$
12170.67 UZS
20.83
152.30 UZS
1.2
14048.60 UZS
44.69
31° Kechasi 18°

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

12:53 / 04.04.2026

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘ziga xos innovatsion “media-xab”ga aylandi. O‘zbekiston bo‘ylab start olgan keng miqyosli “Media haftalik”ning dastlabki bosqichi Orolbo‘yi hududida muvaffaqiyatli o‘z nihoyasiga yetmoqda.

Quruq akademik ma’ruzalar formatidan voz kechilib, jonli amaliyot ustiga qurilgan ushbu loyiha boshida kutilganidan ko‘ra ancha keng qamrov oldi. Ishtirokchilar tarkibi turli yo‘nalishlarni o‘zida birlashtirdi: mashg‘ulotlarga 60 dan ortiq axborot xizmati rahbarlari va xodimlari, hududiy va mahalliy telekanallarning 80 dan ziyod vakillari (muxbir, tasvirchi, montajchi, rejissyor, muharrir), bosma va elektron OAVning 50 dan oshiq xodimlari hamda yana shuncha mustaqil blogerlar jalb etildi. Eng katta qismni esa zamonaviy trendlarga intiluvchi 500 nafardan ko‘p mobilograf, SMM mutaxassisi, vayner va kontent yaratishga qiziquvchi yoshlar tashkil etdi. Media haftalik haqida ilk anonslar e’lon qilingach, unda ishtirok etish istagini bildirganlar va jamoaga kelib qo‘shilganlar soni yanada oshdi. Natijada hududdagi 700 dan ortiq media vakillari bir maqsad yo‘lida, bitta ochiq muloqot maydonida jam bo‘ldi. Bu shunchaki navbatdagi o‘quv kursi emas, balki axborot uzatishning eskicha qoliplaridan voz kechib, voqelikka mutlaqo yangicha nigoh bilan qarashga undovchi haqiqiy tajriba maktabi bo‘ldi.

Mazkur haftalik — milliy mediamiz uchun yangi qon, yangi ovoz, ijodiy turg‘unlikdan uyg‘onish uchun kuchli impuls vazifasini o‘tab berdi. Eng quvonarlisi, mashg‘ulotlarga turli xil qarashlar va bilim darajasi bilan kirib kelgan ishtirokchilar haftalik yakuniga kelib, global tarmoqdagi axborot xurujlariga qarshi tura oladigan, sun’iy intellektdan mohirona foydalanadigan va kreativ kontent yaratishning zamonaviy qurollarini to‘liq o‘zlashtirgan yangi formatdagi professionallarga aylandi.

Endilikda ular axborot oqimini shunchaki passiv kuzatuvchi emas, balki inqirozli vaziyatlarni boshqarish kabi murakkab mexanizmlarni amaliyotda qo‘llay oladigan faol, salohiyatli kadrlar sifatida namoyon bo‘lishadi. Qolaversa, besh kunlik fikr almashuvlar davlat idoralari hamda jurnalistlar, blogerlar o‘rtasidagi ko‘rinmas devorlarni buzib, o‘zaro ishonch va konstruktiv hamkorlikka asoslangan yangi media madaniyatiga mustahkam poydevor yaratdi.

Ishtirokchilar beshta asosiy yo‘nalishga bo‘lingan holda o‘qitildi. Haftalikning intensiv dasturidan media sohasining eng dolzarb masalalari o‘rin oldi. Xususan:

• Bosma va internet nashrlari vakillari uchun tashkil etilgan maxsus sessiyalarda sun’iy intellekt davrida axborot generatsiyasi, raqamli etika qoidalari, feyk xabarlarni aniqlovchi faktcheking vositalari bo‘yicha ko‘nikmalar chuqur o‘rgatildi. Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash mavzularini yoritish amaliyoti tahlil qilinib, bunda xolislikni saqlagan holda ishonchli manbalar bilan ishlashning yangicha usullariga alohida urg‘u berildi. Bundan tashqari, katta hajmdagi murakkab statistika va raqamlarni o‘quvchiga tushunarli, jozibador shaklda yetkazish, ma’lumotlarni vizuallashtirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

• Televideniye ijodkorlari — muxbir, tasvirchi va montaj ustalarini qamrab olgan darslarda siyosiy va iqtisodiy islohotlarni inson taqdiri va kreativ rakurslar orqali tomoshabinni jalb qiluvchi qiziqarli reportajlar formatida yoritish masalalariga e’tibor qaratildi. Ta’sirchan hujjatli filmlar yaratish konsepsiyasi, bu jarayonda ishonchli manbalar bilan ishlash va mualliflik mas’uliyati tahlil qilindi. Texnik mutaxassislar esa amaliy mashqlar davomida “Ronin” uskunasi yordamida kadr balansini saqlash va mikro-silkinishlarni yo‘qotish usullarini, shuningdek, zamonaviy ko‘rsatuv ritmini shakllantiruvchi ilg‘or montaj sirlarini o‘zlashtirdi.

• Davlat organlari va tashkilotlarning axborot xizmati rahbarlari esa strategik kommunikatsiya, antikrizis vaziyatlarda reputatsiyani tiklash, bayonot va raddiya berish qoidalari, ochiqlik indeksi va KPI bo‘yicha bilimlarini mustahkamladi. Matbuot kotiblari uchun o‘tkazilgan maxsus master-klasslarda neyrotarmoqlar yordamida sifatli matnlar yozish, kreativ g‘oyalarni shakllantirish, qisqa fursatda video va media-dizayn mahsulotlarini yaratish amaliyotda ko‘rsatib berildi.

• SMM mutaxassislari va blogerlar mashg‘ulotlarda auditoriya e’tiborini soniyalar ichida jalb qiladigan kreativ mobil reportajlar tayyorlash va vizual storitelling (voqeani tasvirlar orqali ta’sirchan hikoya qilish) san’atining eng so‘nggi trendlari bo‘yicha o‘z bilimlarini oshirdi. Ishtirokchilar ijtimoiy tarmoqlarning murakkab algoritmlari bilan ishlash, kontent qamrovini organik tarzda oshirib, uni "tavsiyalar" bo‘limiga olib chiqishning sinalgan usullari bilan yaqindan tanishdi. Shuningdek, sahifalarni yuritishda brend imijini to‘g‘ri shakllantirish, maqsadli SMM-strategiya ishlab chiqish hamda foydalanuvchilar bilan interaktiv muloqot o‘rnatish orqali


O‘zbekiston


														
														Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26 daraja bo‘ladi.
09:26 / 06.04.2026

														
														Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Oqibatda har ikki haydovchi va Nexia’dagi yo‘lovchi (Xitoy fuqarosi) voqea joyida vafot etgan. Cobalt’dagi yana ikki nafar y…
17:06 / 05.04.2026

														
														Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

5-aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan Besh…
16:57 / 05.04.2026

														
														170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026

														
														Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
15:51 / 05.04.2026

														
														Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshir…
11:25 / 05.04.2026

														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

														
														Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

														
														PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

Bu ham qiziq

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi

Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 24-26 daraja bo‘ladi.
09:26 / 06.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxda YTH oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘ldi

Oqibatda har ikki haydovchi va Nexia’dagi yo‘lovchi (Xitoy fuqarosi) voqea joyida vafot etgan. Cobalt’dagi yana ikki nafar y…
17:06 / 05.04.2026
“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

“Eron seni va sening askarlaringni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jahannam qa’riga yuboradi” – Ibrohim Aziziy

Eron parlamentining milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi rahbari Ibrohim Aziziy Trampning so‘zlariga javoban X ijti…
14:34 / 05.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026
2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!