$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Samarqandda “adashib” 14 yoshli qizni o‘g‘irlab ketgan 4 nafar erkak qamaldi

10:02 / 05.02.2026

Samarqand viloyatida voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlab ketgan to‘rt kishi jinoiy javobgarlikka tortildi. Ish materiallariga ko‘ra, 1998-yilda tug‘ilgan B.G‘. 2025-yil 6-avgust kuni ertalab tanishlari — U.Z., A.M. va M.M. bilan oldindan til biriktirib, voyaga yetmagan qizni o‘g‘irlab ketgan.

Shu kuni tongda ular A.M. boshqaruvidagi Nexia rusumli mashinada Kattaqo‘rg‘on tumani bo‘ylab ketayotganida yo‘lni kesib o‘tayotgan bir qizni (2011-yilda tug‘ilgan) ko‘rgan. U non sotib olish uchun ko‘chaning narigi tomonidagi do‘konga ketayotgan bo‘lgan.

B.G‘. va U.Z. qizning oldiga borib, uni urib-do‘pposlagan, jismoniy kuch ishlatib, sochlaridan tortgan va avtomashinaga majburlab mindirgan. Kun.uz’ning yozishicha, ushbu shaxslar biroz vaqt o‘tgach, qizni o‘sha joyga qaytarib olib kelgan.

B.G‘. va uning sheriklari sud majlisida o‘z ayblarini to‘liq tan olgan, ammo “xato qilishganini” aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalgi tunda u do‘stlarini “o‘tirish” uchun to‘plagan. Pivo sotib olgandan so‘ng, ular Narpay kanali bo‘yiga yo‘l olgan va u yerda tong otguncha ichgan.

Tong ota boshlagani sababli U.Z. uyiga qaytishi kerakligini aytdi. A.M. uni uyigacha olib borishini, so‘ng mashinani gaz bilan to‘ldirib olishini aytdi. Biz barchamiz mashinaga o‘tirdik. “Navbahor” mahallasidagi “Azizbek” choyxonasi yonidan o‘tayotganimizda, yo‘lning o‘ng tomonida bizga notanish bir qizni ko‘rib qoldik. Shu payt U.Z.: “Mashinani to‘xtating, bu mening tanishim, tungi klublarda yuradigan qiz”, deb aytdi, — deya ko‘rsatma berdi B.G‘. sudda.

Mast holatda bo‘lgan erkaklar qiz bilan jinsiy aloqa qilishni istagan.

Mashinaga majburan o‘tqazilgan o‘smir qiz yig‘lab, qo‘yib yuborishlarini iltimos qilgan, onasi uni nonga yuborganini aytib, qo‘lidagi 8000 so‘mni ko‘rsatgan. O‘shanda A.M. qizga ular IIB xodimlari ekanini aytgan. “Bir qiz onasini o‘ldirib, qochib ketdi. Shuning uchun biz seni to‘xtatib, mashinaga o‘tqazdik”, – degan u qizga.

B.G‘. U.Z.dan bu o‘sha qiz ekani yoki xato qilgani haqida so‘ragan. U.Z. xato qilganini tasdiqlagan. Shundan so‘ng erkaklar uni olib ketishgan joyiga olib borgan va o‘sha yerda qoldirgan.

Kattaqo‘rg‘on tumani Jinoyat ishlari bo‘yicha sudining 2025-yil 16-dekabrdagi hukmi bilan ular Jinoyat kodeksining 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 2-qismining “a” va “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilgan. B.G‘. 5,5 yilga, M.M., A.M. va U.Z. esa 5 yildan ozodlikdan mahrum qilingan.

2026-yilning 27-yanvar kuni Samarqand viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyatsiya instansiyasi jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman sudi sudlanuvchi A.M.ga oid qismini o‘zgarishsiz, apellyatsiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirish bo‘yicha ajrim qilgan.

 


O‘zbekiston


														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

														
														2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026

														
														Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026

														
														Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026

														
														O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026

														
														Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026

														
														3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026

Bu ham qiziq

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!