$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Liviyada Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Saif otib o‘ldirildi

09:57 / 04.02.2026

Liviya sobiq rahbari Muammar Qazzofiyning o‘g‘li Saif al-Islom Qazzofiy o‘ldirildi. Bu haqda marhumning oilasi, advokati va manbalarga tayanib Reuters xabar berdi.

53 yoshli Saif al-Islomning o‘limi tafsilotlari noma’lum. Liviya bosh prokurorining idorasi va sud-tibbiyot shifokorlari jasadni tekshirib, uning o‘q jarohatlaridan vafot etganini aniqlagan. Hozirda idora gumonlanuvchilarni aniqlash va jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun zarur choralarni ko‘rish ustida ishlamoqda.

Al Hadath telekanalining ma’lum qilishicha, qotillik Az-Zaviya shahri yaqinidagi uyining bog‘ida sodir bo‘lgan. To‘rt nafar hujumchi Saif al-Islomni og‘ir yaralab, voqea joyidan yashiringan.

Qurollangan odamlar uning uyiga bostirib kirishdan oldin kuzatuv kameralarini o‘chirib qo‘ygan. Tungi 02:30 atrofida boshlangan otishma oqibatida Saif jon bergan.

Al Hadath xabariga ko‘ra, ayrim mahalliy OAVlar Qazzofiyning o‘g‘li Liviya Milliy birlik hukumatiga qarashli 444-jangovar brigada kuchlari bilan to‘qnashuvda halok bo‘lganini yozmoqda. Biroq brigadaning o‘zi bunga aloqadorligini rasman rad etib, Az-Zaviya hududida ularning bo‘linmalari bo‘lmaganini bildirgan.

Saif al-Islom Qazzofiy — Muammar Qazzofiyning ikkinchi o‘g‘li, u rasmiy davlat lavozimlarida ishlamagan bo‘lsa-da, uzoq vaqt davomida otasidan keyin mamlakatdagi eng nufuzli shaxslardan biri hisoblangan. U “Xalqaro Qazzofiy xayriya jamg‘armasi”ni tashkil etish tashabbuskori hisoblanadi. Saif al-Islom Qazzofiy garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarda va diplomatik missiyalarda ishtirok etgan.

2011-yilda Muammar Qazzofiy hokimiyatdan ag‘darilib, o‘ldirilgach, Saif hibsga olinib, 2017-yilgacha qamoqda saqlangan. 2011-yilda Xalqaro jinoiy sud uni insoniyatga qarshi ikkita jinoyat moddasi bo‘yicha qidiruvga bergan, ammo Liviya uni topshirmagan. Keyinchalik Saif siyosatga qaytib, 2018 va 2021-yillardagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishni rejalashtirgan, ammo bu saylovlar o‘tkazilmagan. 2021-yilda Liviya prokuraturasi uni Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangarilari bilan aloqada gumonlanib hibsga olishga order bergan.



														
														Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026

														
														Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026

														
														Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026

														
														Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026

														
														Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Ketma-ket urushlar ortidan Isroil iqtisodiyoti inqirozga yuz tutdi

Mamlakat Markaziy banki ma’lumotiga ko‘ra, G‘azo bilan bog‘liq mojaro boshlanganidan beri to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘qotishlar 57…
12:31 / 30.03.2026

														
														Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya yana Olimpiadaga mezbonlik qilishga tayyor – Putin

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.
15:17 / 29.03.2026

														
														AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

AQSh maxfiy ravishda yer operatsiyasini rejalashtirmoqda – Eron parlamenti spikeri

Muhammad Bog‘ir G‘olibafning aytishicha, AQSh muzokaralar haqida ochiq xabarlar tarqatmoqda, lekin yashirincha yer operatsiy…
15:01 / 29.03.2026

														
														Yakshanba kuni Pokistonda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Yakshanba kuni Pokistonda Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlari Yaqin Sharqdagi urush bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

“Pokiston Saudiya Arabistoni, Turkiya va Misr tashqi ishlar vazirlarini yakshanba kuni davom etayotgan yaqin Sharqdagi urush…
17:53 / 28.03.2026

														
														Rossiya benzin eksportiga taqiq qo‘ymoqda

Rossiya benzin eksportiga taqiq qo‘ymoqda

Hormuz bo‘g‘ozining yopilishi fonida benzin narxi ham oshgan.
12:19 / 28.03.2026

														
														Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi

Tramp Hormuz bo‘g‘ozini “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi

AQSh Prezidenti Donald Tramp “Kelajak investitsiyalari tashabbusi” tadbirida nutq so‘zlar ekan, Hormuz bo‘g‘ozini adashib “T…
09:43 / 28.03.2026

Bu ham qiziq

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026
2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

2-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
16:59 / 01.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!