga o‘z shajarasini yaratish, tug‘ilish, nikoh va o‘lim haqidagi ma’lumotlarni, genetik ma’lumotlar asosida uzoq qarindoshlarini izlash imkonini yaratishi qayd etilgandi. 

O‘zbekiston

														Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026

														Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026

														Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026

														2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026

														Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026

														Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026

														Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026

														Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston bilan koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini qayd etdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozogʻiston R…
09:23 / 01.04.2026

														Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026

														1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026

Bu ham qiziq

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Zarbdor tumanida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
17:55 / 30.03.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026
“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

“Yosh ekolog” ko‘krak nishoni ta’sis etiladi

Qarorga ko‘ra, 2026-yildan oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan yashil kampus loyihalari ishlab chiqiladi va Ekologiya qo‘mit…
12:24 / 30.03.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026
1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati mazkur chora bog‘da xavfsiz va osoyishta piyoda sayr qilish muhitini ta’minlashga qarati…
12:09 / 31.03.2026
31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026
Isroil Tehrondagi harbiy obyektlarga zarba berilganini e’lon qildi

Isroil Tehrondagi harbiy obyektlarga zarba berilganini e’lon qildi

Shuningdek, Tramp Xarg orolini bosib olib, Eron neftini qo‘lga kiritishi mumkinligini aytmoqda.
09:26 / 30.03.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!