$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Nodirbek Abdusattorov Prague International Chess Festival 2026 turniri g‘olib bo‘ldi

09:34 / 07.03.2026

Chexiya poytaxti Praga shahrida o‘tkazilgan Prague International Chess Festival 2026 turniri yakuniga yetdi. Kecha, 6-mart kuni musobaqaning so‘nggi — 9-tur uchrashuvlari o‘tkazildi.

Turnir jadvalida 5,5 ochko bilan peshqadam bo‘lib turgan Nodirbek Abdusattorov oxirgi turda oq donalarda amerikalik Hans Mok Niemann bilan bahs olib bordi va uchrashuv durang bilan yakunlandi. Shu tariqa Abdusattorov 6 ochko bilan musobaqa g‘olibliga aylandi.

Abdusattorovning chempion bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan yagona raqib — niderlandiyalik Jorden van Forest kutilmaganda eronlik Parham Mahsudluga imkoniyatni boy berdi. Van Forest hatto durang o‘ynaganida ham Abdusattorov turnir g‘olibiga aylangan bo‘lardi. Faqat uning g‘alabasi holatidagina tay-brek o‘yinlari o‘tkazilishi mumkin edi.

So‘nggi turda Nodirbek Yoqubboyev ham muhim g‘alabaga erishdi. U qora donalarda o‘ynaganiga qaramay, dunyo reytingida to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi partiyada zafar quchdi. Yoqubboyev 4,5 ochko bilan 4-o‘rinni egalladi.

Nodirbek ushbu nufuzli musobaqada ikkinchi bor chempionlikni qo‘lga kiritdi va festival tarixida buni uddalagan ilk shaxmatchiga aylandi.

 


Bu ham qiziq

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

NASA Yerning yangi suratlarini e’lon qildi

Oyga so‘nggi boshqariladigan missiya 1972-yil dekabr oyida Amerikaning "Apollon-17" ekspeditsiyasi doirasida amalga oshirilg…
14:18 / 04.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Starlink qurilmasini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Tekshiruv jarayonida transport vositasining yukxona qismida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, shuningdek, t…
17:33 / 01.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!