Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Tojikiston Respublikasidan kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi. Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, “o‘zbek-tojik” davlat chegarasining Xovos tumani “Sharqobod” mahallasi hududidan o‘tuvchi qismida tojikistonlik narkokuryerlar tomonidan chegara sim to‘siqlari ustidan uloqtirilgan 6 dona sumkalarni qabul qilib olgan vaqtlarida 1983 va 1990-yillarda tug‘ilgan 2 nafar mahalliy fuqaro chegara naryadi tomonidan ushlangan.
Ushbu sumkalar xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida 8 kg 314 gr “geroin” va 54 kg 458 gr “opiy” moddalari borligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!