$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

YeChL. “Barselona”, “Manchester Siti” va “Liverpul”dan muhim g‘alabalar, “Real” Lissabonda 4 ta gol o‘tkazib yubordi

08:57 / 29.01.2026

Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 8-turidan o‘rin olgan barcha uchrashuvlar yakunlandi:

“Arsenal” o‘z maydonida “Qayrat”ni qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi hisob 3-daqiqada “to‘pchilar” hujumchisi Viktor Gyokeresh tomonidan ochilgan bo‘lsa, 7-daqiqada olmaotaliklar penaltidan hisobni tenglashtirdi. 16-daqiqaga kelib, “Arsenal” yana hisobda oldinga chiqib oldi. Ben Uaytning uzatmasidan keyin Kay Haverts “Qayrat” darvozasiga jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 

38-daqiqada oradagi farq yiriklashdi. Gabriyel Martinelli tomonidan kiritilgan gol evaziga “Arsenal” 3:1 hisobida oldinga chiqib oldi. O‘yin yakuniga yaqin “Qayrat” hisobni qisqartirdi. Ammo Rikardinyo tomonidan kiritilgan gol olmaotaliklarga ochko taqdim etmadi.  Natijada Mikel Arteta boshchiligidagi “Arsenal” 8-turda navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Turning markaziy bahsida Portugaliyaning “Benfika”si “Real Madrid”ni qabul qilib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

O‘yindagi hisob 30-daqiqada Kilian Mbappe tomonidan ochildi. Oradan 6 daqiqa o‘tib, tablodagi natija tenglashdi. Norvegiyalik hujumchi Andreas “qirollik klubi” darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tikladi. Taym yakuniga yaqin lissabonliklar hisobda oldinga chiqib oldi. Gol muallifi — Vangelis Pavlidis. 

Ikkinchi bo‘limning 54-daqiqasida “Benfika” “Real” darvozasini uchinchi marta ishg‘ol qildi. Andreas o‘zining dublini rasmiylashtirib, tablidagi natijani 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq oradan 4 daqiqa o‘tib, Kilian Mbappe hisobni bittaga qisqartirdi. Ammo 90+8-daqiqada portugallar darvozaboni Anatoli Trubin “Benfika”ning 4-golini kiritib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.

“Barselona” o‘z maydonida Daniyaning “Kopengagen” klubini qabul qilib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda tezkor gol kiritildi. 4-daqiqada Viktor Dadason gol urib, daniyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Hansi Flik boshchiligidagi jamoa hisobni tenglashtirdi. Robert Levandovski Lamin Yamalning uzatmasidan keyin gol urib, oradagi muvozanatni tikladi. 60-daqiqa Lamin Yamal “Barselona”ning o‘yindagi ikkinchi golini kiritdi. 69-daqiqaga kelib, Rafinya 11-metrlik jarima zarbasini golga aylantirib, oradagi farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. 85-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Markus Reshford hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 

Mazkur hisob o‘yin yakunga qadar o‘zgarmadi va “Barselona” oxirgi turda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Shuningdek, 8-tur doirasida “Manchester Siti” o‘z maydonida Turkiyaning “Galatasaroy” klubiga qarshi bahs olib bordi. “Etihad” stadionida o‘tgan uchrashuvda mezbonlar 2:0 hisobida zafar quchdi. O‘yindagi hisob 11-daqiqada Erling Holand tomonidan ochild. 29-daqiqada Rayan Sherki “shaharliklar” ustunligini mustahkamladi. Mazkur natija uchrashuv yakuniga qadar o‘zgarmadi va Pep Gvardiola jamoasi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Natijada “Manchester Siti” 16 ochko bilan 8-pog‘onani egallab, 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi. “Galatasaroy” esa 10 ochko bilan 20-o‘rinni band etdi.

Yana bir uchrashuvda “Liverpul” o‘z maydonida Ozarbayjonning “Qorabog‘” klubini qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi hisob 15-daqiqada Aleksis Makallister tomonidan ochildi. 21-daqiqada esa mersisaydliklar o‘zining ikkinchi golini kiritdi. Ikkinchi bo‘limning boshida “Liverpul” Muhammad Salohning goli evaziga hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 57-daqiqada esa Ugo Ekitike inglizlarning o‘yindagi to‘rtinchi golini kiritdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, mersisaydliklar beshinchi marta “Qorabog‘” darvozasiga yo‘l topdi. O‘yin yakuniga yaqin Fediriko Kyeza “Liverpul”ning 6-golini kiritib, uchrashuvga yakuniy nuqtani qo‘ydi.

Mazkur hisob o‘yin yakuniga qadar o‘zgarmadi va “Liverpul” Chempionlar Ligasi guruh bosqichining oxirgi turida yirik hisobda g‘alaba qozondi.

YeChL guruh bosqichining so‘nggi turida markaziy o‘yinlaridan yana biri “PSJ” “Nyukasl” ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda hisob 8-daqiqada Vitinya tomonidan ochildi. Birinchi bo‘lim yakuni arafasida mehmonlardan Jo Uillok tablodagi natijani 1:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. O‘yin qizi va tomoshabop o‘tgan bo‘lsa-da hisob boshqa o‘zgarmadi. Yakuniy natija 1:1.

