$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Toshkentda narkokuryerlarni ushlagan inspektorga muddatidan oldin mayor unvoni berildi

12:23 / 15.03.2026

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida narkokuryerlar faoliyatiga chek qo‘ygan profilaktika inspektori xizmatdagi jasorati uchun muddatidan oldin mayor unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda Jamoat xavfsizligi departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa “Xavfsiz va sog‘lom yurt” oyligi hamda hududlarda xavfsiz muhitni ta’minlashga qaratilgan tezkor-profilaktik tadbirlar doirasida sodir bo‘lgan. 13-mart kuni Xirmontepa mahallasi profilaktika inspektori, kapitan Laziz Abdukarimov ko‘chada shubhali harakatlanayotgan ikki nafar shaxsni tekshirish maqsadida to‘xtatgan.

Biroq gumonlanuvchilar xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay qochishga uringan. Profilaktika inspektori ulardan birini quvib yetib, ushlagan. Xolislar ishtirokida tekshiruv o‘tkazilganda, uning yonidagi sumkadan 59 ta zip-paketga qadoqlangan 295 dona pregabalin kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlangan.

Tezkor surishtiruv davomida qo‘lga olingan shaxs mahalla hududidagi bir nechta joylarga ko‘mib qo‘ygan hamda geolokatsiya orqali belgilab ketgan dori vositalari ham aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida gumonlanuvchining qochib ketgan sherigi ham Shayxontohur tumani hududida qo‘lga olingan. Uning yonidan ham tarqatish uchun tayyorlangan 35 dona kuchli ta’sir qiluvchi kapsula topilgan.

Kapitan Laziz Abdukarimovning xizmat vazifasini sidqidildan bajargani hamda murakkab vaziyatda qat’iyat bilan harakat qilgani inobatga olinib, ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan unga muddatidan oldin mayor maxsus unvoni berilgan.

 


O‘zbekiston


														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

														
														Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

														
														PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

														
														Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

														
														Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026

														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

Bu ham qiziq

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!