$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Toshkentda 9 ta yangi jamoat parklari tashkil etiladi

09:39 / 26.02.2026

Toshkent shahrining to‘qqizta hududida umumiy maydoni 134 gektar bo‘lgan yangi jamoat parklarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. 25-fevral kuni o‘tkazilgan taqdimotda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu va boshqa takliflarni ma’qulladi, – deb xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

O‘z navbatida, loyihalarning kamida 30 foizida, ya’ni 400 gektarda yashil maydonlar tashkil etish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi yashil maydonlarni 3 baravarga — 25 ming gektargacha oshirish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil maydon darajasini esa 3 kvadrat metrdan 6 kvadrat metrgacha ko‘tarish rejalashtirilmoqda.

“Shahar muhitini sog‘lomlashtirish va turmush sifatini yaxshilash maqsadida yashil hududlarni kengaytirish ustuvor vazifa sifatida belgilangan”, – deyiladi xabarda.

Hozirda poytaxtda 3,1 milliondan ortiq doimiy aholi yashaydi. Prognozlarga ko‘ra, 2045-yilga borib Toshkent aholisi ikki baravardan ko‘proqqa ko‘payadi. Bu esa urbanizatsiya jarayonlarini uy-joy fondi, transport-logistika va muhandislik tarmoqlari, shuningdek, ijtimoiy infratuzilmaga tushadigan yuklamaga mutanosib ravishda rivojlantirishni talab etadi.

Poytaxt rasmiylari umumiy maydoni 2679 gektar bo‘lgan 85 ta qurilish loyihasi taklifini ko‘rib chiqdi. Har bir loyiha yagona shaharsozlik yondashuvi, hududning kamida 30 foizida yashil hududlar barpo etish imkoniyati mavjudligi, eskirgan uchastkalarni renovatsiya orqali kompleks yangilash, shuningdek, maydoni 1 gektargacha bo‘lgan yerlarda zich qurilishlar amaliyotidan voz kechish asosida baholandi.

Ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra, 18 ta loyihani amalga oshirishga ruxsat berish, 12 ta loyihani esa yer maydoni, qavatlar soni va konsepsiyasiga o‘zgartirish kiritgan holda optimallashtirish taklif etildi. 54 ta loyiha konseptual jihatdan to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi shart deb topildi.

Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi urbanizatsiya jarayonlarini jamoatchilik manfaatlari, sog‘lom shahar muhiti talablari va ekologik standartlar bilan bog‘liq holda rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

U amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha infratuzilma to‘lovlaridan (quruvchilar tomonidan shaharga to‘lanadigan mablag‘lar) tushadigan mablag‘lar, birinchi navbatda, yangi yashil hududlarni tashkil etishga, qolgan qismi esa shahar infratuzilmasi obyektlarini qurishga yo‘naltirilishi kerakligini ko‘rsatib o‘tdi.

Yangihayot tumanidagi “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasini kengaytirish rejalari alohida ko‘rib chiqildi.

Davlat rahbari Toshkentning markaziy qismidan yirik sanoat korxonalarini bosqichma-bosqich ko‘chirish hamda ekologik talablarga javob beradigan, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish muhimligini ta’kidladi.

Ma’qullangan loyihalarni amalga oshirish natijasida poytaxtning yalpi hududiy mahsulotida yiliga qo‘shimcha 1,5 mlrd dollar shakllanishi, budjetga 3,5 trln so‘m tushum tushishi va 260 mingta ish o‘rni yaratilishi kutilmoqda.

 


O‘zbekiston


														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

														
														Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

														
														PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

														
														Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

														
														Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026

														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

Bu ham qiziq

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!