$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Buxoroda qudasiga musht urib, ko‘r qilib qo‘ygan shaxs qamaldi

16:20 / 08.02.2026

Joriy yilning yanvar oyida jinoyat ishlari bo‘yicha Qorako‘l tuman sudida og‘ir jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Unda oilaviy munosabatlar sababli yuzaga kelgan janjalning fojiali oqibati muhokama qilindi.

Sud raisi Boborahim Ochilovning Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, Qorako‘l tumanining “Regi Haydar” mahallasida tug‘ilgan 59 yoshli ikkinchi guruh D.R. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish) bilan ayblangan.

Sudda aniqlanishicha, D.R.ning qudasi Sh.U. qizining holidan xabar olish maqsadida uning yashash uyiga kelgan. Sh.U. qudasiga qizini haqoratlab, muntazam salbiy munosabatda bo‘lib kelayotgani, bu yoshlarning oilasiga ta’sir qilishi mumkinligi va bunday harakatlarga chek qo‘yishi kerakligi to‘g‘risida gapirgan. Bir qarashda ikki quda o‘rtasida oddiy suhbat bo‘lib ko‘ringan o‘zaro suhbat keskin janjalga aylangan. Guvohlar ko‘rsatmasiga ko‘ra, janjal avvalida og‘zaki tortishuv jismoniy zo‘ravonlikka aylangan. D.R. qudasi Sh.R.ni bir necha marotaba qo‘l mushti bilan yuzi va ko‘z qismiga urgan. Holat jabrlanuvchining qizi hamda boshqa oila a’zolari ko‘z o‘ngida sodir bo‘lgan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi Sh. Usmonov o‘ng ko‘z olmasi og‘ir darajada kontuziyaga uchragan, to‘r parda ko‘chgan, ko‘z qovoqlari va sklerasida keng hajmli qon quyilishlar aniqlangan. Eng achinarlisi, ushbu jarohat natijasida jabrlanuvchining o‘ng ko‘zi ko‘rish qobiliyati butunlay yo‘qolgan.

Ekspertlar bu holatni umumiy mehnat qobiliyatining 33 foizdan ortig‘ini yo‘qotishga olib keluvchi og‘ir tan jarohati, deb baholashdi. Mutaxassislar jarohatlar yiqilish natijasida emas, aynan, o‘tmas qattiq jism, ya’ni musht zarbasi bilan yetkazilganini tasdiqlagan.

Sudlanuvchi Razzoqov sudda o‘z aybiga iqror bo‘lmagan va tan olmagan. U o‘z ko‘rsatuvida jabrlanuvchini urmaganini, janjal vaqtida faqat tortishuv bo‘lganini ta’kidlagan. Biroq, sud bu vajlarni ish materiallari, jabrlanuvchi va guvohlarning izchil ko‘rsatuvlari hamda sud-tibbiy ekspertiza xulosalari bilan to‘liq rad etgan. Sud ayblov xulosasini asosli, deb topgan. Shundan so‘ng D.R. yoshi, nogironligi va sog‘ligi holatini inobatga olishlarini va qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlanishini so‘ragan.

Sudya esa ochiq sud jarayonida jazo tayinlashda sudlanuvchining ilgari sudlanmagani va nogironligi kabi yengillashtiruvchi holatlarni inobatga olgan bo‘lsa-da, jabrlanuvchining butun umrga ko‘r bo‘lib qolgani jinoyatning o‘ta ijtimoiy xavfli ekanini ko‘rsatishini ta’kidladi.

Natijada sud D.R.ni aybdor deb topib, unga 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Aybdor jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘taydigan bo‘ldi.

Sud jabrlanuvchi Sh.U.ga yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasida fuqarolik sudiga murojaat qilish huquqiga egaligini tushuntirgan.

“Ushbu ish yana bir bor oilaviy kelishmovchiliklar va nazoratsiz g‘azab qanday qilib, inson hayotini batamom o‘zgartirib yuborishi mumkinligini ko‘rsatdi. Bir kechada sodir bo‘lgan janjal bir insonni ozodlikdan, ikkinchisini esa ko‘z nuridan mahrum qildi”, – dedi Boborahim Ochilov.

 

 


O‘zbekiston


														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

														
														2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026

														
														Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026

														
														Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026

														
														O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026

														
														Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026

														
														3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026

Bu ham qiziq

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Ekologiya bo‘yicha maxsus komissiyaning vakolatlari kengaytirildi

Yangi Farmonga ko‘ra, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish …
09:16 / 01.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi va ustuvor vazifalar muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-mart kuni Namangan viloyatida islohotlar natijadorligi hamda kelgusida amalga oshirilishi lo…
17:28 / 31.03.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!