$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Eronda norozilik namoyishlari kengaymoqda, Abdanan shahri hukumat nazoratidan chiqdi

09:33 / 07.01.2026

Mahalliy OAVlarga ko‘ra, Ilam viloyatidagi Abdanan shahri Eron Islom Respublikasi hukumati nazoratidan chiqqan birinchi shahar bo‘ldi. Namoyishchilar Abdanandagi politsiya boshqarmasi binosini egallab, shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishgan. Shahar politsiyachilar bitta ham o‘q uzmasdan taslim bo‘lib, namoyishchilarga qo‘shilishgan.

Bundan tashqari, namoyishchilar Malekshahi shahrini ham o‘z nazoratlariga olishga muvaffaq bo‘lishgani hamda xavfsizlik kuchlarini shahardan siqib chiqarishgani xabar qilinmoqda. Ammo bu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q.

Shuningdek, bugun Tehronning eng yirik bozorida minglab savdogarlar rejimga qarshi shiorlar bilan norozilik aksiyasi o‘tkazishdi. Bu voqea uch kun avval oyatulloh Ali Xomanaiy tomonidan berilgan bayonotdan keskin farq qiladi. Oyatulloh o‘z bayonotida savdogarlarni “Islomiy rejimga eng sodiq qatlamlardan biri” deb atagan edi.

Eronda hukumatga qarshi namoyishlar 28-dekabrdan beri davom etmoqda. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi o‘qlar, suv purkagichlar va ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalanyapti, lekin namoyishlarni to‘xtata olmayapti. Mamlakat bo‘ylab ko‘chaga chiqayotgan odamlar soni tobora ortib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Erondagi norozilik namoyishlarida kamida 35 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.

 

 


Bu ham qiziq

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026
Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

Eskirgan avtomobillarni topshirganlarga yangisini xarid qilish uchun avtokredit foizining bir qismi qoplab beriladi

2026-yil yakuniga qadar “Ekologik transport” tizimi doirasida Toshkent shahrining hududi “qizil”, “sariq” va “yashil” zonala…
09:30 / 31.03.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Jizzaxda Koreyaga ishga yuborishni va’da qilib, 65 mln so‘m pul olgan firibgar ishlandi

Zarbdor tumanida fuqaroni Koreya davlatiga ishga yuborishi evaziga 65 mln so‘mini qo‘lga kiritgan shaxs aniqlandi.
17:55 / 30.03.2026
1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

1-apreldan Botanika bog‘ida barcha turdagi velosiped va samokatlar harakatlanishi to‘xtatiladi

Toshkent Botanika bog‘i ma’muriyati mazkur chora bog‘da xavfsiz va osoyishta piyoda sayr qilish muhitini ta’minlashga qarati…
12:09 / 31.03.2026
Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

“O‘zgidromet” hududlarni suv bosishidan ogohlantirdi

🔷Joriy yilning 31-mart va 2-6-aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hud…
14:47 / 30.03.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!