$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Ovchi sherigini yovvoyi to‘ng‘iz deb o‘ylab otib qo‘ydi

15:53 / 07.01.2026

Jizzaxda o‘z sherigini otib qo‘ygan ovchi jinoiy jazoga tortildi. Sud hujjati bilan tanishgan Kun.uz nashrining ma’lum qilishicha, Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida yashovchi 31 yoshli G‘.A. 2025-yil 5-oktyabr kuni 3 nafar do‘sti bilan ov qilish maqsadida Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumaniga borgan. Ular tumanning Gulzor mahallasidagi dala maydonida yovvoyi to‘ng‘izni ovlamoqchi bo‘lgan. Ovchilar turli joyga, qamishlar orasiga berkinishgan.

G‘.A. berkinib o‘tirganda sherigi O.M. qamishlar orasidan unga yaqinlashgan. Do‘stini yovvoyi hayvon deb o‘ylagan G‘.A. ehtiyotsizlik oqibatida unga qarata ov qurolidan bir marta o‘q uzgan. Otilgan o‘q O.M.ning bosh miya orqa qismi chap tomonini jarohatlagan.

Rasman ro‘yxatdan o‘tib, 2 yildan buyon ovchilik bilan shug‘ullanib kelgan G‘.A. sudda aybiga iqrorlik bildirgan va sherigini bilmasdan otib qo‘yganini aytgan.

“Kunduz kuni baliq tutib, dam olib o‘tirganimizda yovvoyi to‘ng‘iz izini ko‘rdik. Kechda ushbu hayvonni ovlash maqsadida oldindan kelishilgan joylarni egallab, kuta boshladik. Biroq yovvoyi to‘ng‘iz biz tomonga emas, makkajo‘xori tomonga qarab qochdi. Keyin zovur oldidagi balandlikka chiqib, joylarimizni o‘zgartirdik. Men transformator oldidagi simyog‘och tagiga joylashdim. O.M. mendan 100 metr uzoqlikda bo‘lgan masofada o‘tirdi.

Bu vaqtda chuqurlikda hech kim yo‘q edi. Soat taxminan 22:30 lar atrofida mendan 15-20 metr uzoqlikdagi balandlik yonboshida qora sharpa ko‘rindi va shitirlab men tomonga kela boshladi. Engashib yurib kelayotgani uchun uni yovvoyi to‘ng‘iz, deb o‘ylab, ov qurolimni to‘g‘riladim. Sharpa o‘sha atrofdagi chuqurlikka qarab yura boshladi. Keyin unga qarata o‘q uzdim. Shu vaqtda o‘sha yerdan odamning baqirgan ovozi eshitildi.

Yugurib borsam O.M. boshini ikki qo‘li bilan ushlab, enkayib yotgan ekan. Unga tur, hazillashma, dedim. Bosh kiyimini yechganida qo‘li qonligini ko‘rib qo‘rqib ketdim”, – degan G‘.A. o‘z ko‘rsatmasida.

So‘ngra G‘.A. sheriklarini yordamga chaqirgan. Do‘stlar birgalashib yaralangan O.M.ni shifoxonaga olib borgan. Biroq u ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, shifoxonada vafot etgan.

Sudlanuvchi O.M.ni qasddan otib o‘ldirmaganini, o‘sha vaqtda atrof qorong‘i bo‘lgani sababli hech narsa ko‘rinmaganini, marhum yaqin do‘sti bo‘lganini aytib, suddan yengillik so‘ragan.

JIB Mirzacho‘l tuman sudining hukmi bilan G‘.A. Jinoyat kodeksining 102-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topildi va unga 1 yil muddatga ov qilish huquqidan mahrum qilib, ish haqining 20 foizini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda 1,5 yil axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.


O‘zbekiston


														
														Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026

														
														3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026

														
														Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026

														
														Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026

														
														Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026

														
														Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026

														
														Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026

														
														Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026

														
														Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026

														
														2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026

Bu ham qiziq

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026
Namanganda 53 yoshli o‘qituvchi 6-sinf qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumonlanmoqda

Namanganda 53 yoshli o‘qituvchi 6-sinf qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilganlikda gumonlanmoqda

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
15:11 / 30.03.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

31-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:41 / 30.03.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!