$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Samarqandda xorijdan olib kelingan 38 kg narkotik moddalar musodara qilindi

16:11 / 18.03.2026

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan kontrabanda qilingan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi. Bu haqida DXX xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, oldindan kuzatuvga olingan Urgut tumanida yashovchi, 1989 va 1992-yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro aylanma yo‘llar orqali Tojikiston Respublikasining Panjikent tumaniga borib, narkosavdogarlardan sof og‘irligi 14 kg 766 gr “opiy” va 14 kg 958 gr “gashish” moddalarini olib, “o‘zbek-tojik” davlat chegarasini buzgan holda, O‘zbekiston hududiga qaytib o‘tgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Boshqa holatda esa Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida, Samarqand shahar “Orzu” MFY hududida joylashgan xususiy avtomashina garaji xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, undagi maxsus tayyorlangan xufiya joyda bo‘lgan marmar toshlar orasiga 9 kg 40 gr opiy ekstraksiyasi yashirilganligi aniqlandi. Ta’kidlash lozimki, odatda bunday narkotiklar xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kelinadi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, garaj egasini qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Qayd etish kerakki, har ikki holatdagi jinoyatlarni sodir etganlik uchun qonunchilikda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.


O‘zbekiston


														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

														
														Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

														
														PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

														
														Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

														
														Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026

														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

Bu ham qiziq

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Erondagi ko‘prikka uyushtirilgan hujum natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi

Tehron va Karaj o‘rtasidagi Eronning V1 ko‘prigiga AQSh-Isroil hujumi natijasida halok bo‘lganlar soni 13 kishiga yetdi.
09:50 / 04.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!