“Napoli” va “Chelsi” o‘rtasidagi bahs ham yakuniga yetdi. Uchrashuv Neapoldagi “Diego Armando Maradona” stadionida bo‘lib o‘tdi va unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda hisob 19-daqiqada “Chelsi” yarim himoyachisi Enso Fernandes tomonidan ochildi. 33-daqiqada “Napoli” futbolchisi Antonio Vergara muvozanatni tikladi. 43-daqiqada Rasmus Hoylund mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Joao Pedro 61-daqiqada hisobni tenglashtirdi, 82-daqiqada esa dubl qayd etib, londonliklarga g‘alaba keltirdi. 8 tur yakuniga ko‘ra, “Napoli” 8 ochko bilan 30-o‘rinda joy oldi. “Chelsi” esa 16 ochko jamg‘arib, 6-pog‘onani egalladi.

Shuningdek, kunning navbatdagi uchrashuvida Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida Italiyaning “Inter” jamoasini qabul qildi. “Signal Iduna Park” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. O‘yinda hisob 81-daqiqada Federiko Dimarko tomonidan ochildi. 90+4-daqiqada esa Andi Diuf “Inter”ning ustunligini mustahkamladi.

Mazkur natijadan so‘ng “Inter” 15 ochko jamg‘argan bo‘lsa, “Borussiya” hisobida esa 11 ochko mavjud. Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, har ikki jamoa ham pley-off bosqich yo‘llanmasiga ega chiqdi.

Yevropa Chempionlar Ligasi 8-turidan o‘rin olgan bahsda Niderlandiyaning “PSV” klubi o‘z maydonida Myunxenning “Bavariya” jamoasini qabul qildi. Eyndxovendagi “Filips” stadionida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

“Bavariya” futbolchisi Jamal Musiala 58-daqiqada hisobni ochdi. 78-daqiqada Ismoil Saybari muvozanatni tikladi. 84-daqiqada esa Harri Keyn g‘alaba golini kiritib, “Bavariya”ga muhim uch ochkoni tadqim etdi.

Mazkur natijadan so‘ng “PSV” 8 ochko bilan 28-o‘rinni egallab, musobaqani tark etdi. “Bavariya” esa 21 ochko jamg‘arib, ikkinchi o‘rinni band etdi va 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Chempionlar ligasi 8-turidan o‘rin olgan navbatdagi uchrashuvda Frankfurtning “Ayntraxt” klubi o‘z maydonida Londonning “Tottenhem” jamoasini qabul qildi. “Frankfurt Arena” stadionida kechgan uchrashuvda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi hisob 47-daqiqada Randal Kolo Muani tomonidan ochildi. 77-daqiqada Dominik Solanke londonliklar ustunligini ikki barobarga oshirdi.

Mazkur bahsdan so‘ng “Ayntraxt” 4 ochko bilan 33-o‘rinni egallab, musobaqani tark etdi. “Tottenhem” esa 17 ochko jamg‘arib, 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

 

 


Futbol


														
														Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” tarkibidagi ilk sovrinini qo‘lga kiritdi

O‘yinda to‘liq harakat qilgan Abduqodir Husanov Angliyadagi ilk sovriniga ega chiqdi.
09:12 / 23.03.2026

														
														O‘zbekiston MTJ FIFA kunlaridagi yig‘inida ishtirok etuvchi tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston MTJ FIFA kunlaridagi yig‘inida ishtirok etuvchi tarkibini e’lon qildi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro tomonidan mart oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb etilgan …
16:09 / 21.03.2026

														
														“Manchester Siti” ochko yo‘qotgan bahsda Husanovning o‘yini qanday baholandi?

“Manchester Siti” ochko yo‘qotgan bahsda Husanovning o‘yini qanday baholandi?

“Manchester Siti” va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov Angliya Premyer Ligasi 30-turidan o‘rin olgan “…
08:59 / 15.03.2026

														
														Bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCh yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi

Bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasi JCh yo‘llanmasi uchun o‘ynaydi

Bugun, 14-mart kuni Avstraliyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo kubogi chorak finalida O‘zbekisto…
12:15 / 14.03.2026

														
														Finalissima Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab o‘tkazilmasligi mumkin

Finalissima Yaqin Sharqdagi vaziyat sabab o‘tkazilmasligi mumkin

“Qatar futbol assotsiatsiyasi bugundan boshlab barcha turnirlar, musobaqalar va o‘yinlar keyingi noma’lum muddatga qoldirilg…
14:19 / 02.03.2026

														
														Messi Jahon chempionatida qatnashmaydimi?

Messi Jahon chempionatida qatnashmaydimi?

AQShning “Inter Mayami” klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok eti…
17:23 / 14.02.2026

														
														Gvardiola: “Abduqodir Shekspir emas, lekin...”

Gvardiola: “Abduqodir Shekspir emas, lekin...”

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya Premyer Ligasining 16-turi doirasidagi “Fulhem”ga qarshi bahs oldidan…
10:00 / 11.02.2026

														
														Shomurodov Turkiya Superligasining tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Shomurodov Turkiya Superligasining tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Turkiya Superligasining 21-tur uchrashuvlari yakunlandi. Mazkur turda O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Eldor Shomur…
16:07 / 10.02.2026

														
														Husanov jamoasi bilan birga Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi

Husanov jamoasi bilan birga Angliya Liga Kubogi finaliga yo‘l oldi

“Manchester Siti” Angliya Liga Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida “Nyukasl”ni 3:1 hisobida mag‘lub etib, musobaqa fi…
10:30 / 05.02.2026

														
														Shomurodov “Fenerbahche”ga o‘tishi mumkin

Shomurodov “Fenerbahche”ga o‘tishi mumkin

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va Turkiyaning “Bashakshehir” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini…
13:03 / 04.02.2026

Bu ham qiziq

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Deputatlarga o‘z okrugida yashil hudud yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 41…
11:29 / 01.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!